|
Dars ishlanmasi sana: 2016 yil. Sinf 6-A,6-b fan nomi: Fizika Mavzu: mexanizmlardan foydalanishda ishlarning tengligi masala yechish darsning maqsadlari
|
bet | 5/15 | Sana | 01.01.2020 | Hajmi | 2,78 Mb. | | #7847 |
O‘qituvchining ismi, sharifi _______________________
Dars ishlanma yozilgan sana «_____» ___________. 2016 yil
«Tasdiqlayman»
Yangiyer shahar 5-sonli umumuy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: _______________
«_________»_______________2016 yil
( sana)
DARS ISHLANMASI
Sana: « » _________ 2016 yil. Sinf 6-A,6-B
Fan nomi: Fizika
Mavzu: TEMPERATURA. TERMOMETRLAR. JISMNING TEMPERATURASINI O'LCHASH
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga temperatura, termometrlar , jismning temperaturasini o'lchash haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga Forobiy, Beruniy va Ibn Sino fikrlari i haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:mashqni bajarish.
Dars turi: yangi materialni o’rganish darsi.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Aqliy hujum.
Darsda foydaniladigan jihozlar: Darslik, ED. Kompyuter.Multimediya, ekran
DARSNING BORISHI:
Dars bosqichlari
|
Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri
|
I-bosqich.
Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti _2_minut
|
Darsni tashkiliy qismida:
sinf xonasini yangi mavzuga tayyorlash,
o’quvchilar davomati.
sinf xonasining tozaligi.
|
II-bosqich.
O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti __10__minut
|
1. Siz Beruniyning savoliga qanday javob bergan bo'lar edingiz?
2. Qaysi holda yoyilgan kir tez quriydi: oftob nuri tik tushgandami yoki qiya tushgandami?
3. Suvni idishida uzoq vaqt aylantirib, qanchagacha qizdirsa bo'ladi? Urinib ko'ring!
Bolalar o'yinchoq tarelkasini olib past olovga qo'ying. Yetarli darajada qiziganda unga yarim choy qoshiq suv quying. Suv shu zahoti bug'-lanib ketishi o'rniga, yumaloq shaklda dumalab ketadi va tarelkaning chuqurroq qismida turib qoladi. Sababi nimada? Sababi shundaki, tushgan suv va qizigan tarelka orasida bug' hosil bo'lib, shu bug'ning o'zi issiqlikni o'tkazmaydigan qatlamni hosil qiladi. Bu hodisani qizigan dazmolni to'nkarib, unga suv sachratib kuzatish ham mumkin.
|
III-bosqich.
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti __20___minut.
|
TEMPERATURA. TERMOMETRLAR. JISMNING TEMPERATURASINI O'LCHASH
Oldingi mavzularda xona isidi, jism sovudi kabi iboralarni ishlatdik. Ularda, biz o'z sezgilarimizga tayangan holda, shu xulosalarni bergan edik. Lekin bizning sezgilarimiz bar doim ham to'g'ri xulosa chiqarishimizga imkoniyat beradimi? Buni tekshirish uchun stol ustiga uchta stakan qo'yaylik. Birida issiq, ikkinchisida iliq, uchinchisida sovuq suv bo'lsin. Dastlab, chap qo'limizdagi barmoqlardan birini sovuq suvga, o'ng qo'limizdagi barmoqlardan birini issiq suvga biroz muddat solib turaylik. So'ngra ikkala barmoqni iliq suvli stakanga solaylik. Shunda chap barmog'imizga suv issiq, o'ng qo'limizdagi barmog'imizga suv sovuq bo'lib tuyuladi. Faqatgina maxsus o'lchov asbobi ixtiro qilingandan so'nggina temperaturani obyektiv aniqlash mumkin bo'ldi. Temperaturani o'lchaydigan asbobga termometr deyiladi. Uning ixtirochisi Galiley hisoblanadi. Sizning salomatligingizni vrach tekshirganda temperaturangizni o'lchagan termometrni ko'rgansiz. Albatta, hozirgi termometr Galiley ixtiro qilgan termometr (termoskop)dan farq qiladi. Termometrlarda moddalarning issiqlikdan kengayishi xossasidan foydalaniladi. Galiley termometrida havoning kengayishidan foydalanilgan edi (83-rasm). Keyinchalik fransiyalik olim Rey 1631-yilda suvli termometrni yasaydi. Hozirgi kunda ishlatiladigan termometrlarda asosan simob va spirt ishlatiladi. Ulardan biri rasmda keltirilgan (84-rasm). Isitilganda naychadagi modda kengayib, yuqoriga ko'tariladi, sovuganda torayib, pastga tushadi. Bu termometrlarning ko'rsatishi
graduslarda bo'ladi. Shved olimi A.Selsiy (1701-1744) temperaturani o'lchashda hisob boshi bo'lgan 0 (nol) uchun eriyotgan muz temperaturasini oladi (85-a rasm). Normal atmosfera bosimida qaynayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul qilinadi (85-6 rasm). Ular oralig'ini 100 bo'lakka bo'lib, bir bo'lagini 1°C deb qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini o'lchash uchun termometrni o'lchanayotgan muhitda biror muddat ushlab turish kerak. Shunda termometrdagi suyuqlik temperaturasi muhit temperaturasiga tenglashadi. Idishdagi suvning temperaturasini termometrni suvdan chiqarmasdan ko'rish kerak. Aks holda, termometr suvdan olinishi bilanoq uning ko'rsatishi o'zgarib ketadi.
Bemorning temperaturasini o'lchaydigan tibbiyot termometri bunday kamchilikdan xoli. Vrach termometrni bemordan olib, bemalol ko'rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ketmaydi. Bunga erishish uchun termometr naychasining quyi qismi ingichka qilib yasaladi. Bunda isigan simob ustuni bemalol ko'tarilsa-da, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi. Termometr ko'rsatishi aniqlab olingandan so'ng, uni silkitiladi. Shunda yuqori qismida qolgan simob bo'lagi pastga tushib qo'shiladi. Tibbiyot termometrining o'lchash chegarasi 35 dan 42°C gacha bo'ladi. Normal sog'lom odamning temperaturasi ~36,6°C bo'ladi. Tana temperaturasining bundan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy hayvonlari - qo'y, sigir, ot, quyon-larning temperaturasi 38-40°C, qushlarniki 41-42°C atrofida bo'ladi.
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88°C temperatura qayd etilgan (1960-y. ilmiy stansiyada). Sun'iy ravishda esa minus 273, 149°C maxsus laboratoriyalarda hosil qilingan. Hisob-kitoblarga qaraganda temperaturaning quyi chegarasi minus 273,15°C ga teng. Uy sharoitida biz qanday temperaturalar bilan ish ko'ramiz? Suv 100°C da qaynaydi. Uni qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500-1800°C ga boradi. Cho'g'lanma elektr lampochkasidagi temperatura 2500°C atrofida bo'ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg'i hosil qilgan temperatura ~1700°C bo'lsa, elektr payvandlashda 7000°C gacha boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.
|
IV-bosqich.
Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti __8___minut.
|
1. Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan yuqori bo'lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperaturasini qanday o'lchash mumkin?
2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko'rsatishining aniqlik darajasi qanday o'zgaradi?
3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvdami yoki issiq suvdami?
|
V-bosqich.
Darsga yakun yasash , baholash metodlari va ajratilgan vaqti __3___minut.
|
Aqliy hujum metodi, savol-javob o’tkazish
O‘quvchilarni 5 balli reyting tizimida baholash.
Baholarni e’lon qilish.
|
VI-bosqich.
Uyga vazifa berish va ajratilgan vaqti ___2__minut.
|
Mavzusini o’qib kelish.
Amaliy topshiriq
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dars ishlanmasi sana: 2016 yil. Sinf 6-A,6-b fan nomi: Fizika Mavzu: mexanizmlardan foydalanishda ishlarning tengligi masala yechish darsning maqsadlari
|