45-MAVZU QUYOSH VA OY TUTILISHI
Tabiatda soya va yarim soya hosil bo'lishini katta masshtabda Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma'lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o'zining tabiiy yo'ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, 26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofida 27 sutka 7 scat 43 minutda bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyosh oralig'iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to'sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro'y beradi (96-rasm).
Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to'la to'silib qolganligidan, u yerda qorong'ilik bo'ladi. Bu joyda Quyoshning to'la tutilishi kuzatiladi. Yerning B sohasida esa yarim soya bo'ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro'y beradi. Yerda Quyoshning to'la tutilishi kuzatilgan joylarida to'la qorong'ilik bo'lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko'rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to'xtaganligidan shamollar paydo bo'ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta'sir etib vahimaga tushishgan.
Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig'iga Yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro'y beradi (97-rasm). Oy o'zidan yorug'lik chiqarmaydi. U faqat Quyoshdan tushgan yorug'likni qaytaradi. Oyga tushayotgan Quyosh nurini
Yer to'sib qolganda Yerning / soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo'lmaganda edi, Oy tutilishi davrida u ko'rin-r\ may qolar edi. Yer atmosferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg'ish disk shaklida ko'ramiz.
Oy tutilishi sababi ma'lum bo'lmagan davrda odamlarda qo'rqinch paydo bo'lgan. Uni tushuntirish uchun turli rivo-97-rasm. yat va afsonalar to'qishgan.
Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini ancha oldin, qayerda, qachon va qanday ko'rinishda bo'lishi aytib beriladi. Shunga ko'ra olimlar bu hodisani o'rganish uchun tayyorgarlik ko'rishadi. Quyosh to'la tutilganda, boshqa vaqtda ko'rinmaydigan «Quyosh toji» ni kuzatish mumkin.
Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli kun va tun almashinadi. Oy ham o'z o'qi atrofida aylanadi. Oyning kunduzgi yorug' tushib turgan qismi bizga ko'rinib, yorug' tushmagan qismi ko'rinmaydi. Uni Oy tutilishi bilan adash-tirmaslik kerak.
Amaliy topshiriq
10 yoki 5 so'mlik tangani olib, u orqali Quyoshga qarang. Agar tangani ko'zingizga juda yaqin qo'ysangiz, Quyosh to'la yopiladi. Asta-sekin tangani ko'zingizdan uzoqlashtira boshlasangiz Quyoshning o'rtasi berkilib, chetki qismi halqa shaklida ko'rinadi. Tajribani o'tkazishda tim qora ko'zoynak taqib oling!
|