|
Ko‘p qavatli qurilmalar tashqi yashash hududini to‘laqonli tashkilBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U88
Ko‘p qavatli qurilmalar tashqi yashash hududini to‘laqonli tashkil
etish imkonini beradi. Biroq ko‘p qavatli binolaming qator
kamchiliklari mavjud: tarhining uzun shaklida insolatsiya qiyinligi,
Uylami quyosh va shamolga nisbatan joylashtirishning qiyinlashuvi,
tashqi yashash muhiti bilan yashovchilar aloqasining yetarli emasligi,
tashqi
muhitni
fimksional tashkil
etishda yuzaga keladigan
qiyinchiliklar.
Hozirgi kunda ko‘p qavatli turar-joy binolari yashash muhitini
qulay, masshtabli va turli-tumanligini oshirish uchun fazoviy
yechimlami topish uchun izlanishlar olib boriladi. Bunga misol qilib
so‘nggi paytlarda Toshkent shahrida qurilayotgan turar-joy binoiarini
olish mumkin. Yangi qurilish uchun taklif etilayotgan turar-joy
binolari quyidagilami ta’minlashi lozim:
- shahar hududini tejash;
- qulay yashash sharoitlarini yaratish va uy oldi hududi bilan
bevosita aloqani ta’minlash;
- ish yuritish, savdo, xizmat ko‘rsatish funksiyalarini faol
jamoatchilik hududlariga yaqin turar-joy binolari pastki qismlariga
biriktirish;
- yuqori qulaylikka ega bo‘lgan uylarda yangi rejaviy yechimlar
qoMlash - yozgi xonalar maydonini kengaytirish, turli kattalikdagi
xonadonlami yarusli joylashtirish, uylar strukturasiga ikki pog‘onali
xonadonlar kiritish va h.k.
Yuqori qavatli uylar (11-16 qavat) va undan baland (16 qavatdan
yuqori). Turar-joy binolari balandligi chegarasi atmosfera-namlik
sharoiti, shamol rejimi, havo harorati va bosimidan kelib chiqqan
holda belgilanadi (47-rasm).
Turar-joy binosi xonadonlari 100 m dan balandda ekologik
|
| |