Ushbu bosqichda shaharsozlik holati tahlili, texnik-iqtisodiy
hisob-kitob, zaruriy adabiyotlar va ma’lumotlarni o ‘rganib chiqish
amalga oshiriladi.
Talaba bilishi lozim: ushbu hudud joylashgan shahar aholisi soni,
ko‘zda tutilayotgan turar-joy maydoni bilan ta’minlash darajasi.
Shaharsozlik holatini holat tarhiga ko‘ra o‘rganib chiqish
hududning shahar bosh rejasidagi о ‘mi, mahalliy relyef, landshaft va
muhandislik infratuzilmasini o ‘rganib chiqish bilan boshlanadi.
Tayyorlanish jarayoni natijasida aniq bir funksional va
arxitekturaviy-fazoviy
vazifalar:
hududning
shaharda
tutgan
ahamiyatini, asosiy olib boruvchi tomonlardan qabul qilinishi, jamoat
transporti turlari, bekatlarini belgilash, mehnat joylari va ularga olib
boruvchi eng qisqa yo‘llarni tashkil etish lozim. Hudud relyefmi,
qiyaliklar y o ‘nalishini aniqlab olish, mavjud ko‘kalamzor hududlar va
suv havzalar joylashishini aniqlab olish lozim.
Grafik tahlil bilan bir qatorda hududning aholi soni aniqlanib,
hudud funksional hududlarga ajratiladi.
Ijodiy izlanishlar jarayoni
Maqsad: tumanni loyihalash usullarini izlash va ishlab chiqish
unmg funksional tashkil etilishi va arxitekturaviy-fazoviy kompo-
zitsiyasining shaharsozlik g ‘oyasi. Loyihalash ushbu mavzu bo‘yicha
klauzuradan boshlanadi.
Shaharsozlik g‘oyasi izlanishlari asosi - bu ushbu holat bo‘yicha
aniq va hayotiy talablarga to‘g‘ri keladigan yechim bo‘lishi lozim.
Ijodiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishi hududdan samarali foydalanish,
piyodalar va transport yo‘nalishini ajratish, kelajak turar-joy binolarini
yaratish, yer osti qismidan samarali foydalanish, mahalliy ko‘chalar va
xiyobonlami arxitekturaviy yechimini tashkil etish va h.k.
Eskiz-g‘oya
ishchi maketda va ishchi chizmada (M 1:2000)
amalga oshiriladi.