Xulosa.
Richak muvozanatda bo’lishi uchun kuch yelkalari teng bo’lishi kerak.
IV-bosqich.
Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __4___minut.
|
Nazariy savol.
Richaglar turmish va texnikada ishlatilishiga misollar keltiring.
|
V-bosqich.
Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.
|
Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish
O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.
Baholarni e’lon qilish.
|
VI-bosqich.
Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.
|
Takrorlash.
|
O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________
Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil
«Tasdiqlayman»
Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________
«_________»_______________2016 yil
( sana)
DARS ISHLANMASI
Sana: « » _________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B
Fan nomi: Fizika
Mavzu: Issiqlikni hosil qiluvchi manвalar. Issiqlikni qabul qilish
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad:
― issiqlik manbalari va iste'molchilari haqida o'quvchilarga ma'lumot berish;
― issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi to'g'risida tushuncha hosil qilish..
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga issiqlikdan foydalanish haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: mashqni bajarish.
Dars turi: aralash darsi.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.
Darsda foydaniladigan jihozlar: 1. Fizika darsligi. 2. Tajriba-namoyish uchun kerak bo'ladigan jihozlar: jun material, metall tangalar, plakatlar.
DARSNING BORISHI:
Dars bosqichlari
|
Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri
|
I-bosqich.
Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut
|
Darsni tashkiliy qismida:
sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,
o’quvchilar davomati.
sinf xonasining tozaligi.
|
II-bosqich.
O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut
|
Darsning borishi:
Kirish suhbatida issiqlikning inson hayotida eng muhim o'rin tutishi ko'rsatib beriladi. Bunda o'quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olib, televizorda ko'rgan multfilmlari, qadimgi dunyo tarixi darslarida eshitgan olov haqidagi afsonalari eslatilib, insonning yashash uchun tabiatda olib borgan kurashlari qiziqarli holda o'tkaziladi. Darslikda ulardan ayrimlari keltirilgan. "Olovni bo'ysundirish" nafaqat qadimgi davrda, balki hozirgi zamonning eng baquvvat texnikasida ham asosiy harakatlantiravchi kuch ekanligi ko'rsatib beriladi. Masalan: Kosmik uchiruvchi raketa, qit'alararo raketa, barcha kemalar, avtomobillar, traktorlar, poyezdlar vа h.k Shunga ko'ra issiqlik hodisalarini o'rganish, u bilan bog'liq mashinalarni ishlatish, sozlash va takomillashtirishda kerak bo'lishi uqtiriladi. Undan keyingi mavzu "issiqlikni hosil qiluvchi va qabul qiluvchilar"ga o'tish bir tekisda boradi. Yerdagi issiqlikning asosiy manbai — Quyoshdir. Avtomobil dvigatelida yonib turgan benzinning ham asosi Quyosh ekanligi tushuntirib o’tiladi. Bu bilan birga issiqlikni faqatgina nimanidir yondirish orqali emas, balki ish bajarib ham hosil qilish mumkinligi isbotlab ko'rsatiladi. Bunda tangani jun materialga ishqalaganda isiganligi namoyish qilinadi. Bu bilan ishning energiyaga, energiyaning ishga aylanishi tushunchasi hosil qilinishiga zamin yaratiladi.
|
III-bosqich.
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.
|
Mavzu: ISSIQLIKNI HOSIL QILUVCHI MANВALAR.
ISSIQLIKNI QABUL QILISH
Asosiy tushuncha va atamalar:
― issiqlik energiyasi; potensial va kinetik energiya;
― ish bajarish;
― energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi;
― zarrachalar harakati.
Yangi mavzu bayoni:
Sizga ma'lumki, issiqlik o'tin, ko'mir, gaz, neft mahsulotlarini yoqishdan hosil qilinadi. Lekin issiqlikning asosiy manbai – Quyoshdir. Yer yuzasiga kelib tushayotgan Quyosh nurlari uni isitadi, undan issiqlik atmosferaning quyi qatlamlariga o'tadi va havo isiydi. Ko'mir, gaz va neft ham Yerga ko'p asrlar davomida tushgan Quyosh nurlari energiyasi mahsulidir. Hattoki, foydalaniladigan shamol energiyasi ham Quyosh tufayli bo'ladi. Issiqlik manbalari ikki turga bo'linadi:
1 - Tabiiy manbalar.
2 - Sun`iy manbalar.
Tabiiy manbalar deb, tabiatda azaldan mavjud bo'lgan va o'z-o'zidan issiqlik chiqaradigan manbalarga aytiladi. Ularga Quyosh, yulduzlar misol bo'la oladi.
Sun`iy manbalar deb, inson qo'li bilan yaratilgan barcha issiqlik manbalariga aytiladi. Ularga olov, lampa, isitkich misol bo'ladi.
Xo'sh, issiqlik deganda nimani tushunamiz? Dastlabki davrlarda issiqlikni ham qandaydir modda deb qarashgan. Masalan, gaz yonganda undan issiqlik chiqib suvga o'tadi. Natijada endi issiqlik suvda bo'ladi. Keyin qaynagan suvni gazdan olib qo'ysak, undan issiqlik chiqib havoga o'tadi va h.k. Shunga ko'ra uni o'lchash uchun alohida «issiqlik miqdori» degan fizik kattalik kiritilgan. Shunday tajriba o'tkazaylik. Qish kunida ikkita muz parchasini qalin qo'lqop bilan ushlab (qo'lingizning issig'i muzga o'tmasligi uchun), ularni bir-biriga ishqalab ko'raylik. Shunda muzlar erib suv tomchilay boshlaydi. Muzni eritish uchun unga issiqlik nimadan berildi? Qadimda odamlar ikkita yog'ochni ishqalab olovni hosil qilganlar. Simni ham bir joyidan bir necha marta tez-tez buklansa, o'sha joyi qizib ketadi. Og'ir bolg'ani ko'tarib metall bo'lagiga bir necha marta urilsa, metall ham isiydi. Bularning barchasida mexanik energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Shunga o'xshash ishqalangan barcha jismlarning qizishini Siz turmushda uchratgansiz. Ular haqida eslab ko'ring. Mana shunday tajribalar, issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi haqidagi xulosaga olib keldi. Unda biz biladigan potensial va kinetik energiyadan qaysi biri issiqlik energiyasiga mos keladi? Yoki bir vaqtda ikkalasi hammi? Ma'lumki, moddalar mayda zarrachalardan tashkil topgan va ular to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, agar modda isitilsa, zarrachalar harakati tezlashadi. Bundan issiqlik bu moddani tashkil etgan zarrachalarning kinetik energiyasidir, degan mantiqiy xulosaga kelamiz.
Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini ifodalovchi kattalik temperatura deb ataladi.
Muzni eritish jarayonida kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, erish paytida uning temperaturasi o'zgarmaydi. Demak, bu paytda unga berilgan issiqlik muz tuzilishi (strukturasi)ni buzishga ketadi. Modda issiqligini qisman molekulalar orasidagi potensial energiya ham belgilar ekan . Shunday qilib, issiqlik ham energiyaning bir turi hisoblanadi. U boshqa energiyalar kabi bir turdan ikkinchi turga aylanishi mumkin. Issiqlik miqdori ham energiya va bajarilgan ish kabi Joullarda o'lchanadi!
|
IV-bosqich.
Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.
|
Darsni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
1. Og’zi berk probirka issiq suvga tushirildi. Probirka ichidagi havo molekulalarining kinetik va potensial energiyasi o'zgardimi?
2. Pichoqni charxlaganda qiziydi. Olovga tutilgan pichoq qiziydi. Pichoqlarning qizish sababi bir xilmi? va h.k.
|
V-bosqich.
Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.
|
Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish
O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.
Baholarni e’lon qilish.
|
VI-bosqich.
Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.
|
Uyga lopshiriq.
Darslikdan mavzuni o'rganish va savollariga javob tayyorlash.
|
O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________
Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil
«Tasdiqlayman»
Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________
«_________»_______________2016 yil
( sana)
DARS ISHLANMASI
Sana: « » _________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B
Fan nomi: Fizika
Mavzu: Jismlarning issiqlikdan kengayishi.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga jismlarning issiqlikdan kengayishi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga issiqlikdan foydalanish haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:8-mashqni bajarish.
Dars turi: Yangi naterialni o’rganitish darsi.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.
Darsda foydaniladigan jihozlar: Darslik, dinamoment, yuklar.Elektron darslik, multimediya, ekran.
DARSNING BORISHI:
Dars bosqichlari
|
Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri
|
I-bosqich.
Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut
|
Darsni tashkiliy qismida:
sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,
o’quvchilar davomati.
sinf xonasining tozaligi.
|
II-bosqich.
O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut
|
O’quvchilardan o’tilgan mavzuni so’rash.
1. Nima uchun arqondan yoki yog'och ustundan ushlab pastga sirg'anib tushganda qo'l qiziydi?
2. Nima sababdan avtomobil keskin tormozlanganda g'ildiraklarining rezinasidan kuygan hid keladi?
3. Og'zi berk idish issiq suvga tushirildi. Idish ichidagi havo molekulalarining potensial va kinetik energiyalari o'zgaradimi?
4. Siz o'qigan qaysi kitobda yoki ko'rgan kinoda odamlar sun'iy ravishda olov hosil qilishgan? Qanday usul bilan olinganligini gapirib bering.
|
III-bosqich.
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.
|
34-MAVZU
JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
7-mavzuda Siz qizdirilgan metall shaming kengayib, halqadan o'ta olmagan-ligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani o'rganish uchun shunday tajriba o'tkazaylik (73-rasm). Uchta probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog', uchinchisiga sut quyaylik. Probirkalar og'ziga o'rtasida naychasi bor tiqin o'rnataylik. Probirkalarni suvli idishga 73-rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, tagidan issiqlik beraylik. Suv isigan sari asta-sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko'tarila boshlaydi. Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan. Bunda suyuqliklarning naychadan ko'tarilish balandligi turlicha bo'lganligidan, ularning kengayishi ham turlicha bo'ladi. Gazlarning issiqlikdan kengayishini o'rganish uchun bir kolbani olib, uning ham og'ziga naychasi bor tiqin o'rnataylik (74-rasm). Naycha uchini suvga tiqib, kolbani ushlagan holda ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha uchidan suvga havo pufakchalari chiqa boshlaganini ko'ramiz. Bunga sabab, kolba qo'l harorati tufayli ichidagi havosi bilan birga isiydi. Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida chiqib ketadi. Kolba bo'g'zini shtativga o'rnatib shu holda qoldirilsa, birozdan so'ng naychadan suv yuqoriga ko'tarilganligini ko'rish mumkin. Sababi, sovuganda kolbadagi havo siqiladi.
Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi mavzuda aytilgan molekular harakatdir. Moddalarning bu xossasidan turmush va texnikada keng foydala-niladi. Temir yo'l relslarini o'rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o'rnatiladi. Elektr o'tkazuvchi simlarni ustunlarga yoz kunida biroz osiltirib
o'rnatiladi. Qishda torayish evaziga uzilib ketmasligi uchun shunday qilinadi. Shisha stakanlarga issiq suvni birdaniga quyib bo'lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. Tash-qarisi esa kengayib ulgurmaydi. Shu sababli stakan sinib ketadi.
1. Bimetall plastina. 75-rasmda bir-biriga parchinlab mahkamlangan ikkita - mis va temir plastina kelBu plastinada mis va temir issiqlikdan turlicha kengayadi. Bunday plastina qizdirilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga egiladi. Plastinani juda yuqori temperaturagacha yoki past temperaturagacha sovitilsa nima bo'ladi? Bu haqda o'ylab ko'ring.
Uning ba'zi bir qo'llanilishlari haqida 75 to'xtalib o'taylik. Uyda ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, sovutkich ma'lum bir vaqt ishlaganidan so'ng to'xtaganini, dazmol ham qiziganidan so'ng qizil chirog'i o'chganligini ko'ramiz. Chunki unda bimetall plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor. Uning ishlash prinsipi 76-rasmda ko'rsatilgan.
2. Suvning issiqlikdan kengayishi haqida. Suv bilan o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, sovitilish jarayonida dastlab uning hajmi kamayib boradi. Temperatura 4°C (uy termometri bilan o'lchanadi, bu haqda keyingi mavzuda batafsil aytiladi)ga borganda kamayish to'xtaydi. Sovitish davom ettirilsa, endi uning hajmi, aksincha orta boradi. Bu jarayon suv muzlagunga qadar davom etadi. Demak, suv 4°C da eng katta zichlikka ega bo'lar ekan. Shu hodisaga ko'ra, ko'llarda qish paytida suvning ustki qismi muzlaydi. Ko'l tubida esa 4°C li suv bo'ladi. Agar suv sovishi natijasida bir xilda muzga aylanguncha hajmi kamayib kelganda edi, ko'ldagi yoki suv omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha muzga aylanar edi. Unda bu paytda hayot ham to'xtab qolar edi.
|
IV-bosqich.
Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.
|
1.Qalin devorli stakan yupqa devorli stakanga nisbatan issiq suv quyilganda tezroq sinadi. Nima uchun?
2. Suyuqlik va gazlarning issiqlikdan kengayishidan qayerlarda foydalanish mumkin?
3. Benzinni litrlarda o'lchab sotiladi. Uni kunning qaysi vaqtida olish foydali?
|
V-bosqich.
Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.
|
Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish
O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.
Baholarni e’lon qilish.
|
VI-bosqich.
Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.
|
33-§ mavzusini o’qib kelish va 8-mashqni bajarish
|
O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________
Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil
«Tasdiqlayman»
Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________
«_________»_______________2016 yil
( sana)
DARS ISHLANMASI
Sana: « » _________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B
Fan nomi: Fizika
Mavzu: Qattiq jism, suyuqlik va gazlarda issiqlik uzatilishi. Issiqlik o’tkazuvchanlik.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga qattiq jism, suyuqlik va gazlarda issiqlik uzatilishi. issiqlik
o’tkazuvchanlik haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga issiqlikdan foydalanish haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:mashqni bajarish.
Dars turi: Aralash darsi.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.
Darsda foydaniladigan jihozlar: Darslik, dinamoment, yuklar.Shtativ, sham, kosacha,plastina, mis, temir.
DARSNING BORISHI:
Dars bosqichlari
|
Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri
|
I-bosqich.
Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut
|
Darsni tashkiliy qismida:
sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,
o’quvchilar davomati.
sinf xonasining tozaligi.
|
II-bosqich.
O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut
|
O’quvchilardan o’tilgan mavzuni so’rash.
1.Qalin devorli stakan yupqa devorli stakanga nisbatan issiq suv quyilganda tezroq sinadi. Nima uchun?
2. Suyuqlik va gazlarning issiqlikdan kengayishidan qayerlarda foydalanish mumkin?
3. Benzinni litrlarda o'lchab sotiladi. Uni kunning qaysi vaqtida olish foydali?
|
III-bosqich.
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.
|
QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARDA ISSIQLIK UZATILISHI. ISSIQLIK O'TKAZUVCHANLIK. KONVEKSIYA
Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o'ta olishini hamma biladi. Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga tarqaladi. Stakanga quyilgan choyga qoshiqcha solib qo'ysangiz, qoshiqcha isib qoladi. Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga yetib keladi. Xo'sh, issiqlik qanday uzatiladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz, issiqlik uzatilishi undagi molekulalar harakati bilan bog'liq, degan xulosaga keltiradi. E'tibor bergan bo'lsangiz, tutun ba'zan yuqoriga ko'tariladi, ba'zan yoyilib tarqaydi. Havoda ba'zan bulutlar ancha muddat o'zgarishsiz tursa, ba'zan shiddat bilan harakatga tushib qoladi. Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka yonidagi havo qiziganda u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi ta'sirida u yuqoriga ko'tariladi. Uning o'rniga zichligi katta sovuq havo oqib keladi. Natijada isitilganligi turlicha bo'lgan havo qatlamlari orasida oqim vujudga keladi. Bu hodisaga konveksiya (lotincha- olib kelish) deyiladi. Konveksiyani quyidagi tajribada oson kuzatish mumkin (77-rasm). Konveksiya faqat gazlarda emas, balki suyuqliklarda ham bo'ladi. Idish tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga ko'tariladi. Suyuqliklarda konveksiyani namoyish qilib ko'rsatadigan tajribani o'ylab toping.
Qattiq jismlarda zarrachalar bir joydan ikkinchisiga ko'chmaydi. Ular faqat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-biriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali bir-biriga uzatadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga issiqlik o'tkazuvchanlik deyiladi.
Turli moddalarning issiqlik o'tkazuvchanligi turlicha. Buni quyidagi tajribada ko'rish mumkin (78-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda mis, temir, aluminiy, plastmassadan yasalgan bo'laklarni mahkamlaylik. Bo'laklar uchiga gugurt cho'plarini shamga o'xshab oson eriydigan modda bilan yopishtiraylik. Bo'laklar mahkamlangan o'rtadagi diskni sekin qizdiraylik.
Issiqlik o'tkazuvchanligining katta-kichikligiga qarab gugurtlar birin-ketin tushib ketganligini ko'ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi tartibda tushishini ayting.
Modda
|
Issiqlik o'tkazuvchanlik W/(m-K)
|
Modda
|
Issiqlik o'tkazuvchanlik W/(m-K)
|
Aluminiy
Mis
|
209 395
|
Gisht (qizil) Beton
|
0,77
0,11-2,33
|
Po'lat
Temir
|
50
73
|
Qog'oz
Suv
|
0,140
0,600
|
Kumush Qo'rg'oshin
|
418
35
|
Havo
Paxta
|
0,025
0,042
|
Suyuqliklarning issiqlikni qanday o'tkazishini o'rga-nish uchun quyidagicha tajriba o'tkazaylik. Uzun pro-birka olib, uning tagiga muz bo'laklarini solaylik. Usti-dan metall sharcha bilan bostirib qo'yaylik. Sharcha ustidan suv quyib, rasmda ko'rsatilgan holatda yuqori qismidan qizdiraylik. Suv isib bug'lana, so'ngra yuqori qismi qaynay boshlasa-da, probirka tagidagi muz erimasdan turadi (79-rasm). Sababi haqida o'ylab ko'ring.
Havo ham suyuqlik kabi issiqlikni yomon o'tkazadi. Yonib turgan gugurt yoki qizigan pechka yaqiniga qo'limizni yaqin tutib, kuydirmasdan tura olamiz.
|
IV-bosqich.
Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.
|
Savollar:
1. Uy derazalariga «fortochka»lar nima sababdan yuqori qismiga qo'yiladi?
2. Qanday holatlarda jismlardan bir vaqtda ham issiqlik o'tkazuvchanlik, ham nurlanish orqali issiqlik uzatiladi?
3. Nima sababdan yonib turgan gugurt cho'pini ushlab turganingizda qo'lingiz kuymaydi?
4. Jadvalga qarab qaysi uyda yozda salqinroq, qishda issiqroq bo'lishini ayting. G'ishtdan qurilgan uydami yoki betondan?
|
V-bosqich.
Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.
|
Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish
O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.
Baholarni e’lon qilish.
|
VI-bosqich.
Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.
|
Mavzusini o’qib kelish.
Amaliy topshiriq
Uyingizni isitilish chizmasini chizing. Uning qanchalik to'g'ri bajaril-ganligini o'rganib ko'ring
|
O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________
Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil
«Tasdiqlayman»
Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________
«_________»_______________2016 yil
( sana)
DARS ISHLANMASI
Sana: « » _________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B
Fan nomi: Fizika
Mavzu: Nurlanish.Turmushda va texnikada issiqlik uzatishdan foydalanish
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga ― nurlanish, issiqlik uzatilishining bir turi sifatida ekanligini tushuntirish;
― issiqlik uzatilishi hodisasidan turmushda va texnikada foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga issiqlikdan foydalanish haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:savollarga javob berish.
Dars turi: yangi materialni o’rganuvchi darsi.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.
Darsda foydaniladigan jihozlar: 1.Fizika darsligi.2. Plakatlar.3. Doska, bo'r.
DARSNING BORISHI:
Dars bosqichlari
|
Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri
|
I-bosqich.
Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut
|
Darsni tashkiliy qismida:
sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,
o’quvchilar davomati.
sinf xonasining tozaligi.
Darsning borishi:
Bu mavzu oldingi mavzuning uzviy davomi bo'lganligidan o’tilganlarni takrorlashga alohida e'tibor berish kerak. Buning uchun qisqa javobli savollar tashlanib, kop o’quvchilardan og’zaki javoblar olinishiga erishiladi. Lekin savollarga "ha" yoki "yo'q" deb javob berilmagani ma'qul.
|
II-bosqich.
O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut
|
O’quvchilardan o’tilgan mavzuni so’rash.
Savol namunalari:
1. Nima uchun qizdirilgan detallar suvga tushirilsa, havoga qaraganda tezroq sovuydi?
2. Kumush va chinni piyollalarga choy quyildi. Qaysi birida choy tez soviydi?
3. Qishda odamning oyog'i katta poyabzal kiysa sovqatadimi yoki kichik poyabzal kiysami?
4. Qora tuproqli yer Quyosh nurlarida yaxshi qiziydimi yoki oqish kul rang tuproqmi?
|
III-bosqich.
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.
|
NURLANISH. TURMUSHDA VA TEXNIKADA ISSIQLIK UZATILISHIDAN FOYDALANISH
Asosiy tushuncha va atamalar:
― nurlanish; konveksiya; issiqlik o'tkazuvchanlik;
― vakuum, termos, radiator.
Shundan so'ng nurlanish orqali issiqlik uzatish tushuntiriladi. O'quvchilar issiqlik uzatish bilan bog'liq ko’pgina asbob yoki qurilmalar bilan kundalik turmushda tanishganlar. Shu sababli yangi mavzuni guruhlarda "o'zaro bir-birini o'qitish usuli" bilan o'rganish mumkin. Bir guruhga xonadonlarni isitishda ishlatiladigan qozon ("kotyol")ni, ikklnchisiga xonadagi konvetsiyani, uchinchisiga termosni va boshqa issiqlik uzatuvchi qurilmalarni o'rganish va o'rgatish topshiriladi.
Darsda issiqlik almashinish jarayonining inson organizmiga ham katta ta'siri aytilmog'i kerak. Bunda "qaysi holda issiqroq bo'ladi, uchta ko'ylak kiygandami yoki uch qavatli ko'ylak kiygandami?" kabi savollar o'quvchilarning qiziqishini orttiradi.
Yangi mavzu bayoni:
Shunday qilib, konveksiya ham, issiqlik o'tkazuvchanlik ham zarrachalar harakati bilan amalga oshiriladi. Unda Yerdagi energiyaning asosiy sababchisi bo'lgan Quyoshdan issiqlik Yerga qanday uzatiladi? Axir, Yer va Quyosh orasida zarrachalar deyarli yo'q bo'lgan muhit – vakuum mavjudku! Bu holatda issiqlik nurlanish orqali uzatiladi. Nurlanish qizigan jismlarning o`zidan nur chiqarish hodisasi. Ulardan ba'zilari ko'zga ko`rinadi, ba'zilari ko`rinmaydi. Nur o`zi bilan energiya olib chiqadi. Jismlar va moddalar nurni yutishi natijasida qiziydi.
Issiqlik energiyasini issiqlikni yomon o'tkazadigan muhitda tarqalishiga nurlanish deyiladi.
Issiqlikni yomon o'tkazadigan muhit deb vakuum yoki turli xil gazli muhitlarga aytiladi.
Quyoshdan kelayotgan yorug'lik oqimi o'zi bilan birga issiqlik energiyasini ham olib keladi. Cho'g'lanma elektr lampochkasi ham yorug'lik bilan birga issiqlikni nurlantiradi. Lampochka ichida havo bo'lmasa-da, lampochkadan nurlangan issiqlikni kaftimiz bilan sezishimiz mumkin. Nurlanish orqali olingan energiya isitiluvchi yuza rangiga bog'liq. Qishda qor ustiga bir xil materialdan qilingan bir xil yuzali, biri oq, ikkinchisi qora rangga bo'yalgan mato yoyib qo'yilsa, qora mato tagida qor ko'proq eriganligini ko'ramiz. Demak, yuzaga tushgan nurlanish energiyasi unga yutilishi yoki undan qaytishi mumkin ekan. Deraza oynalari Quyoshdan keluvchi nurlanishni yaxshi o'tkazadi, lekin uydagi radiatordan chiqqan issiqlikni yomon o'tkazadi. Issiqxona («teplitsa»)lardagi oynali devor va shiplarning vazifasi sizga endi tushunarli bo'lsa kerak!
Konveksiya, issiqlik o'tkazuvchanlik va nurlanish hodisalaridan turmushda va texnikada keng foydalaniladi. 1-rasmda uylarni qaynagan suv bilan isitish sistemasida qo'llaniladigan «qozon»ning ichki tuzilishi keltirilgan. Unda hosil bo'ladigan konveksiyani tushuntirishga harakat qiling. 2-rasmda radiator vositasida isitiladigan xonaning qirqimi ko'rsatilgan. Xonada borayotgan jarayon haqida tushuntirish bering. Nima sababdan radiatorlar deraza tagiga o'rnatiladi? 3-rasmda suyuqliklarni solingan temperaturasida saqlaydigan idish – termos keltirilgan. Unda metall qobiq ichida ikki qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan. Shisha devorlar oralig'i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi yupqa kumush bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda uzoq vaqt saqlanadi. Issiqlik uzatishning uchta turi bo'yicha issiqlik tarqalib ketmasligining sababini tushuntirib ko'ring.
|
2-rasm
|
|
|
3-rasm
|
|
Demak, zaruriyatga qarab issiqlikni yaxshi o'tkazish zarur bo'lsa, konveksiyani tezlashtirish choralari hamda issiqlikni yaxshi o'tkazadigan materiallardan foydalanish kerak ekan. Uyda ovqat pishirish va choy qaynatish uchun ishlatiladigan qozon va chovgumlarni issiqlikni yaxshi o'tkazuvchi materiallardan yasaladi. Lekin qaynagan choyni uzoqroq issiq holatda ushlab turish uchun chinni choynakka damlagan ma'qul bo'ladi. Choyni stakanda ichsak, og'iz kuyib qoladi. Lekin chinni piyolada ichsangiz kuymaydi. Nima sababdan?
Nurlanish energiyasidan foydalanishda ham materiallarga va uning rangiga e'tibor beriladi. Yozda issiqlik nurlarini yaxshi qaytaradigan oq rangdagi liboslar kiyilsa, qishda to'q rangdagilari kiyiladi.
|
IV-bosqich.
Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.
|
AMALIY TOPSHIRIQ
1. Qalin qog'oz olib undan quticha yasang. Unga suv to'ldirib birozdan so'ng elektr plitkasiga qo'ying. Undagi suv isishi va hatto qaynashi mumkin. Lekin qog'oz quticha kuymaydi. Sababini tushuntiring.
2. Massasi va o'lchamlari kattaroq bo'lgan temir bo'lagiga qog'oz parchasini yopishtirib olovga tuting. Qog'oz bilan nima hodisa ro'y berishini kuzating va sababini tushuntiring.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1. Xonada vakuum hosil qilinsa, uni qanday usul bilan isitish mumkin?
2. Issiq xonada muzni mo'ynaga o'rab qo'yilsa, uning erishi tezlashadimi?
|
V-bosqich.
Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.
|
Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish
O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.
Baholarni e’lon qilish.
|
VI-bosqich.
Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.
|
Mavzusini o’qib kelish.
Uyga topshiriq.
36-mavzuni darslikdan o’qish va savollarga javoblar topish.
|
O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________
Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil
«Tasdiqlayman»
Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________
«_________»_______________2016 yil
( sana)
DARS ISHLANMASI
Sana: « » _________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B
Fan nomi: Fizika
Mavzu: ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga issiqlik hodisalari haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga Forobiy, Beruniy va Ibn Sino fikrlari i haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:8-mashqni bajarish.
Dars turi: malaka va ko’nikmalarni shakllantiruvchi darsi.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.
Darsda foydaniladigan jihozlar: Darslik, ED. Kompyuter.Multimediya, ekran
DARSNING BORISHI:
Dars bosqichlari
|
Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri
|
I-bosqich.
Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut
|
Darsni tashkiliy qismida:
sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,
o’quvchilar davomati.
sinf xonasining tozaligi.
|
II-bosqich.
O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut
|
1. Uy derazalariga «fortochka»lar nima sababdan yuqori qismiga qo'yiladi?
2. Qanday holatlarda jismlardan bir vaqtda ham issiqlik o'tkazuvchanlik, ham nurlanish orqali issiqlik uzatiladi?
3. Nima sababdan yonib turgan gugurt cho'pini ushlab turganingizda qo'lingiz kuymaydi?
4. Jadvalga qarab qaysi uyda yozda salqinroq, qishda issiqroq bo'lishini ayting. G'ishtdan qurilgan uydami yoki betondan?
|
III-bosqich.
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.
|
37-MAVZU ISSIQLIK HODISALARI HAQIDA FOROBIY, BERUNIY VA IBN SINO FIKRLARI
Issiqlik hodisalarining tabiati haqida buyuk allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Beruniy va Ibn Sino o'z asarlarida tushuntirish berib ketganlar. Jumladan, Forobiyning fikricha, bar qanday jismning temperaturasi yuqori yoki past bo'lishi shu jismni tashkil etgan zarrachalarning harakatlariga bog'liqdir. Ibn Sino ham Forobiy kabi konveksiya hodisasini quyidagicha tushuntiradi: qizigan jismlar hajmlarining kengayishi natijasida zichliklari kamayib, yuqoriga intiladi (Arximed kuchi tufayli demoqchi). Sovugan vaqtda esa hajmi kichrayib, zichligi ortishi hisobiga pastga intiladi.
Abu Nasr Forobiy (873-950) Sirdaryo bo'yidagi qadimgi O'tror (Forob) shahri yaqinida tug'ilgan. Forobiy fanning juda ko'p sohalarida ijod qilgan. Unga qadar fizika alohida fan sifatida qaralmasdan, tabiiy fanlar tarkibida bo'lgan. Fizikada modda tuzilishi, issiqlik, harakat, tovush, optikaga doir ishlarni bajargan.
Jismlarning issiqlikdan kengayishi, sovuqlikdan torayishida suvning alohida xususiyatga ega ekanligiga Beruniy e'tibor bergan. Bu borada Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savolini keltiramiz. «Agar jismlar issiqlik sababli ken-gaysa, sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishi uning ichidagi narsalarning kengayishi sababidan bo'lsa-yu, nima uchun ichida suv muzlab qolgan idish yoriladi, sinadi? Nima uchun muz suv yuzida bo'ladi, holbuki muz sovuqlik sababli qotgani uchun Yer tabiatiga (qattiq jismga) yaqinroq edi-ku?» Ibn Sino Beruniyning bu savoliga: «Suv muzlagan vaqtda suvda havo bo'laklari qamalib qolib, muzni suv tubiga cho'kishdan saqlab qoladi», - deb javob qaytaradi. Beruniy Ibn Sinoning javoblariga e'tiroz bildirib: «Agar ko'za ichki tomoniga qarab singanda edi, u holda aytilganlar to'g'ri bo'lur edi. Men idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman», deydi. Ibn Sino o'z javoblaridagi noaniqliklarni keyinchalik «Qurozayi tabbiyot» nomli asarida to'ldirib tuzatadi.
Oldingi mavzuda biz issiqlikning nurlanish tufayli ham uzatilishini, uni qabul qilish yuzaga va uning rangiga bog'liqligini aytib o'tdik. Nurlanish tufayli linadigan energiya, yuzaga nur tik yoki qiya holda tushganligiga bog'liq. Shunga ko'ra Beruniy va Ibn Sino Yerda iqlimlar o'zgarishi Quyosh nurining Yerga tushish qiyaligi o'zgarishidandir, deb to'g'ri tushuntiradilar.
Ibn Sinoning fikricha, tabiatda issiqlik hamda sovuqlikning tabiiy va sun'iy manbalari bor. «Issiqlikning tashqi sababi uchtadir: Birinchisi, issiq jismning sovuq jismga yaqinligi. Masalan, o't-olov suvni isitadi. Ikkinchisi, harakat va ishqalanish. Masalan, suvni chayqasang isiydi, toshni toshga ishqalasang isiydi, olov chiqadi. Uchinchisi, yoritilgan bar qanday jism yoritilmaganga nisbatan issiqroqdir» deydi. Bunda issiqlikning nurlanish yo'li bilan tarqalishi haqida fikr yuritiladi.
Allomalarimiz, shuningdek, issiqlik tufayli suv bug'lari yuqoriga ko'tarilishi, bulutlarga aylanib, ulardan past temperaturalarda qor, yomg'ir, do'l paydo bo'lishi haqida yozib qoldirganlar.
|
IV-bosqich.
Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.
|
1. Siz Beruniyning savoliga qanday javob bergan bo'lar edingiz?
2. Qaysi holda yoyilgan kir tez quriydi: oftob nuri tik tushgandami yoki qiya tushgandami?
3. Suvni idishida uzoq vaqt aylantirib, qanchagacha qizdirsa bo'ladi? Urinib ko'ring!
Bolalar o'yinchoq tarelkasini olib past olovga qo'ying. Yetarli darajada qiziganda unga yarim choy qoshiq suv quying. Suv shu zahoti bug'-lanib ketishi o'rniga, yumaloq shaklda dumalab ketadi va tarelkaning chuqurroq qismida turib qoladi. Sababi nimada? Sababi shundaki, tushgan suv va qizigan tarelka orasida bug' hosil bo'lib, shu bug'ning o'zi issiqlikni o'tkazmaydigan qatlamni hosil qiladi. Bu hodisani qizigan dazmolni to'nkarib, unga suv sachratib kuzatish ham mumkin.