3.Mavzu: O’zbekistoning yangi tahrirdagi
Kanustutsiyasini asosiy pirimsiplari.
Reja
1.
O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat
2.
Konstitusiya to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi
3 .
Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas
4. Barcha noaniqliklar
– inson foydasiga
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining
yangi tahriri
2023 yil 1 maydan
e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga
ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli
qonun
ning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu
qonunning 1-moddasiga Konstitusiyaning yangi tahriri. Bunga qadar 1992
yildan buyon konstititusiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar
esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi.
Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga,
undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra,
konstitusiya 65 foizga yangilangan.
Quyida Kun.uz nazaridagi eng muhim o‘nta yo‘nalishda ro‘y bergan o‘zgarishlar
hujjatdagi ketma-ketlik bo‘yicha keltirib o‘tiladi.
1.
O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat
Konstitusiyaning
1-moddasidagi
“O‘zbekiston – suveren demokratik
respublika” jumlasi quyidagicha o‘zgartirilmoqda:
●
O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Boshqaruvning respublika shakli – davlat hokimiyatining oliy organlari xalq
tomonidan muayyan muddatga saylanishini anglatadi.
|