• Loyihani grafik amalga oshirish bosqichi
  • Ijodiy ishlab chiqish jarayoni




    Download 5,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/92
    Sana01.06.2024
    Hajmi5,57 Mb.
    #258907
    TuriУчебное пособие
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
    Bog'liq
    Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U

    Ijodiy ishlab chiqish jarayoni
    Masad: qabul qilingan eskiz-g‘oyani aniqlashtirish va mukammal
    ishlab chiqish.
    Bu bosqichda loyihaning kompozitsion taraflari, uning 
    amaldagi sanitar-gigiyenik, yong‘inga qarshi, iqtisodiy me’yor va 
    talablarga javob berishi e’tiborga olinishi lozim. Buning uchun qabul 
    qilingan yechimni aks ettiruvchi quyidagi sxemalar ishlab chiqiladi:
    124


    - arxitekturaviy aksentlar joylashuvi va jamoat hududi ochiq 
    maydonlarini shakllantirish sxemasi;
    - piyoda va transport yo‘llari sxemasi;
    - madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashishi va 
    ko'kalamzor hududlar sxemasi;
    - turar-joy tumani hududi balansi sxemasi.
    Bu bosqichda qabul qilingan yechimni tahlil qilish uchun ushbu 
    hududdagi kichik tumanlardan birining turar-joy qurilmalarini 
    joylashtirish usuli va tuman jamoat markazi arxitekturaviy yechimini 
    hal etish klauzurasini amalga oshirish maqsadga muvofiq (M 1:1000).
    Klauzurani tahlil qilgandan so‘ng ishchi maketga yakuniy 
    aniqlashtirishlar kiritiladi (M 1:1000).
    Qurilmalarning umumiy kompozitsiyasini aniqlashda arxitektu­
    raviy kompozitsiyaning quyidagi qonunlariga bo‘ysunish kerak:
    - asosiy mavzuni ko‘rsatib berish;
    -qism larni umumiy birlikka bo'ysundirish;
    -u y g 'u n lik usullarini qo‘llash;
    - masshtablilik nisbatlarini to‘g‘ri tanlash.
    Uchinchi bosqich natijasi - bu grafik amalga oshirilgan tugallan-
    gan eskizdir.
    Bosh reja chizmalari va sxemalari, fasad yoymasi 
    (razvertka) va maket belgilangan masshtabda amalga oshiriladi.
    Loyihani grafik amalga oshirish bosqichi
    Kurs loyihasini amalga oshirishning so'nggi bosqichi.
    Loyiha tarkibi:
    - turar-joy tumanini funksional qismlarga ajratish sxemasi (M 
    1:5000);
    - kichik tumanni rejalashtirish va qurish loyihasi (M 1:2000);
    - madaniy-maishiy xizmat ко‘rsatish muassasalarini joylashtirish 
    va ko‘kalamzorlashtirish sxemasi. Unda jamoat markazi hududi ajratib 
    ko‘rsatiladi va ochiq fazoviy muhitlar sistemasi (M 1:5000);
    -p iyodalar harakati va transport bekatlarini joylashtirish sxemasi;
    - maket (M 1:2000);
    - asosiy qurilmalar old tarafidan fasad yoymasi yoki tuman asosiy 
    ansambli perspektivasi.

    Download 5,57 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




    Download 5,57 Mb.
    Pdf ko'rish