|
Turar-joy binolari va jamoat binolari arxitekturasining sezilarliBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.UTurar-joy binolari va jamoat binolari arxitekturasining sezilarli
farqi, bu ularning kompozitsion tuzilishidir. Jamoat binolari
arxitekturasi uchun hajm va kompozitsion o‘qlaming mos kelishi;
asosiy o‘q chiziqning, kirish qismi va boshqa muhim elementlarining
ajratilishi xosdir.
Turar-joy binolari arxitekturasida bir xil ahamiyatga ega boigan
kompozitsion o ‘q chiziqlarining bir maromda takrorlanishi asosida
tashkil etilgan kompozitsion qurilmalar qo‘llaniladi. Turar-joy binolari
jamoat va sanoat binolariga nisbatan elementlaming (deraza,
lodjiyalar, balkon, kirish qismlari) kichikroq arxitekturaviy masshtabi,
shuningdek, tarzlar plastikasi, ritmik bo‘linishlar va umuman
qurilmalar hajminmg nisbatan kichikligi bilan ajralib turadi.
Tabiiy yoritilganlik talablariga asosan turar-joylarda yorug‘lik
tushuvchi derazalar nisbatan kichik va devorlar bilan ketma-ketlikda
keladi, bu holda metrik takrorlanishlar* ya’ni xonadonlararo,
seksiyalararo keluvchi deraza, balkon, lodjiyalar nazarda tutiladi.
95
Yuqorida keltirilgan turar-joy binolarining va ularning yashil
hovlilari, bolalar muassasalari joylashgan kichik jamoat binolari bilan
biriktirilgan majmualari tinch, qulay bo‘lgan yashash muhiti
xususiyatlarini belgilab beradi.
3.3. Turar-joy va jamoat binolarini joylashtirishda sanitar-
gigiyenik va yong'inga qarshi talablar
Turar-joy va jamoat binolarini joylashtirish xarakteriga sanitar-
gigiyenik talablar katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunga: insolatsiya, aeratsiya,
shovqindan himoya qilish talablari kiradi.
Turar-joy majmuasida zarur bo‘lgan sanitar-gigiyenik sharoitlami
yaratish quyidagicha amalga oshiriladi:
|
| |