Dars ishlanmasi sana: 2016 yil. Sinf 6-A,6-b fan nomi: Fizika Mavzu: mexanizmlardan foydalanishda ishlarning tengligi masala yechish darsning maqsadlari




Download 2,78 Mb.
bet7/15
Sana01.01.2020
Hajmi2,78 Mb.
#7847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15

IV-bosqich.

Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.



Nazariy savollar.

  1. Suvning tempraturasi termometr yordamida qanday o’lchanadi?

  2. Diometri kichikroq bo’lgan termometr bilan tajriba o’tkazilsa, o’lchash aniqligi qanday o’zgaradi?




V-bosqich.

Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.



Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish

O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.

Baholarni e’lon qilish.


VI-bosqich.

Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.



Mavzusini o’qib kelish.

Amaliy topshiriq

O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________


Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil

«Tasdiqlayman»

Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________

«_________»_______________2016 yil



( sana)

DARS ISHLANMASI

Sana: « »_____________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B

Fan nomi: Fizika

MAVZU: 5-nazorat ishi
Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilar bilimni tekshirish

Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga texnika xavfsizligi haqida tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi maqsad:Fizik diktant .
Dars turi: malaka va ko’nikmani shakllantirish darsi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.

Darsda foydaniladigan jihozlar: tarqatma material

DARSNING BORISHI:


Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

I-bosqich.

Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut



Darsni tashkiliy qismida:

sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,

o’quvchilar davomati.

sinf xonasining tozaligi.



II-bosqich.

O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __2__minut



1. Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan yuqori bo'lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperaturasini qanday o'l­chash mumkin?

2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko'rsatishining aniqlik darajasi qanday o'zgaradi?

3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvdami yoki issiq suvdami?



III-bosqich.

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __34___minut.



5-nazorat ishi

Mavzu: Issiqlik hodisalar.

Nazorat shakli: Fizik diktant.

Qiya tekislik ham, richag ham………….yutuq bermaydi. Har qanday mexanik mexanizm dan necha marta yutuq bersa,………….. shuncha marta yutqazadi.

Bunga.......deyiladi. Foydali ishning umumiy ishga nisbati bilan o'lchanadigan kattalik mexanizmning deyiladi. Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini ifodalovchi kattalik deb ataladi deb moddani tashkil etgan zarrachalarning o'zaro ta'sir potensial energiyasi va harakati bilan bog'liq kinetik energiyalari yig'indisiga aytiladi. Issiqlik o'tkazuvchanligi turlicha bo'lgan bir-biriga parchalanib mahkamlangan ikkita metall deyiladi.

Moddalarning temperaturasi deb ataluvchi asbob yordamida o'lchanadi. Ishchi moddasi sifatida yoki ishlatiladi. Jismning isitilgan qismidan isitilmagan qismiga issiqlikning o'tishiga hodisasi deyiladi. Notekis isitilgan gaz, suyuqliklarda moddaning bir joydan ikkinchi joyga oqimi tufayli issiqlik uzatish hodisasiga deyiladi. Konveksiya tezligi qatlamlar va muhitning ga bog'liq.

IV-bosqich.

Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __2___minut.



Javobi 5-NAZORAT ISHI

Javoblar: ishdan, kuchdan, ishdan, oltin qoida, FIK, tempratura, ichki energiya, bimetal, termometr, simob yoki spirt, issiqlik o’tkazuvchanlik.




V-bosqich.

Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.



Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish

O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.

Baholarni e’lon qilish.


VI-bosqich.

Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.



Takrorlash.

O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________


Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil
«Tasdiqlayman»

Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________

«_________»_______________2016 yil

( sana)

DARS ISHLANMASI

Sana: « » ______________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B

Fan nomi: Fizika

Mavzu:. Ichki energiya va uni o'zgartirish usullari
Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: Termometr yordamida havo va suyuqlik tempraturasini o’lchash va natijalarni haqida xulosa chiqarish

Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga texnika xavfsizligi haqida tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi maqsad:savol-javob .
Dars turi: yangi materialni o’rganish darsi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.

Darsda foydaniladigan jihozlar: Darslik, ED. Kompyuter.Multimediya, ekran

DARSNING BORISHI:

Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

I-bosqich.

Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut



Darsni tashkiliy qismida:

sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,

o’quvchilar davomati.

sinf xonasining tozaligi.



II-bosqich.

O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut



1. Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan yuqori bo'lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperaturasini qanday o'l­chash mumkin?

2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko'rsatishining aniqlik darajasi qanday o'zgaradi?

3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvdami yoki issiq suvdami?



III-bosqich.

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.



ICHKI ENERGIYA VA UNI O'ZGARTIRISH USULLARI

Mexanik hodisalar bo'limida Siz jismlarning ikki xil energiyaga ega bo'lishi bilan tanishgan edingiz. Jismlarning o'zaro ta'siri tufayli ega bo'lgan energiyasini potensial va harakati sababli olgan energiyasini kinetik deb atalgan edi. Modda tuzilishi bo'limida esa, barcha moddalar mayda-mayda zarrachalar - atom yoki molekulalardan tashkil topganligi, ularning to'xtovsiz harakatda ekanligi ham sizga ma'lum. Mana shunday harakatlari tufayli zarrachalar ham kinetik energiyaga ega bo'ladilar. Suyuqlik va qattiq jismlarda zarrachalar ma'lum tartibda o'zaro ta'sirlashib joylashganlaridan potensial energiyaga ega bo'ladilar. Bu energiyalar moddaning ichki tuzilishini tashkil etgan zarrachalarga taalluqli bo'lganligidan moddaning ichki energiyasi deb ataladi. Uni chuqurroq tushunish uchun quyidagi misolni qaraylik. 30°C li suvdagi molekulalar 80°C li suv molekulalaridan nimasi bilan farqlanadi? Ular faqat molekulasining tezligi bilan farq qiladi. 80°C li suv molekulasining tezligi, 30°C li suv molekulasining tezligidan kattaroq bo'lar ekan. Demak, kinetik energiyasi ham katta. Bundan 80°C li suvning ichki energiyasi 30°C li suvning ichki energiyasidan katta bo'lishi kelib chiqadi. Bu mulohazalardan temperaturaga ham ta'rif berish imkoniyati tug'iladi. Temperatura - moddani tashkil etgan zarrachalarning o'rtacha kinetik energiyasi o'lchovidir.

Oldingi mavzulardan ma'lumki, moddaning temperaturasini uni isitish yo'li bilan ko'tarishdan tashqari, ish bajarib ham oshirish mumkin. Masalan, tangani olib, uni mo'ynaga ishqalasangiz qiziydi. Ishqalanish tufayli jismlarning qizishidan qadimgi odamlar yog'ochni ishqalab olov hosil qilganlar. Yog'ochning yonishi uchun uning temperaturasini 250°C ga ko'tarish kerak. Yog'ochni ishqalab bunga erishish osonmi? Urinib ko'ring.

Hozirgi kunda ham olovni ishqalanishdan foydalanib hosil qilinadi. Buning uchun gugurt cho'pini qutisiga ishqalash kifoya! Faqat, bunda gugurt cho'pi kallagiga o'rnatilgan moddaning yonish temperaturasi ancha kichik bo'lganligidan tez yonadi. Gugurtni XIX asrning 30-yillarida ixtiro qilishgan. Unda yonish temperaturasi 60°C bo'lgan fosfordan foydalanilgan. Gugurtni ixtiyoriy bir yuzaga, hatto etik tagiga ishqalansa ham yonadigan bo'lgan. Tez yonish xususiyatiga ega bo'lganligidan yong'inlar chiqishiga sabab bo'lgan hamda zaharli ekanligidan xavfli fosfor o'rniga boshqa yonadigan qorishmani 1855-yilda Shvetsiyada o'ylab topishgan. Ichki energiyani ish bajarib oshirish mumkinligini «havo chaqmog'i» deb ataluvchi qurilmada ko'rish mumkin (86-rasm). Qalin organik shishadan yasalgan silindr ichiga benzin bilan ho'llangan paxta qo'yiladi. So'ngra porshenni pastga tez bosilsa, paxta yonib ketadi. Bunda havoni siqishda ichki energiyasi ortadi va temperaturasi ham ortib paxta yonadi. Gaz tashqi kuch bilan siqilsa, temperaturasi ortishi ma'lum bo'ldi. O'z-o'zidan kengaysa nima bo'ladi? Bunday kengayishda bajarilgan ish gazning ichki energiyasi hisobiga bo'ladi. Shu sababli uning temperaturasi pasayadi. Uy-ro'zg'orda ishlatiladigan sovutkich (xolodilnik) lar shu asosda ishlaydi. 86-rasm. Yuqorida aytganimizdek, ichki energiya moddani tashkil etgan zarrachalarning potensial energiyasi

bilan ham belgilanadi. Masalan, 0°C da suv ham, muz ham mavjud bo'ladi. Lekin molekulalarining o'zaro joylashishlari turlicha bo'lganligidan 0°C li suvning ichki energiyasi, 0°C li muznikidan katta bo'ladi. Ichki energiya, shuningdek, jism massasiga bog'liq bo'ladi. Katta o'lchamdagi dazmol, xuddi shunday temperaturali kichik dazmolga nisbatan ko'proq kiyimni dazmollay oladi. Agar 100°C gacha qizdirilgan 1 kg li po'lat sharni 1 litrli suvga solinsa, aynan 100°C li 0,5 kg li po'lat shar solinganiga qaraganda ikki barobar ko'proq isitar ekan. Bundan tashqari, ichki energiya modda turiga ham bog'liq. Buni quyidagicha tajribada ko'rish mumkin. Bir xil massali aluminiy va qo'rg'oshin sharlarni 100°C gacha qizdiraylik. So'ngra ularni bir xil idishdagi suvlarga solaylik. Bunda aluminiy shar solingan suv ko'proq qiziganini ko'ramiz. Demak, massalari va temperaturalari teng bo'lgan, lekin turli moddalardan yasalgan jismlarning ichki energiyalari turlicha bo'lar ekan.


IV-bosqich.

Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.



Amaliy topshiriq

Mis yoki aluminiy simni olib, bir joyidan bir necha marta buklab, to'g'rilang. Shunda sim sinib ketadi. Sababini tushuntiring.

1. Nima uchun qaynoq choy qoshiqcha bilan aralashtirilganda soviydi?

2. Bir chelak suvni uyning 1-qavatidan 2-qavatiga olib chiqsak, uning ichki energiyasi o'zgaradimi?

3. Ishqalanish tufayli ichki energiya ortishiga doir misollar keltiring.


V-bosqich.

Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.



Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish

O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.

Baholarni e’lon qilish.


VI-bosqich.

Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.



Mavzuni o’qib kelish va rasm chizish.

O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________


Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil

«Tasdiqlayman»

Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________

«_________»_______________2016 yil



( sana)

DARS ISHLANMASI

Sana: « » _______________2016 yil. Sinf 6-A,6-B

Fan nomi: Fizika

MAVZU:. Ichki yonuv dvigatellarl bug' turbinasi
Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: Ichki yonuv dvigatellarl bug' turbinasi haqida xulosa chiqarish

Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga texnika xavfsizligi haqida tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi maqsad:savol-javob .
Dars turi: yangi materialni o’rganish darsi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.

Darsda foydaniladigan jihozlar: Darslik, ED. Kompyuter.Multimediya, ekran

DARSNING BORISHI:


Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

I-bosqich.

Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut



Darsni tashkiliy qismida:

sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,

o’quvchilar davomati.

sinf xonasining tozaligi.



II-bosqich.

O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut



1. Nima uchun qaynoq choy qoshiqcha bilan aralashtirilganda soviydi?

2. Bir chelak suvni uyning 1-qavatidan 2-qavatiga olib chiqsak, uning ichki energiyasi o'zgaradimi?

3. Ishqalanish tufayli ichki energiya ortishiga doir misollar keltiring.



III-bosqich.

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.



ICHKI YONUV DVIGATELLARL BUG' TURBINASI

Moddaning ichki energiyasidan ish bajarish uchun foydalansa bo'lmasmikan? Quyidagi tajribani ko'raylik. Probirkaga ozgina suv quyib, og'zini mahkam tiqin bilan yopaylik. So'ngra probirkani suv qaynaguncha qizdiraylik. Shunda hosil bo'lgan bug' bosimi ortib, tiqinni otib yuborganini ko'rish mumkin. Bu jarayonda yoqilg'ining energiyasi bug'ning ichki energiyasiga aylandi, so'ngra bug' kengayib, tiqinni ko'tarib ish bajardi.

Agar probirka o'rnida silindr, tiqin o'rnida porshen olinsa, oddiy issiqlik dvigateliga ega bo'lamiz.

Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga issiqlik dvigateli deyiladi.

Issiqlik dvigatelining ko'pgina turlari mavjud: bug' mashinasi, ichki yonuv dvigateli, bug' yoki gaz turbinasi, reaktiv dvigatel. Bug'ning kengayishida ish bajara olishi Arximed zamonasidanoq ma'lum bo'lsa-da, ishlaydigan dastlabki issiqlik dvigatellari XVIII asr oxirida qurilib, bug' mashinasi deb atalgan. Unda alohida bug' qozoni bo'lib, yuqori temperaturali bug' silindr ichiga kiritilib, porshenni harakatga keltirgan. Birinchi bug' mashinasi ingliz ixtirochisi Jeyms Uatt tomonidan 1768-yilda quriladi. So'ngra uning boshchiligida 10 yil davomida 119 mashinani ishga tushirishgan. Dastlabki bug' avtomobilini 1770-yilda fransuz muhandisi J. Kyuno qurgan edi. Birinchi parovoz esa 1803-yilda ingliz ixtirochisi Richard Trevitik tomonidan quriladi. 1823-yildan boshlab Jorj Stefenson parovozlar ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushiradi. Yuz yillar davomida bug' mashinasi temir yo'l transportining asosiy vositasi bo'lib xizmat qildi. Hozirgi davrda ular teplovoz va elektrovozlar bilan almashtirilmoqda.

Ichki yonuv dvigateli 1860-yilda fransuz mexanigi E.Lenuar tomonidan ixtiro qilingan. Bug' mashinasida bug' tashqarida hosil qilinib, so'ngra silindr ichiga yuborilsa, ichki yonuv dvigatelida yoqilg'i bevosita yoqilib, yuqori temperaturali gaz hosil qilinadi. Benzin bilan ishlaydigan dvigatelni 1885-yilda nemis ixtirochisi G. Daymler yaratadi.

Hozirgi zamon ichki yonuv dvigatellari ikki silindrli, to'rt silindrli, olti silindrli va h.k. bo'ladi. 87-rasmda to'rt silindrli dvigatel keltirilgan. Silindrlar ichiga joylashgan porshenlar 1 tirsakli valga o'rnatilgan. Shu valga ayla-nish davrida hosil bo'ladigan silkinishlarni kamaytiradigan katta massali 2 maxovik mahkamlangan. Har bir silindrning yuqori qismida ikkitadan klapani bor. Ulardan biridan yonuvchi aralashma (benzinning havo bilan aralashmasi) kiritilsa, ikkinchisidan yonib bo'lgan gaz qoldiqlari chiqib ketadi. Bir silindrli ichki yonuv dvigatelining ishlash prinsipi 88-rasmda keltirilgan.

I takt. So'rish. 1 klapan ochiladi. 2 klapan yopiq. Pastga tomon hara-katlanuvchi porshen silindr ichiga yonuvchi aralashmani so'rib oladi.

II takt. Siqish. Har ikkala klapan yopiq. Yuqoriga tomon harakatlangan porshen yonuvchi aralashmani siqadi. Aralashma siqilganda qiziydi.

III takt. Ishchi yo'li. Har ikkala klapan yopiq. Porshen yuqori holatda bo'lganda aralashma elektr uchquni 4 vositasida yoqiladi. Natijada bosimi 3-6 MPa, temperaturasi 1600-2200°C bo'lgan qizigan gaz hosil bo'ladi. Gaz bosimi porshenni pastga siljitadi. Porshen harakati tirsakli valni aylantiradi.

IV takt. Chiqarish. 2 klapan ochiladi. 1 klapan yopiq. Porshen yuqoriga hara-katlanadi. Yonish mahsulotlari ochiq klapandan atmosferaga chiqib ketadi.

Bir silindrli dvigatelda foydali ish faqat III taktda bajariladi. To'rt silindrli dvigatelda esa porshenlar shunday joylashtiriladiki, har bir taktda bittadan porshen ish yo'lini o'tadi. Natijada tirsakli val 4 marta tez foydali energiya oladi. 1897-yilda nemis muhandisi R. Dizel ichki yonuv dvigatelining yangi turini ixtiro qildi. Bunda yonuvchi aralashma siqilmasdan, balki quruq havoning o'zi siqiladi. Siqilish jarayonida havo temperaturasi shunchalik ko'tariladiki, unga berilgan yonilg'i o'z-o'zidan alangalanib ketadi. Shunga ko'ra unga elektr uchquni hosil qiluvchi qurilma ham, yonilg'I aralashmasini tayyorlaydigan karburator ham kerak bo'lmaydi. Yangi dvigatelning nomini dizel deb ataldi. Dizel dvigatellarining f.i.k. 31-44% ni tashkil etadi. Karburatorli dvigatellarda odatda 25-30% bo'ladi.

Bug' turbinasi. Bug' turbinasida katta bosimga va yuqori temperaturaga ega bo'lgan bug' maxsus trubalar orqali kuraklarga beriladi. Kuraklar esa katta tezlikka ega bo'lgan bug' ta'sirida g'ildirakni aylantiradi (89-rasm). Turbina ichida bug' kengayib soviydi. Kirish trubasi ingichka bo'lib, chiqish trubasi keng bo'ladi. Turbina faqat bir yo'nalishda aylana oladi. Tezligini ham keng miqyosda o'zgartirib bo'lmaydi. Shunga ko'ra uni transportda qo'llanilmaydi. Uni asosan elektr toki ishlab chiqadigan generatorlarni aylantirishda foydalaniladi.


IV-bosqich.

Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.



1. Ichki yonuv dvigateli silindridagi gazning energiyasi so'rish taktining oxirida katta bo'ladimi yoki siqish taktining oxiridami?

2. Bug' turbinalaridan biriga bug' 480°C temperaturada keladi, boshqasiga 560°C temperaturada keladi. Agar ishlab bo'lgan bug' har ikkala holda bir xil temperaturaga ega bo'lsa, turbinalardan qaysi birining f.i.k. katta?

3. Ichki yonuv dvigatelida qaysi taktning qanday momentida gazning ichki energiyasi eng katta bo'ladi?

Dunyoda eng kichik bug' mashinani Gelzenkirxen shahrilik (Germaniya) 33 yoshli ixtirochi Detli Abraham yasagan. Misdan ishlangan bu mitti mashinaning uzunligi atigi 14 millimetr, bo'yi 12 millimetrni tashkil etadi.



V-bosqich.

Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.



Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish

O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.

Baholarni e’lon qilish.


VI-bosqich.

Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.



Mavzuni o’qib kelish va rasm chizish

O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________


Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil

«Tasdiqlayman»

Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________

«_________»_______________2016 yil



( sana)

DARS ISHLANMASI

Sana: « » _____________________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B

Fan nomi: Fizika

MAVZU:Reaktiv dvigatel. Issiqlik mashinalari va tabiatni muhofaza qilish
Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: Reaktiv dvigatel. Issiqlik mashinalari va tabiatni muhofaza qilish haqida bilim berish

Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga texnika xavfsizligi haqida tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi maqsad:savol-javob .
Dars turi: Yangi naterialni o’rganitish darsi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.

Darsda foydaniladigan jihozlar: Darslik, ED. Kompyuter.Multimediya, ekran

DARSNING BORISHI:


Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

I-bosqich.

Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut



Darsni tashkiliy qismida:

sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,

o’quvchilar davomati.

sinf xonasining tozaligi.



II-bosqich.

O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut



1. Ichki yonuv dvigateli silindridagi gazning energiyasi so'rish taktining oxirida katta bo'ladimi yoki siqish taktining oxiridami?

2. Bug' turbinalaridan biriga bug' 480°C temperaturada keladi, boshqasiga 560°C temperaturada keladi. Agar ishlab bo'lgan bug' har ikkala holda bir xil temperaturaga ega bo'lsa, turbinalardan qaysi birining f.i.k. katta?

3. Ichki yonuv dvigatelida qaysi taktning qanday momentida gazning ichki energiyasi eng katta bo'ladi?



III-bosqich.

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.



42-MAVZU REAKTIV DVIGATEL. ISSIQLIK MASHINALARI VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH

Har biringiz rezina sharni puflab ko'rgansiz. Shishirilgan shaming og'zini bog'lamasdan qo'yib yuborsangiz, shar o'zini u yoq, bu yoqqa tashlab uchadi. Bunda sharcha qanday kuch ta'sirida harakatlanadi? Pufak sharchadan otilib chiqayotgan havo oqimi orqa tomonga harakat qilsa, uning aks ta'siri natijasida pufak shar oldinga harakat qiladi. Reaktiv dvigatel ham xuddi shunday ishlaydi. Dvigatelda yongan gazlar orqaga otilib chiqsa, dvigatelning o'zi oldinga harakat qiladi. Reaktiv dvigatel samolyotga, raketaga yoki poyga avtomobiliga o'rnatilishi mumkin. Ularning harakati reaktiv harakat natijasida bo'ladi. Bundan qariyb ming yillar ilgari porox dvigateli ixtiro qilingan. Ular hozirda qattiq yoqilg'ili dvigatel deb ataladi. Porox - ko'mir, oltingugurt va selitra aralashmasidan iborat. Selitrada yonish uchun zarur bo'lgan kislorod bor. Bunday dvigatellar harbiy va signal raketalarida o'rnatilgan (90-rasm). Ulardan hozirgi zamon harbiy raketalarida ham foydalaniladi. Lekin ishlatiladigan porox tarkibi boshqacha. Reaktiv dvigatellarining ayrimlarida atrofdagi havodan foydalaniladi. Uni havo reaktiv dvigateli deyiladi. Havodan foydalanmaydiganlarini raketa dvigateli deb ataladi. O'tgan asrning 40-yillarida olimlar suyuq yonilg'ili re­aktiv dvigatelni yaratdilar. Bunday dvigatelning yonish kamerasiga alohida baklardan suyuq yonilg'i va oksidlovchi yuboriladi (91-rasm). Yonish kamerasida yongan yuqori temperaturali gazlar «soplo»dan otilib chiqib, raketani oldinga itaradi. Bunday dvigatellar hozirgi kunda raketalarni kosmosga olib chiqmoqda. Samolyotlar uchun havo reaktiv dvigatellari ixtiro qilingan. Ularda yonish uchun kerak bo'ladigan kislorodni havodan olinadi. Samolyotga o'rnatilgan dvigatel havoni tortib olib, uni yonish kamerasida kerosin bug'la-riga aralashtiradi. Bunday dvigatelni turboreaktiv dvigatel deyiladi. Turboreaktiv dvigatelning soplosidan chiqayotgan gazning temperaturasi ~500°C, tezligi ~550 m/s atrofida bo'ladi. Qiruvchi harbiy samolyot soatiga 1000 km uchishi uchun, uning dvigateli 13-14 ming ot kuchiga ega bo'lishi kerak. Shunday kuchga ega bo'lgan porshenli dvigatel mas-90-rasm. sasi bir necha ming tonna bo'lar edi. Uning o'lchamlari juda katta bo'lib, samolyotga sig'magan bo'lar edi. Shunday quvvatli turboreaktiv dvigatel porshenli dvigateldan 3-4 marta kichik bo'ladi. Turboreaktiv samolyot qancha katta balandlikda uchsa, dvigatel shuncha yaxshi ishlaydi. Porshenli dvigatelda esa, aksincha.

Yuqorida ko'rib o'tilgan ichki yonuv dvigateli, dizel dvigateli hamda reaktiv dvigatellarida yonish mahsulotlari atmosferaga chiqariladi. Yonish mahsulotlari tarkibida esa zaharli gazlar juda ko'p bo'lganligidan atrof havoni ifloslantiradi. Havodan zaharli moddalar (ayniqsa, qo'rg'oshin birikmalari) o'simliklarga o'tib, ularni ham iste'molga yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Shu sababli atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida avtomobillardan chiqayotgan gazlar tarkibida zaharli moddalarning bo'lish chegarasi belgilab qo'yilgan. Yaxshi sozlangan dvigateldan chiqayotgan gaz (tutun) tarkibi belgilangan me'yorda bo'ladi. Ularni avtomobilni texnik qarovdan o'tkazish va nazorat davrida maxsus xodimlar tekshirib turishadi.


IV-bosqich.

Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.



1. Reaktiv dvigatelning harakati nimaga asoslangan?

2. Kundalik turmushdan reaktiv harakatga misollar keltiring.

3. Miltiq o'qining otilishi qanday harakatga asoslangan?

Amaliy topshiriq

Suv bosimi katta bo'lgan vodoprovod kraniga 20-30 sm uzunlikdagi rezina shlangni ulang. Shlang uchiga F shaklidagi metall yoki plastmassa quvur kiydiring. Suvni ochib, uning ko'p va kam miqdorlari uchun shlangning vertikaldan og'ishini tax-minan belgilang (92-rasm). Hodisani tushun-tiring.



V-bosqich.

Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.



Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish

O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.

Baholarni e’lon qilish.


VI-bosqich.

Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.



Mavzuni o’qib kelish va rasm chizish

O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________


Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil

«Tasdiqlayman»

Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________

«_________»_______________2016 yil



( sana)


DARS ISHLANMASI

Sana: « » _________________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B

Fan nomi: Fizika
MAVZU: Yorug'likning tabbiy va sun`iy manbalari
Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad:

― yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari haqida ma'lumotlar berish;



yorug'lik nuri va yorug'likni qabul qilgichlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga texnika xavfsizligi haqida tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi maqsad:savol-javob .
Dars turi: malaka va ko’nikmalarni shakllantiruvchi darsi.

Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.

Darsda foydaniladigan jihozlar: 1. Fizika darsligi.

2. Elektr lampochkasi, sham, ko'zgular, lyuminessent lampa, quyosh nuridan ishlaydigan kalkulyator, fotosurat, oftobda qoraygan gazmol yoki gazeta parchasi.
DARSNING BORISHI:


Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

I-bosqich.

Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut



Darsni tashkiliy qismida:

sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,

o’quvchilar davomati. sinf xonasining tozaligi.

Yangi mavzu kirish suhbati bilan boshlanadi. Unda umuman yorug'lik nuri, ko'rish, yorug'lik ta'sirlari haqida umumiy ma'lumotlar berilib, bobda o'rganiladigan yo'nalish ochiladi.

Mavzuga tajriba namoyishlar sifatida cho'g'lanma elektr lampochkasi, lyuminessent lampa, sham, quyosh nuridan energiya olib ishlaydigan kalkulyator ishlatib ko'rsatiladi. Lampochkadan chiqqan yoki derazadan tushgan yorug'likni ko'zgudan qaytarib, devor yoki doska yoritiladi. Quyosh nuri ta'sirini ko'rsatish uchun fotosurat, plyonka, oftobda qoraygan gazmol ko'rsatiladi.

Shundan so'ng darslikda rasmlari keltirilgan jadvaldan yorug'likning tabiiy va sun'iy manbalari tushuntiriladi hamda yorug'likni qabul qilgichlari o'rgatiladi.




II-bosqich.

O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut



1. Reaktiv dvigatelning harakati nimaga asoslangan?

2. Kundalik turmushdan reaktiv harakatga misollar keltiring.

3. Miltiq o'qining otilishi qanday harakatga asoslangan?




III-bosqich.

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.



YORUG'LIKNING TABIIY VA SUN'IY MANBALARI

 

 



Asosiy tushuncha va atamalar:

yorug'likning tabiiy manbai, yorug'likning sun'iy manbai;

yorug'lik nuri;

― yorug'likni qabul qilgichlar.



Yangi mavzu bayoni:

O’zlaridan yorug'lik chiqaradigan jismlar yorug'lik manbalari deb ataladi. Masalan, Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkasi, yonib turgan sham, gulxan alangasi va h.k. Ayrim jismlar o'zlaridan yorug'lik chiqarmasa-da, boshqa manbadan chiqib, o'ziga tushgan yorug'likni qaytaradi. Masalan, Oy, ko’zgular.

Ayrim hashoratlar, baliqlar ham o'zlaridan nur chiqaradi. Yorug'lik manbalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va sun'iy manbalar.



Quyosh, yulduzlar, chaqmoq, shimol yog'dusi, yaltiroq qo'ng'izlar, ayrim baliqlar, chirindilar yorug'likning tabiiy manbalariga kiradi. Inson aralashuvi bilan hosil qilinadigan yorug'lik manbalariga sun'iy manbalar deyiladi. Ularga elektr lampochkasi, gulxan alangasi, kerosin lampasi, televizor ekrani, elektr va gaz payvandi, lyuminessent lampalar, qizigan gazlar va h.k. lar kiradi. Yorug'lik manbalaridan chiqadigan nur turli rangga ega bo'ladi. Jismlarning yorug'lik chiqarishining asosiy sababi uning qizishidir. Jism temperaturasining yuqori yoki past bo'lishiga qarab, undan chiqayotgan nur rangi ham o'zgaradi. Masalan: elektr lampochkasidan belgilangan tok o'tmasa, u qizarib yonadi va xonani yaxshi yoritmaydi.

Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan jismlar yorug’likni qabul qilgichlar deyiladi. Inson ko'zi shu vazifani bajaradi. Fotoplyonkalar, fotosurat, videokamera, Quyosh batareyalari, televizor va magnitofonlarni boshqaruvchi pultlar shular jumlasidandir. O'simliklarda Quyosh nurlari ta'sirida murakkab jarayonlar boradi va Yerdagi hayot uchun muhim bo'lgan kislorod ajraladi va oqsillar, yog' hosil bo'ladi.

Yorug`likning tabiiy manbalari



Yorug`likning sun’iy manbalari



Yorug`likni qabul qilgichlar






IV-bosqich.

Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.



Darsni mustahkamlash uchun quyidagi savollar o'rtaga tashlanishi mumkin.
1. Quyoshli kunda qorong'ilashtirilgan xonaga deraza orqali tushayotgan yorug'lik dastalarining ko'rinishini qanday tushuntirish mumkin?

2. Shu xonaga tushayotgan nurlarning ko'zga ko'rinmasligiga qanday erishish mumkin?


V-bosqich.

Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.



Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish

O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.

Baholarni e’lon qilish.


VI-bosqich.

Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.



Darslikdan 43-mavzuni o'qib kelish.

Mavzuni o’qib kelish va rasm chizish



Download 2,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 2,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars ishlanmasi sana: 2016 yil. Sinf 6-A,6-b fan nomi: Fizika Mavzu: mexanizmlardan foydalanishda ishlarning tengligi masala yechish darsning maqsadlari

Download 2,78 Mb.