- tushuntirish xati;
- holat tarhi (M 1:2000);
- asos tarhi (M 1:500);
- b o s h reja, hududni obodonlashtirish bilan birga (M 1:500).
Tushuntirish xati
quyidagilardan iborat boMishi lozim:
- bosh reja,
hajmiy-fazoviy yechimlar, transport xizmati, relyefni
tashkil etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,
aholiga
xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha asosiy shaharsozlik yechimlari;
- texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Obyektni joylashtirish sxemasida:
- obyektning shahar, tuman, daha rejasida joylashgan o‘rni;
- atrofdagi ko‘chalar, yo‘llar, obyektlar nomlari;
- «shimol-janub» yo‘nalishi.
Holat tarhida
ba’zi hollarda yer osti kommunikatsiyalari
ko‘rsatilgan topografik xaritada ishlanishi mumkin, unda:
-
hudud chegarasi;
- turli funksional hududlar chegarasi;
- qizil chiziqlar, qurilish chiziqlari, rejaviy chegaralar (texnik, suv
himoya, sanitar-himoya hududlari,
yodgorliklami himoya qilish
hududlar va b.);
- mavjud ko‘kalamzorlar;
- loyiha hududi va atrofdagi 100 metr radiusdagi hududning
mavjud funksional foydalanilishi;
- mavjud qurilmalar (eksplikatsiyasi,
vazifasi, qavatlari soni va
kapital qurilish haqida m a’lumot bilan);
- buzish, rekonstruksiya, ko‘chirish,
yangi qurilishlar haqida
mavjud tasdiqlangan g ‘oyalar;
- mavjud ko‘chalar, yo‘Iaklar va binolarga olib boruvchi yoMlar;
- «shimol-janub» yo‘nalishi.
Asosiy chizma hisoblangan
bosh rejada
ko‘rsatiladi:
- loyihalanayotgan hudud chegarasi;
- turli funksional hududlar chegarasi;
- qizil chiziqlar, qurilish chiziqlari, rejaviy chegaralar (texnik, suv
himoya, sanitar-himoya hududlari, yodgorliklami himoya qilish
hududlar va b.);
- ko‘cha va y o ‘llar nomlari;
126
- hududni loyiha bo‘yicha funksional hududlarga ajratish (loyiha
bo'yicha
jamaot binolari, yashash hududi va ko'kalamzor hududlar
chegarasi);
- ko'kalamzor hududlar, piyodalar yo'llari va vazifasi ko'rsa-
tilgan maydonchalar (kichik arxitekturaviy
shakllar, to'siqlar, tayanch
devorlar, qiyaliklar);
- «shimol-janub» yo'nalishi;
- shartli belgilar.