Avvalgi konstitusiyaning “Ommaviy axborot vositalari” nomli bobi bitta
moddadan iborat edi. Unda shunday deyilgandi: “Ommaviy axborot vositalari
erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun
belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Yangi konstitusiyaga ko‘ra, bu bob ikkita moddadan iborat bo‘ldi:
●
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib
boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini,
ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga
bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot
vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun
javobgardir.
●
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga
to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab
bo‘ladi.
Asosiy yangilik – OAV faoliyatiga to‘sqinlik uchun javobgarlik konstitusiya
darajasida belgilandi. MJtK va
Jinoyat
kodekslariga tegishli javobgarlik
kiritilishi haqida 4-5 yildan beri gapirib kelinadi, lekin ularning barchasi og‘izda
va qog‘ozda qolib ketmoqda.
Endilikda, referendumda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi
qonunchilikni yangi konstitusiyaga moslashtirish dasturini 2 oy muddat ichida
ishlab chiqib, parlamentga kiritishi kerak.