Iqtisodiy bilim asoslari fanidan




Download 4,78 Mb.
bet3/66
Sana24.03.2017
Hajmi4,78 Mb.
#1621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66

Iqtisodiy bilim asoslari fanidanO’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari”

mavzusidan ilg’or pedtexnologiya bo’yicha tayyorlangan dars ishlanmasining Texnologik xaritasi

Darsning mavzusi

O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.


Maqsad vazifalari

1.O’quvchilarga O’zbekistonning milliy, o’ziga xoc xususiyatlarini o’zida aks etgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili haqida tushuncha berish.

2. O’quvchilarda Bozor iqtisodiyotiga o’tish islohotlari haqidai bilim, ko’nikmalarni shakllantirish.



O’quv jarayonining mazmuni



Prezident Islom Karimov ishlab chiqqan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili – Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Davlat – bosh islohatchi.Qonunlar va ularga rioya qilishning ustuvorligi.Faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.



Metod: “Guruhlar bilan ishlash”,Tushuncha tahlili” uslubi. Aqliy hujum. Og’zaki bayon qilish.

Forma: Kichik guruhlarda ishlash. Yakka tartibda ishlash.

Vosita: Tarqatma materiallar. Tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka) slayd.

Usul: Yozma materiallar;

Nazorat: Og’zaki nazorat, yozma javoblar.

Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

1.O’quvchilarni bilimi, faolligini oshirish.

2.O’quvchilarni darsga qiziqishi ortadi.

3. Mustaqil va jamoa bo’lib, ishlashga o’rganadi.

4.O’z- o’zini nazorat qilishga o’rganadi.



Kelgusi rejalar (tahlili., o’zgarishlar).



O’quvchi

O’z ustida mustaqil ishlash. Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish. Pedagogik mahoratini yanada oshirish.

O’qituvchi.

Mustaqil ishlashni o’rganadi.

Qo’shimcha materiallar topadi.


Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"

8-sinf ( 27 – dars).



Mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.

Dars maqsadi: O’quvchilarga O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili va bozor islohatlari mazmunini mohiyatini va hozirgi kundagi ahamiyatini tushuntirish.

Vazifalari:

O’zbekistonda olib borilayotgan bozor islohotlarini bilish va baholay olish;

o’quvchilarda mustaqil mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga ishonch, mehnatsevarlik xususiyatlari ni shakllantirish.

Dars jarayonida egallashlari lozim bo`lgan asosiy atamalar:

Bozor iqtisodiyoti, o’zbek modelining besh tamoili, bozor islohatlari.



Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vosutalar;

Vositalar; darslik, Prezident I.A.Karimov ishlab chiqqan bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili aks etgan slaydlar.(1-ilova).

Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga bank, plastic kartochka, tadbirkor, fabrika,bozor rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.

Darsning turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollanilgan metodlar; Guruhlar bilan ishlash, Tushuncha tahlili ko’rsatish, suhbat; aqliy hujum

Ragbat kartochkalari

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash;

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruhda ishlash - 6 daqiqa

b) taqdimot - 15 daqiqa

c) umumlashtirish - 4 daqiqa

25 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism;

O’quvchilar sinfga kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi



II. O’tilgan mavzu haqida suhbatlashish.

1. Bozor iqtisodiyoti deb nimaga aytiladi?

Javobi; (Bozor iqtisodiyoti sharoitida “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “Qanday ishlab chiqarish kerak?”,”Kim uchun ishlab chiqarish kerak?”-degan savollarga, asosan, bozor javob beradi. Shu bois, bu tizimni bozor iqtisodiyoti deb ataladi.)

2.Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari nechta turga bo’linadi? Javobi; (1.Erkin iqtisodiy faoliyat. 2. Xususiy mulkchilik. 3. Erkin narxlar. 4. Iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo’lgan intilish.5. Monopoliyani rad etish.

6. Raqobat).

3.Raqobat deganda nimani tushunasiz. Javobi; (bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti monopoliyani rad etadi. Chunki monopoliya bor joyda erkin iqtisodiy faoliyat va raqobat bo’lmaydi.)

4. Aralash iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz. Javob: (Aralash iiqtisodiyot jamiyat a’zolarining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilishga, ommaviy farovonlikni ta’minlashga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda kechayotgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni deganda, biz xuddi shu sifatlarga ega bo’lgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ya’ni aralash iqtisodiyotga o’tishni tushunamiz.)

. Sizlar bilan bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari, bozor iqtisodiyotining noqobilligi haqida bilimlarimizni eslab oldek.

III. Yangi mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari

Mavzuning bayon qilish rejasi:

1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3)Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.

Yangi mavzuni o`rganish guruxlardagi o’quvchilar tomonidan mavzuni mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga: 1).O`zbek modulining asosiy tamoillari

2). Bozor islohatlari

3).Mamlakatimizda amalga oshirilgan o`zgarishlar

4).Mamlakatimiz iqtisodoyotida kichik biznesning roli.

5).Bozor munosabatlarining asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining ahamiyati.

Mavzular yozilgan kartochkalar har bir guruxlarga tarqatiladi. Taqdimot tinglanadi yakun yasaladi

Guruxlarga quyidagi topshiriqlar beriladi ya’ni 2010 yil 13 noyabrda chop etilgan “Ma’rifat” gazetasi tarqatiladi: Gazetada O’zbekiston Respublikasi Prezindenti I.

Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Karimovning ”Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.

1.Ma’ruzani o’qib chiqing.

2.Ma’ruzani bir- biringizga so’zlab bering.

3. Ma’ruzadagi tayanch so’zlarni ajrating.

4. Sinfda taqdimot qilish tayorgarligi, gurux ishi uchun (6 daqiqa) vaqt ajratiladi.

Curuxlarning ishlash jarayonini o’quvchilarning ishtiroki kuzatib boriladi va kerak bo’lgan joylarga ko’rsatmalar beriladi.

. Curuxlarning taqdimoti. (5 daqiqa).

Curuxlarning taqdimot qilish jarayonida o’quvchilar tinglaydilar va savol berishi aytiladi.

O’qituvchi tomonidan mavzular umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilinadi.



IV. Mustahkamlash.Otilgan yangi mavzu bo`yicha bilimlarni mustahkamlash:

  • Bozor iqtisodiyotiga o`tishning nechta tamoili bor?

  • “Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi ‘ tamoil ma’nosini tushuntirib bering

  • Ddavlat bosh islohatchi deganda nimani tushunasiz?

  • Qonunlarning ustuvorligi tamoili mazmunini tushuntirig.

  • Kuchli ijtimoiy siyosat deganda nimani tushunasiz?

  • Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish tamoilini tushuntirib bering.

Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar


Bozor iqtisodiyotiga o`tish tamoillari
Jadvallarni to`ldiring.


















O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha qo’yidagi jadvalni to’ldirish topshiriladi.


Bilardim

Bilib oldim

Ya’na bilishni istayman.










V. O’quvchilar bilimini baholash.

Topshiriqlarning to’g’ri javoblari doskaga ilib qo’yilib, o’quvchilar nechta topshiriqni to’g’ri bajarganlarini so’rash va ularning dars jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda baho e’lon qilinadi.

. VI. Uyga vazifa:

Bilimingizni sinab ko`ring bandidagi savollarga javob toppish

O`zbekistonning 2014 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari to`g`risida ma’ruza tayyorlash.

Foydalanish uchun matnlar..

Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya’ni 1991 yilda 2000 yilgacha bo’lgan davrda ulkan o’zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e’tiborimiz markazlashtirilgan ma’muriy – buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit yaratishga qaratildi.

Shu borada qabul qilingan o’ta muhim qonun va normativ hujjatlar qatorida Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risidagi”gi qonunlarni qayd etish mumkin.

Islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinliginining kafolatlari to’g’risida”, “Xususiy korxona to’g’risida”, “Valyutani tartibga solish to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirildi.



O’ZBEKISTON BOZOR IQTISODIYOTI SARI

O’zbek modelining asoslari

1991-yil respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, sobiq ittifoq istibdodidan xalos bo’ldi. Endi xalqimiz oldida mustqillik poydevorini mustahkamlash , hur ve erkin fuqarolik jamiyatini qurishdek o’ta ma’sulyatli vazifa turar edi. Bu vazifani bajarishning birdan bir yo’li bu bozor iqtisodiyotiga o’tish edi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekistonning milliy , o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o’tishning beshta tamoyili asos qilib olindi.

Bu tamoyillarning asosiy mohiyati Prazidentimiz I.A.Karimovning “ O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida “ kitobida ochib berilgan:

1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.Bu tamoyiliga ko’ra ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan xoli qilinadi. Qoloq iqtisodiyotning siyosiy mustaqillikka tayanch bo’la olmasligidan kelib, chiqib, iqtisodiyot siyosatdan ustun qo’yiladi.

2. Davlat- bosh islohotchi.Bu tamoyilga ko’ra davlat butun xalq manfaatlaridan kelib chiqib, islohot jarayonlarining tashabbuskori bo’ladi va ularni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.

3. Qonunlar va ularga rioya qilishning ustuvorligi.Bu tamoyilga ko’ra islohot jarayonalri tartibli, sinalgan va amaliy kuchga ega bo’lgan qonunlar asosida ularga so’zsiz rioya qilish bilan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotining qonunchilikka tayanishi demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konsitutsiya va qonunlar oldida barchaning baravarligi, qonunlarga rioya etish hamma uchun ham qarz, ham farz ekanligini bildiradi.

4.Faol ijtimoiy siyosat yuritish.Bu tamoyilga ko’ra bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida jamiyatda ijtimoiy- siyosiya barqarorlik ta’minlanadi. Aholining turmush darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy himoya chora-tadbirlari ko’riladi.

5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.Bu tamoyilga ko’ ra bozor iqtisodiyotiga o’tish islohotlari shoshilmasdan, har tomonlama puxta o’ylangan holda , bosqichma- bosqich iqtisodiy , siyosiy larzalarsiz amalgam oshiriladi.

4

Bozor islohotlari

Ushbu tamoyillardan kelib chiqib, respublikamizda shu o’tgan qisqa vaqt ichida olamshumul o’zgarishlar amalgam oshirildi. Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot asoslari yaratildi. Bunga misol qilib mulkchilik, qishloq xo’jaligi, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy aloqalar va ijtimoiy sohadagi amalga oshirilgan islohotlarni keltirish mumkin.



Mulkchilikni isloh qillishi sohasida davlat mulki hisoblanmish zavod va fabrikalar , maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari , uy-joylar va boshqa davlat mulklari xususiylashtirilib, jamoa yoki xususiy mulkka aylantirildi..

Qishloq xojaligidagi islohotlar odamlarga yerdan bepul foydalanish huquqining berilishi, shaxsiy tomorqalar uchun yer maydonlarining kengaytirilishi , fermer va dehqon xo’jalilarining tuzilishi bilan amalga oshirilmoqda.

Moliya-kredit sohasidagi islohotlar respublikamiz o’z valyutasini muomalaga kiritishi , qator tijorat banklarining ochilishi , qimmatbaho qog’ozlar bozorining tashkil qilinishi , yangicha soliq tizimining yaratilishi kabi qator bozor talabiga javob beruvchi moliya tizimini yaratish yordamida amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy aloqalardagi islohotlar respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari erkinlashtirishga qaratilgan . Ko’plab xorijiy davlatlar bila qo’shma korxonalar tashkil qilinmoqda . Respublikamizning boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq qilish imkoniyatlari kengaymoqda.

Ijtimoiy sohadagi islohotlar o’tish davrida vujudga keladigan turli noxush holatlardan aholini himoya qilishga qaratilgan Narx-navoning oshishiga mos ravishda maosh, stipendiya, pensiya va turli xil nafaqa pullari miqdori oshirib borilmoqda.

Iqtisodiy bilim asoslari “Tadbirkorliki” mavzusi buyicha dars ishlanmasi

ning texnologik xaritasi.

1-Mavzu

Tadbirkorlik. 9-sinf


Maqsad, vazifalar

Maqsad:

  1. ta’limiy: tadbirkorlik va uning xususiyatlari, tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli, tadbirkorlik faoliyati turlari to’g’risiida tuhuncha berish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarni mehnatga qiziqishlarini orttirib borish, iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.

c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O’quv jarayonining mazmuni

Dars jarayonida faollahtiruvchi savol va tophiriqlardan foydalaniladi, tadbirkorlik va uning xususiyatlari, tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli, tadbirkorlik faoliyati turlari, mavzuga doir masalalar yoritiladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi: Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Metod: guruhda o’qitish, tushunchalar tahlili

Vosita: tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska, test kartochkalari

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizimda baholash


Kutiladigan natijalar

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqishi uyg’onadi, barcha o’quvchilar baholanadi, o’quvchi tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va javob berishga o’rganadi

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.



Mavzu: Tadbirkorlik

1.Dars maqsadi :

  • tadbirkorlik haqida tushunchaga ega bo’lish va uning xususiyatlarini sanay olish ;

  • tadbirkorlikning bozor iqtisodiyotidagi rolini anglash ;

  • biznes rejaning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyatini tushunib yetish.

  • Tadbirkorlik faoliyati turlarina ayta olish

  • Iqtisodiy faoliyatning tadbirkorlikka xos turlarini bilish ;

  • har bir tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va kamchiliklarini sanash;

II.Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar:

  • tadbirkorlik

  • biznes reja

  • ishlab chiqarish

  • tijorat;

  • moliyaviy tadbirkorlik;

  • vositachilik;

  • sug’urta;

III.Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari :Ko`rsatmalar, topshiriqli varaqlar 9- sinf darsligi

IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Yangi mavzuni boshlashga xozirlik

5 daqiqa

3.

Yangi mavzuni yoritish:

a) bahs-munozara

b) mustaqil ishlash;

d) tahlil qilish;

e) xulosa

2-daqiqa


8- daqiqa

5- daqiqa

5- daqiqa


4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

5-daqiqa

5.

Darsga yakun yasash va baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa

3 daqiqa

V. Darsning tafsilotlari:

1.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib davomat tekshiriladi.



II.Yangi mavzuni boshlashga xozirlik.

Dars tadbirkorlikka ta’rif berish bilan boshlanadi:

Tadbirkorlik deganda,kishilarning foyda olish maqsadida,tavakkalchilik asosida,o’z mablag’I,mulki,bilimi va imkoniyatlarini ishga solib tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati tushuniladi.

III. Yangi mavzuni yoritish.

Tadbirkorlikni ishbilarmonlik yoki biznes,deb ham atashadi.Bunday faoliyat bilan shug’ullanuvchilarni ishbilarmonlar,tadbirkorlar yoki biznesmenlar ham deb atashadi.So’ng o’quvchilar e’tibori darslikdagi rasmga qaratiladi.Rasmda berilgan tadbirkorlikka xos fazilatlar bilan tanishtiriladi va o’quvchilarga quyidagi savol beriladi:



Rasmdagi bo’sh kataklarga tadbirkorlikka xos yana qanday fazilatlarni yozgan bo’lar edingiz?Nega?

O’quvchilarga o’ylash va bo’sh kataklarni to’ldirish uchun vaqt ajratiladi,so’ng fikrlari tinglanadi.



Download 4,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 4,78 Mb.