51-rasm. Turar-joy binolarini bloklash tur ari:
1) kam qavatli turar
joy binolarini bloklab rejalashtirish: a-chiziqli bloklash, b-ixcham
bloklar yordamida rejalashtirish; 2) seksiyalami Z simon shaklda
bloklash; 3) tavrsimon (t shaklida) seksiyalami bloklash; 4) to‘g‘ri
burchakli
seksiyalami bloklash shakllari; 5) seksiyalami yoy shaklida
bloklash; 6) trapetsiyasimon va romb shaklidagi seksiyalami bloklash;
7) xonadon oldidagi hududga ega bo‘lgan turar-joy binolari turlari: a-bir
xonadonli, b-ikki xonadonli, d-to‘rt xonadonli, e-sakkiz xonadonli
(2 qavatli).
Shuni
unutmaslik kerakki, galereyalar ham koridorlar ham
qandaydir maydonni egallashi aniq
va bu maydoncha seksiyali
binolardagi zina maydonchalaridan katta bo‘lgan hududni tashkil
etadi.
Shuning uchun, turar-joy binolarining seksiyali turi iqtisodiy
jihatdan eng samarador bo‘lib qolaveradi. Rejalaming galereyali-
seksiyali va koridorli-seksiyali
sxemalari baland, ya’ni ko‘p qavatli,
liftga ega bo‘lgan turar-joy binolari uchun juda qulaydir (50-rasm).
3.2. Turar-joy tumani va kichik tuman qurilishida jamoatchilik
binolari
Kichik tumanlami qurishda turar-joy binolari bilan bir qatorda
jamoatchilik binolari ham qo‘llaniladi.
Ularning eng yiriklari
maktablar va bolalar muassasalari,
shuningdek, turar-joy tumanlari
93