4. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi mumkin Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi
avvalgi konstitusiyada
quyidagi
ikkita norma bilan tartibga solingan edi:
Insonning konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va
erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni
cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning,
davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur
yetkazmasliklari shart.
Konstitusiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o‘zgarishsiz
saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo‘shildi . Insonning
huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitusiyaviy tuzumni,
aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va
erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini
ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin. Cheklovlar bo‘yicha bu me’yorlar so‘z erkinligi huquqiga ham tegishli. Ya’ni
axborot izlash, olish va tarqatish huquqi faqat konstitusiyaviy tuzumni, aholi
sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini
himoya qilish, jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash, davlat sirlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida cheklanishi mumkin.
Ta’kidlash lozim, “ijtimoiy axloq” tushunchasi O‘zbekiston qonunchiligiga
hozircha kiritilmagan. Mazkur modda bo‘yicha inson huquqlari “jamoat tartibini
ta’minlash maqsadida” cheklanishi bo‘yicha ham vakolatli organning huquqiy
sharhiga zarurat bor.