|
Mavzu: Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariniBog'liq BahromMavzu: Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini
kafolatlari
.
Reja:
1.
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari
2. Fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan
tanishib chiqish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari
3. Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan Adabiyotlar.
1.Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari
Insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini
taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish
Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR
Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va
qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga
bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi,
millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy
ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan
himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida
tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash
tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish
hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka,
ijt
imoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e.
amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida
yashovchi shaxslar Konsti-
tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro
huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro
meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari
umumjahon deklaratsi-
yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR
qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.
|
| |