Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar Turar-joy qurilmalari iqtisodiyoti Barcha shaharsozlik ishlarining muhim tashkil etuvchilaridan biri
bu ularning iqtisodiy tomondan tejamkorligidir. Ya’ni kam qurilish va
ekspluatatsiya xarajatlari bilan aholiga qulay yashash sharoitini
yaratib berish.
Rejalashtirish va qurish tejamkorligiga hududdan to ‘g‘ri
foydalanish va qurilmalami to‘g ‘ri taqsimlash ta’sir ko‘rsatadi. Shahar
yerlarini sarflashda iqtisodiy tejamkorlik qurilmalarga ajratilgan
maydonlaming to ‘g‘ri nisbatda taqsimlanishida aks etadi. To‘g ‘ri
tashkil
etish va tejamkorlik
nuqtayi nazaridan qulay shaharsozlik
yechimi rejalashtirish va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaming bir necha
misollarini solishtirish orqali tanlanadi:
- loyihalanayotgan hududning umumiy maydoni, ga;
- turar-joy fondi, m2;
- aholi soni, kishi;
- aholi zichligi, kishi/ga.
Turar-joy tumanining umumiy maydoni unga kiruvchi kichik
tumanlar, jam oat binolari hududi, ko‘kalamzorlar, yo‘llar hududining
umumiy yig‘indisi sifatida olinadi.
Kichik tuman hududining umumiy maydoni qizil chiziqlar
ichidagi hudud hisoblanadi, unda tuman ahamiyatidagi muassasalar
mavjud bo‘lsa, ularning hududi hisobga olinmaydi.
Turar-joy fondi barcha
uylar
maydonlarining
yig‘indisi
hisoblanadi.
Xonadonlarning umumiy maydoni xonadonning
umumiy
egallagan maydoni hisoblanadi.
Turar-joy bilan ta’minlanganlik me'yori bir kishiga ajratilgan
umumiy
yashash
hududi,
uning
katta-kichikligi
davlatning
122
iqtisodiyotiga bog‘liq. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 20 m2 / kishi deb
belgilangan.