|
-ilova.
Turar-joy tumani va kichik tumanni arxitekturaviyBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U1-ilova.
Turar-joy tumani va kichik tumanni arxitekturaviy
loyihalash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Shaharsozlik loyihalash bosqichlari. Shahar - loyihalashning
murakkab obyektidir.
Shahar bosqichma-bosqich qurilishi va
rekonstruksiya qilinishi sababli shaharsozlik loyihalash quyidagi
bosqichlarga ajratiladi:
-
butun shahar uchun -
rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqiladi,
bashorat-reja yoki bosh reja;
-
shaharning yirik qismlari uchun
- funksional qismlarga ajratish
va rejaviy strukturani tanlash;
-
turar-joy tumanlari va ularning qismlari uchun
aniq rejaviy
yechimlar ishlab chiqiladi.
Bosh reja
hududning rivojlanish yo‘nalishi va chegaralarini
belgilab beruvchi asosiy shaharsozlik hujjati hisoblanadi. Bosh reja
o‘zida mahalliy relyef, qiyaliklar, xarakterli nuqtalar ma’lumotlari,
suv havzalari, o ‘simliklari, binolar, yer usti va yer osti qurilmalari
batafsil ko‘rsatilgan muhandislik-topografik asosda ishlanadi.
Rejalashtirish loyihasi
aholi yashash joylarining alohida bir
qismlari uchun ishlanadi va bosh rejada ko‘rsatilgan rejaviy struktura
elementlariga mos holda loyihalanadi. Unda quyidagi rejaviy
elementlar belgilanadi:
- qizil chiziqlar va qurilish chiziqlari;
- yer hududlari chegaralari;
- ijtimoiy va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini
joylashtirish;
- ko‘chalar, yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, transport kommunikat-
siyalari parametrlari, muhandislik jihozlari va hududni obodonlash-
tirish.
Qurilish rejasi
yangi yoki rekonstruksiya qilinayotgan kichik
tuman hududlari, dahalar, turar-joy majmualari, turar-joy binolari
guruhlari va jamoatchilik qurilmalari uchun tasdiqlangan bosh reja
asosida ishlab chiqiladi. Qurilish rejasi loyihalashtirish shartlaridan
kelib chiqqan holda ikkita bosqichda amalga oshirilishi mumkin -
loyihaning o ‘zi va ishchi hujjatlar.
I l l
|
| |