• 4. Zinama-zina.
  • 5. Topag’on metodi.
  • Yangi mavzu: Ish va energiya haqida tushuncha
  • Mexanik ish deb biror-bir jismni kuch tasirida malum bir masofaga kochirishga aytiladi
  • Dars mashg'uloti texnalogiyasi




    Download 165,68 Kb.
    bet4/6
    Sana21.12.2023
    Hajmi165,68 Kb.
    #126205
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Ish va energiya haqida tushuncha
    Tabiiy birik.laboratoriya, 212021, 1-2. Намуна Объективка.lotincha doc, 10- тема Электрон педагогика, 14 Obrazlarni anglashning asosiy masalasi (1), 212 bxa Bekchanova Zaynab Misr statistikasi, Chrome OT, Chrome OT, Сектор, Pog‘onali arxitektura tushunchasi, pog‘onali arxitektura protoko, strategiya, Axborot texnologiya faning maqsad va vazifalari
    3. Tezkor test
    1-guruh.
    1. H2O suv molekulasida nechta atom bor?
    a)1ta b)2ta c)3ta
    2. Modda xossasi saqlanib qolinadigan eng kicik zarrachaga .................. deyiladi.
    a)molekula b)zarra c)atom
    3. 1 millisekundni sekundda ifodalang?
    a)0.01s b)0.001s c)0.000001s
    2-guruh.
    1.Tezlikning o’lchov birligini ayting?
    a)m/sb)m/s c)m*s
    2.Moddaning hajm birligiga to’g’ri kelgan
    Massasiga ……….. deb ataladi.
    a)massa b)hajm c)zichlik .
    3.Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o’zgarishiga sabab bo’ladigan kattalik .............deb ataladi.
    a)zichlik b)massa c)kuch
    3-guruh.
    1.Kuchni o’lchaydigan asbob nomi?
    a)tarozi b)dinomometr c) spidometr
    2.Hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar
    Orasidagi miqdoriy bog’lanishdan iborat
    bo’lgan ifodaga .............deyiladi.
    a)fizik qonun b)kuzatish c)fizik hodisalar.
    3.Fizik qonunlarni harbiy texnikada keng kulamda qo’llagan fizik olim kim?
    4. Zinama-zina.
    Har bir guruhga oq qog’oz beriladi.Guruh a’zolari raqamlangan bo’lib,har biriga alohida qog’ozga yozilgan savol beriladi.Har bir o’quvchi o’z raqamining to’g’risiga savolining javobini yozadi.Savolga javob bermagan o’quvchining raqami bo’sh qoladi. Vaqt tugagach javoblar yig’ib olinadi.Natijalar doskada yuqoridan pastga qarqab yopishtiriladi. Javoblar varaqasining joylashuviga qarab guruhlar o’z o’rnini(yoki balini)aniqlab oladilar.
    5. Topag’on metodi.
    O’qituvci har bir guruhga alohida-alohida fizik asbob beradi.Bunda har bir guruh a’zolari asbobning nomi ,vazifasi,qo’llanilishi,turlari haqida ma’lumot beradilar.Ma’lumotlar soni hisoblanib,eng yuqori ball to’plagan guruh g’olib hisoblanadi.

    Yangi mavzu: Ish va energiya haqida tushuncha
    Tabiatda mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik, yadro, kimyoviy va boshqa
    turdagi energiyalar mavjud. Bu energiyalar bir-biriga aylanib turadi.
    Masalan, mexanik energiya issiqlik energiyasiga, elektr energiya mexanik
    energiyaga aylanishi mumkin. Bunda energiya turi jihatdan bir-biridan farq
    qilsa-da, miqdor jihatdan saqlanadi, ya’ni energiya bordan yo‘q bo‘lmaydi,
    yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Shu sababli tabiatdagi turli hodisa va jarayonlar
    energiya orqali bir-biriga bog‘langan. Ushbu bobda jismning mexanik
    harakatida bajarilgan ish, kinetik va potensial energiya, bu energiyalarning
    bir-biriga aylanishi, to‘liq mexanik energiyaning saqlanishi va quvvatni
    o‘rganamiz.
    Ertalab turib siz maktabga otlansangiz, ota-onangiz «ish»ga boradi. Maktabdan qaytib kelib, ota-onangizga uy-ro'zg'or «ish»larida qarashasiz. Xo'sh, «ish» deganda nimani tushunamiz o'zi? Kundalik turmushda «ish qilish» deganda, biz «mehnat qilishni» ko'zda tutamiz. Fizikada esa «ish» tushunchasi «mehnat» bilan hamma vaqt mos kelavermaydi. Mexanik ish deb biror-bir jismni kuch ta'sirida ma'lum bir masofaga ko'chirishga aytiladi . Mexanik ishni harfi bilan belgilaymiz. U holda ishni hisoblash formulasi

    Kundalik hayotimizda ish deganda ishchi,


    muhandis, olimlarning foydali mehnatini tushunamiz.
    Lekin olimning qancha ish qilganligini
    o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun fizikada
    faqat o‘lchab bo‘ladigan kattalik – mexanik ish
    o‘rganiladi. Arava unga ulangan otning tortish kuchi ta’sirida ma’lum masofaga
    yurdi.
    Og‘zi tiqin bilan berkitilgan suvli shisha idish qizdirilganida uning ichidagi
    bosim kuchining oshishi natijasida tiqin otilib chiqib, ma’lum masofaga
    borib tushadi, ya’ni mexanik ish bajariladi.
    Kuch ta’sirida jismning tezligi kamaygan hollarda (masalan, ishqalanish
    kuchi) ham ish bajariladi. Agar bor kuchimiz bilan shkafni surishga
    harakat qilsak, u esa qo‘zgalmay joyida turaversa, hech qanday mexanik
    ish bajarilmaydi. Jism o‘z inersiyasi bilan doimiy tezlikda harakatlanayot-
    F F
    s F kuch ta’sirida
    jismning s masofaga ko‘chishi
    148
    Saqlanish qonunlari
    gan va unga kuch ta’sir etmayotgan bo‘lsa, u hech qanday mexanik ish
    bajarmaydi.
    Demak, mexanik ish bajarilishi uchun jismga kuch ta’sir etishi lozim
    va bu kuch ta’sirida jism ma’lum masofaga siljishi kerak. Masalan, tekis
    sirtda turgan jismga F kuch ta’sir etganda, u shu kuch yo‘nalishida to‘g‘ri
    chiziq bo‘ylab s masofaga ko‘chsin. Bunda A mexanik ish bajariladi
    A = F . s. (1)

    Download 165,68 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 165,68 Kb.