Bu bilan konstitusiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real
voqelikka moslashtirilmoqda. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va
preferensiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki ko‘p holatlarda qonunosti
hujjatlar – qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti.
3.
Barcha noaniqliklar – inson foydasiga
Konstitusiyaning yangi tahririga asosan:
Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan
qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi
.
Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy
hujjatlarda to‘liq kodifikasiya qilib chiqish amalda imkonsiz.
Endilikda, qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga
kelsa, masala inson foydasiga hal etiladi.
Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato-
kamchilik o‘tgan taqdirda, masalan pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan
topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi
kerak.