hududida bu masofa 600 m gacha, kichik shaharlarda 800 m gacha
bo‘Iishi mumkin.
Avtobus va trolleybus bekatlari chorrahalardan 20 m uzoqlikda
joylashtiriladi. Bekatlar uzunligini bir yo‘nalishdagi transport uchun
20 m, ko‘p yo‘nalishdagi transport uchun 30 m qilib olish lozim.
Odam olish joyining eng kam kengligi 1,5 m. Bekatlar kengligini
yoMning qatnov qismi hisobiga kengaytirishga ruxsat berilmaydi.
Shaxsiy avtotransport soni, garaj va saqlash joylari hisoblanadi.
Avtomobil bilan ta’minlanganlik darajasi me’yorlari asosida 1000
kishiga 200 mashina hisobida olinadi. Bu holda bizning misolimizda
avtomobillar soni: 29 508/1000 x 200 =5901 avtomobil.
Garajlar
kichik tuman hududida avtomashinalarning 75%i
joylashishini hisobga olib loyihalanadi va unga yetib borish radiusi
800 m dan oshmasligi (250-300 m maqsadga muvofiq) kerak. 400-600
mashina sig‘imiga ega garajlar turar-joy va jamoat binolaridan 50 m
sanitar-himoya hududini qoldirgan holda joylashtiriladi. Qolgan
mashinalar uchun ochiq avtomobillar saqlash joylari loyihalanadi.
Avtomobil saqlash joylari
turar-joy
hududida
bir tekis
taqsimlanadi. Ochiq avtomobil turish joylari va garajlar kichik
tumanlar arxitekturaviy-rejaviy tuzilishidan kelib chiqqan holda
loyihalanadi.