• 58-rasm. Ichki fazoviy muhitga ega bo‘lgan, cheklangan perimetral qurilmalar sharoitidagi yopiq hajmiy-fazoviy majmualar.
  • 57-rasm. Binolarni guruhlashning oddiy usullari




    Download 5,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/92
    Sana01.06.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #258907
    TuriУчебное пособие
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
    Bog'liq
    Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U

    107


    57-rasm. Binolarni guruhlashning oddiy usullari: 
    a - nuqtali;
    b - chiziqli; d ~ burchakl; e - tarmoqlarga bo ‘lingan, f — chiziqli
    parallel; g - yelpig ‘ichsimon; h - k o ' p nurli (yulduzsimon); i ~ erkin
    guruhlash. Binolarning joylashish sxemasi: j
    -
    nuqtali; к - chiziqli;
    I— to 'rsimon.
    58-rasm. Ichki fazoviy muhitga ega bo‘lgan, cheklangan perimetral
    qurilmalar sharoitidagi yopiq hajmiy-fazoviy majmualar.


    Qurilmalarning ochiq, yarim yopiq va yopiq hovli muhiti bo‘lgan 
    turli fazoviy kompozitsiyalari mavjud. Ularda to‘g ‘ri chiziqli, qiyshiq 
    chiziqli, ko‘pburchakli shakldagi binolar rejalari qo‘llanilishi mumkin 
    va ular bir xil yoki aralash qavatli boMishi mumkin. Loyihalashda 

    blok-seksiyali usul arxitekturaviy-fazoviy yechimni hududning iqlim 

    sharoitlari, relyefi, shaharsozlik talablariga moslashtirish imkonini 
    beradi (58-rasm).
    Qurilmalarning arxitekturaviy-fazoviy kompozitsiyasida erkin 
    fazoviy muhitlar katta rol o ‘ynaydi.
    Erkin fazoviy muhitlar
    turar-joy tumanida yashash sharoitlarini 
    belgilab beradi. Asosan ularning estetik va ruhiy ta ’sir ko‘rsatishi, 
    aholining dam olishi va bir-birlari bilan muloqot qilishi, o ‘simlik- 
    larning mikroiqlim va gigiyenik holatga ta’siri ulami muhim o‘ringa 
    chiqaradi.
    Shahar qurilishida erkin fazoviy muhitlar ilgaridan harakatlanish 
    yo‘llari va aholining jamoatchilik hayoti o‘tadigan joy hisoblangan -
    bular shahar ko‘chalari va maydonlaridir. Turar-joy tumanlarida erkin 
    fazoviy muhitning ahamiyati ayniqsa yuqori, chunki turar-joy 
    tumanlarida arxitekturaviy kompozitsiyaning hajmiy imkoniyatlari 
    cheklangan. Aynan shu sababli turli-tuman, mahalliy iqlim va 
    landshaft xususiyatlarini aks ettiruvchi jamoat binolari erkin fazoviy 
    muhitlari sistemasi turar-joy tumanlarini arxitekturaviy tashkil etishda 
    asosiy o ‘rinni egallashi lozim.
    Tuman aholisi kun davomida ishga, maktabga, do‘konga, sport 
    maydoniga ketayotib yoki shunchaki sayr qilib, bir necha marotaba 
    erkin fazoviy muhitlardan o ‘tadi. Erkin fazoviy muhitlar aholining 
    uchrashuvi va suhbatlashishi uchun muhim hudud hisoblanadi. 
    Masalan, uy yaqinida suhbat qurish, o‘simliklarni birgalikda parvarish 
    qilish, jamoat transporti bekatlarida, bolalar o ‘yin maydonchalari va 
    h.k. shular jumlasidandir.
    Binolarning ichki xonalaridan farqli oMaroq, erkin fazoviy 
    muhitlar binolarning yashil o‘simliklar bilan birga shakllanishi va 
    buning natijasida yoritilganlik darajasining o ‘zgarishi, yil fasllarining 
    ta’sirida o ‘simliklar holatining o‘zgarishi, bino fasadlari rangining 
    o‘zgarishi sababli doimiy o‘zgarishda boMadi.
    Erkin fazoviy muhitlarning ruhiy-estetik ta’siri ko‘proq uning 
    funksional vazifasidan kelib chiqadigan shakli va masshtabiga bog'liq.
    109


    Bunday 
    mutanosiblikka erishish 
    uchun 
    shaharsozlik 
    fazoviy 
    muhitlarini kichik (turar-joy binolari guruhiga tegishli) va katta (unda 
    ko‘p aholi bo‘lishiga mo‘ljallangan) guruhlarga ajratishga harakat 
    qilinmoqda.
    Turar-joy muhitida turli bosqichdagi obyektlar namoyon bo‘ladi: 
    yashash qismining o‘zi - xonadon; ko‘p xonadonli turar-joy binosi; 
    turar-joy binolari guruhi; kichik tuman; turar-joy tumani. Uning eng 
    yuqori bosiqichi - shahar muhiti - o ‘zida ko‘plab turar-joy uchun 
    mo‘ljallanmagan fazoviy muhitlarga, sanoat hududi va madaniy- 
    maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlariga ega bo‘lgan jamoatchilik 
    hududini o‘zida jamlaydi. «Shahar muhiti» tushunchasi butun shahar 
    tizimi va uning alohida qismlarini inson faoliyati bilan o‘zaro ta’sirda 
    bo‘lgan hajmiy-fazoviy muhit sifatida qarash imkoniyatini beradi. 
    Bunda, shahar muhiti tabiiy muhit va uning ekologik holatidan alohida 
    qaralishi mumkin emas. Shunday qilib, shahar ko‘chasi - bu nafaqat 
    transport kommunikatsiyasi vositasi va qurilmalar kompozitsiyasi 
    orientiri, balki atrof-muhitni sog‘lomlashtiruvchi havo massalarining 
    harakatlanish yo‘nalishi hamdir. Hozirgi kunda me’morlar oldida 
    murakkab va qiziqarli vazifa - moddiy, funksional, ijtimoiy va estetik 
    omillarni o ‘zaro uyg‘unlashtirib, muhitni umumiy loyihalashtirish 
    vazifasi turadi. «Arxitekturaviy muhit» atamasi bizning atrof- 
    muhitimizning bir qismi bo‘lib, badiiy birlashtirish qonunlariga 
    asoslangan hajmiy-fazoviy strukturalardan, jihozlash va ko‘kalam- 
    zorlashtirish uskunalaridan tashkil topadi.
    110


    ILO V ALA R

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




    Download 5,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    57-rasm. Binolarni guruhlashning oddiy usullari

    Download 5,57 Mb.
    Pdf ko'rish