Yuqoridagilardan tashqari, konstitusiyaga boshqa ko‘plab normalar
ham qo‘shilgan, jumladan:
●
O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi.
●
Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u
aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
●
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish
chog‘ida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
z
●
Davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-
sharoitlar yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev konstitusiya islohoti haqida 2021 yil 6
noyabr kuni, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishi yuzasidan inaugurasiya
marosimidagi nutqida birinchi marta
aytib o‘tgan
edi. Davlat rahbari o‘sha yili dekabr
oyida, konstitusiya bayrami arafasida xalqqa yo‘llagan tabrigida: “konstitusiyani
yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda yetti marta emas, yetmish
marta o‘ylash” zarurligini
ta’kidlagan edi
. 2022 yil may oyida konstitusiyaviy
komissiya
tuzilib, hujjatni yangilash jarayoni
boshlandi
.
Rasmiylarga ko‘ra, konstitusiya qabul qilingan kun sifatida bundan keyin ham 1992 yil
8 dekabr sanasi e’tirof etiladi, 8 dekabr – bayram sanasi o‘zgarmaydi
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotning barcha sohalarida izchil va
bosqichma-bosqich, uzviy va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng
qamrovli demokratik islohotlarning mustahkam yuridik manbai hamda
asosiy huquqiy kafolatidir. Huquqiy davlatchilik sari intilgan har qanday
demokratik jamiyatda Konstitutsiya ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, Konstitutsiya insoniyatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy
tartibga solish va tashkil etish borasida kashf etgan eng muhim yutuqlaridan
biridir. Konstitutsiya oʻz-oʻzicha, yaʼni alohida, jamiyatdan ajralgan holda
mavjud boʻlishi mumkin emas. Demakki, Konstitutsiyani qotib qolgan
qoidalar yigʻindisi, deb boʻlmaydi. Konstitutsiya dinamik, yaʼni doimiy
harakatdagi, oʻsish va rivojlanish jarayonidagi hujjatdir. U hayot
joʻshqinligi va oʻzgarishlarini oʻzida aks ettiradi. Shu maʼnoda, Harakatlar
strategiyasi yangi Oʻzbekistonning yangi konstitutsiyaviy qiyofasiga asos
boʻlib xizmat qildi va xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. "Universal inson huquqlari" (Universal Declaration of Human Rights)
2. "Civil va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida qonunchilik" (International
Covenant on Civil and Political Rights)
3. "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida qonunchilik"
4. "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi"
|