Turli landshaft-iqlim sharoitlarida joylashgan turli kattalikdagi
shaharlar uchun ko‘kalamzor hududlarning nisbiy maydoni 2-ilova, 9-
jadval asosida olinadi.
«KICHIK TUMANNI REJALASHTIRISH VA QURISH»
KURS LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH
«Kichik tumanni rejalashtirish va qurish» kurs loyihasini amalga
oshirishda talabalar o‘z rahbarlari bilan kelishgan
holda oldingi vazifa
«Turar-joy tumani loyihasi» dan kichik tuman hududini tanlab oladi.
Vazifa maqsadi
- aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish,
turar-joy, xizmat ko‘rsatish muassasalari, markaz, ko‘chalar tarmog‘i
va ko‘kalamzor hududlami to‘g‘ri jo) lashtirish orqali kichik
tumanning arxitekturaviy ko‘rimliligini oshirish.
Bosh
rejada turar-joy binolari, aholiga madaniy-maishiy xizmat
ko‘rsatish binolari joylashtirilishi
ko'rsatiladi,
transport-piyoda
tarmog‘i hal etiladi, dam olish, o'yin, sport bilan shug‘ullanish joylari
tashkil etiladi.