47-rasm. Zamonaviy shaharsozlik tajribasida qoMlanilayotgan
yuqori qavatli turar-joy binolariga misollar.
So'nggi yillarda turli qavatli uylarni birlashtirish amaliyoti keng
qoMlanilmoqda. Bunday
kombinatsiyalashgan qurilmalar
usulining
afzalliklariga quyidagilar kiradi: aholining yetarli darajadagi zichligi,
xonadonlar yechimining turli-tumanligi, shaharning badiiy ko‘rim-
liligini oshiruvchi
hajm va balandliklaming, shuningdek, vertikal va
gorizontal shakllarning
kontrast birikmasi, mahalliy relyefdan unumli
foydalanish imkoniyati, xonalar insolatsiyasini ta’minlashning
qulay
sharoitlari, turli yoshdagi aholi guruhlari talablarini hisobga olish
imkoniyati (48-rasm).
Aralash qavatli binolar ommaviy qurilmaga turliligi bilan qiziqarli
ko‘rinish beradi, magistrallar qurilmalari fazoviy ko‘rimliligini
oshiradi.
Issiq iqlimli hududlarda kam qavatli binolarga
nisbatan iqtisodiy
va boshqa ustunliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli binolar qurilishi
maqsadga muvofiq. Ularda xususan,
tom maydoni minimumga
keltirilgan, qavatlarda aeratsiya nuqtayi nazaridan yaxshi havo
aylanadi, bog‘chalari boigan hovlilar o ‘mini esa ko‘kalamzor-
lashtirilgan lodjiyalar va keng ochilgan balkonlar egallaydi.
90