|
Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning me’yoriy hujjatlari. Ishdan maqsad
|
bet | 2/2 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 34,93 Kb. | | #255514 |
Bog'liq labaratoriya ishi 4 J.JEkskursiya. Ekskursiya ta’lim va tarbiya ishlarining shunday turidirki, bu usul bilan o’rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, jamoa va fermer xo’jaliklari, tabiatni kuzatish) ga yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko’rgazma va h-zolarga) tashkiliy ravishda boriladi.
Ekskursiya usuli asosan o’qituvchi yoki ekskursiya o’tkazishga mas’ul bo’lgan shaxsning kuzatilayotgan ob’ektni bayon qilishi, tushuntirish orqali olib boriladi. O’quvchilar ekskursiya davomida ob’ekt ustidagi ma’lumotlarni eshitish yoki kuzatish bilangina chegaralanib qolmay, zarur materiallarni yozib oladilar, rasmini chizadilar, o’lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.
Ekskursiya davomida o’quvchilar turlicha savollar tuzishi va shuning asosida suhbat o’tkazishi, ob’ekt ustida tegishli xulosalar chiqarmog’i lozim. Ekskursiya oxirida, albatta, yakunlovchi dars o’tkaziladi va unda o’quvchilar tomonidan tayyorlangan materialdan foydalaniladi. O’quvchilar ekskursiya davomida olgan taasurotlari haqida o’zaro fikrlashadilar.O’qituvchi mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, xulosa chiqaradi va mashg’ulotni yakunlaydi.
Konferenstiya. Ta’lim jarayonining bu tashkiliy shakli o’qituvchi va talabalardan maksimal darajadagi hamkorlikni talab etadi. O’qitishning bunday shaklidan doim foydalanilmaydi, biroq iqtidorli talabalarni tanlash, ularda ilmiy izlanishga qiziqishni orttirish, o’ziga bo’lgan ishonchni
Amaliy mashg’ulotlar orttirish, kasbiy tafakkur, shaxsiy fikr, e’tiqodlarni shakllantirish, jamoada o’z fikri, pozistiyasini to’g’ri himoya qilishga o’rgatish maqsadida bu tadbirni amalga oshirishi foydadan xoli emas. Chunki to’g’ri tashkil qilingan konferenstiyalar yuqori qayd qilingan xususiyatlarning shakllanishiga asos soladi.Konferenstiyaga tayyorgarlik va uni o’tkazish jarayoniga asosiy urg’u talabalar mustaqilligini oshirish va ularning o’z ustida ishlashga tayyorgarligini rivojlantirishga qaratiladi. Bu natijaga talabalar o’quv bilish faoliyatining ikki yoqlama maqsadliligi bilan erishiladi:
Turli manbalardan yangi bilimlarni mustaqil topish;
O’quv faoliyatining yangi sharoitlarida bor bilimlarni mustaqil qo’llay olish.
Konferenstiyagi tayyorgarlik mavzuni aniqlash, mavzu bo’yicha savollar tanlashdan boshlanadi. Amaliyotda mavzuiy, xulosalovchi va obzor konferenstiyalar qo’llaniladi.
Konferenstiyada muammoli savollarning erkin, ochiq mushohada qilinishi asosiy mezon hisoblanadi.
Konferenstiya o’zining xususiyatlariga ko’ra seminarga yaqin bo’lib, uni rivojlangan shakli sanaladi, chunki, konferenstiyalarni o’tkazish metodikasi seminarlarni o’tkazish metodikasiga o’xshash bo’lib, faqat referatlar va ma’ruzalar tayyorlanishiga talabalar seminarga qaraganda ancha yuqori. Chunki ularga talabalar ijodiy faoliyati tajribasini qo’llanilishi talab qilinib, shakllantiruvchi vosita sifatida qaralib, topshiriqlarning qiyinlik darajasini ko’tarilishi nazarda tutiladi.
Kasb-hunar kollejlarida konferenstiyalar ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish munosabati bilan ham o’tkaziladi. Bunday konferenstiyalar talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash, ularni ma’naviy jihatdan ilhomlantirish maqsadida tashkil qilinadi. Unda talabalar amaliyot davrida bajariladigan ishlari bilan tanishadilar. Amaliyot jarayonida uchraydigan qiyinchiliqlar haqida bilib oladilar. Talabalarga joylardagi texnika xavfsizligi qoidalari ham tushuntiriladi.
Yakuniy konferenstiyada amaliyot natijalari yakunlanadi. Talabalarning
o’quv ishlab chiqarish faoliyatlari yakunlanadi, eng yaxshi tajribalar tavsifi beriladi. Amaliyotchi talabalar o’z chiqishlarida nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o’zlashtirganliklarini, ishlab chiqarish masalalarini echishga tayyor ekanliklarini, kasbiy fikrlash, voqea va hodisalarini xolisona baholay olishlarini ko’rsata olishlari kerak.
Yakuniy konferenstiyaga quyi kurs talabalarini taklif etish ijobiy samara beradi. Amaliyotchi talabalar ishi bilan tanishish ularda egallayotgan mutaxassisliklariga ijobiy munosabatni tarbiyalab, nazariy predmetlarni o’zlashtirishga stimul uyg’otadi.
O’qituvchilar talabalarning konferenstiyaga chiqishlariga tayyorgarlik ko’rishlarida, ya’ni material tanlash, referat yoki doklad uchun misol va faktlar to’plash, chiqish tizimini aniqlash, namoyish etadigan materialni to’plash va rasmiylashtirishda yaqindan yordam berib, rahbarlik qiladilar.
Xulosa:
Men bu laboratoriya mashg`uloti orqali o`zimga kerakli bo`lgan barcha ma`lumotlarga ega bo`ldim. Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning me’yoriy hujjatlari haqida kerakli malumotlarga ega bo’ldim.
|
| |