Yuqoridagilardan tashqari, konstitutsiyaga boshqa ko‘plab normalar ham
qo‘shilgan, jumladan:
O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi.
Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor
deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Har kim o‘z shaxsiga doir noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida
qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan
ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Davlat internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-
sharoitlar yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev konstitutsiya islohoti haqida 2021
yil 6 noyabr kuni, ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishishi
yuzasidan inauguratsiya marosimidagi nutqida birinchi marta aytib o‘tgan edi.
Davlat rahbari o‘sha yili dekabr oyida, konstitutsiya bayrami arafasida xalqqa
yo‘llagan tabrigida: “konstitutsiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani
hal etishda yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash” zarurligini ta’kidlagan edi.
2022 yil may oyida konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, hujjatni yangilash
jarayoni boshlandi.
Konstitusiyamizning yaratilish tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z
yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga
muvofiqdir.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy
qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning
vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va
erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini
hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat
tili maqomi berilishidir.
“O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan,
kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda
to‘g‘ri aytishadi”. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini
hurmat qiladi”.
“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar
endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo‘yildi:
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va
an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik instituti
ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan
bog‘liq.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam – “Mustaqillik
deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir.
O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990-yil 20-iyunda e’lon qilingan
“Mustaqillik deklaratsiyasi”ning 8-bandida O‘zbekiston “o‘zining taraqqiyot yo‘lini,
o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi”
degan qoida mustahkamlangan.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam – Konstitutsiyaviy
komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam – Birinchi
Prezidentimizning Hindistonga 1991-yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liq.
Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol arafasida vujudga kelgan og‘ir sharoit, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga, turli to‘siqlarga qaramasdan, xalqimiz o‘zining
asriy orzusi – O‘zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligi sari qat’iyat bilan
harakat qilishda davom etdi. O‘sha beorom davrda qabul qilingan Prezident farmoni va
qarorlarida aks etgan muhim huquq va qoidalar keyinchalik Konstitutsiyamizning
asosiy bo‘lim, bob va moddalari sifatida mustahkamlandi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi oltinchi huquqiy qadam – Davlat
mustaqilligining e’lon qilinishidir.
Mamlakatimiz rahbarining 1991-yil 31-avgustda, o‘n ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida
so‘zlagan nutqi, ayniqsa, o‘sha nutqdagi: “Men shu bugundan e’tiboran 1-sentabrni
respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilishni taklif
etaman”, degan otashin so‘zlari Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan manguga
yozilgandir.
Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari
to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Undan bo‘lajak Konstitutsiyaning
o‘zak qoidalarini o‘zida aks ettirgan bir qator muhim moddalar joy oldi. Jumladan,
mazkur Qonunga muvofiq:
“O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat
va ma’muriy hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil
belgilaydi” (3-modda);
“O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi
hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida
quriladi” (5-modda).
Bu Konstitutsiyaviy qonun Asosiy Qonunimiz qabul qilinguniga qadar, ya’ni
1992-yil 8- dekabrgacha biz uchun kichik Konstitutsiya vazifasini bajarib turdi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi yettinchi huquqiy qadam – 1991-yil 29-
dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendumning
o‘tkazilishiga taalluqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Respublika davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi referendum 1991-yil 29-dekabrda bo‘lib o‘tdi. Xalq davlat mustaqilligini
qo‘llab ovoz berdi va Prezidentni sayladi. 1992-yil 4-yanvar kuni Oliy Kengashning
ana shu saylov va referendum yakunlariga bag‘ishlangan to‘qqizinchi sessiyasi ochildi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi sakkizinchi huquqiy qadam – birinchi
Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e’lon
qilinishidir.
Loyiha e’lon qilingach, uning umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi. Bu
ochiq-oshkora muhokamalar 1992-yilning sentabr oyi oxiridan dekabr oyi
boshlarigacha fuqarolarning siyosiy faolligi, ijodiy ko‘tarinkiligi ruhida o‘tdi hamda
O‘zbekistonda demokratiya rivojining samarali va amaliy maktabi bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat
kelib tushdi. Respublika matbuotining o‘zida Konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlangan
yuzdan ortiq materiallar e’lon qilindi. Fuqarolarimiz bildirgan takliflar soni 5 mingdan
oshib ketdi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘qqizinchi huquqiy qadam – Konstitutsiya
loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e’lon
qilinishidir.
Konstitutsiya loyihasini ikki bosqichda muhokama etish uchun matbuotda e’lon
qilinishining ma’nosi shundan iborat ediki, fuqarolar Konstitutsiyaning qayta
ishlangan variantida Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdagi o‘z ishtiroklarining
natijasini ko‘ra oldilar.
Konstitutsiya loyihasining yangi variantida umumxalq muhokamasining dastlabki
bosqichida kelib tushgan ko‘plab fikr-mulohazalar va takliflar o‘z ifodasini topdi.
Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ularning ovozi eshitilganiga,
takliflari tegishli ravishda ko‘rib chiqilib, inobatga olinganiga ishonch hosil qildilar.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi o‘ninchi huquqiy qadam – Konstitutsiya
loyihasining qabul qilinishidir.
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992-yil 6-dekabrda Konstitutsiya loyihasi
oxirgi marta muhokama etildi.
Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib,
unga yana bir qator o‘zgartishlar kiritilgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz
qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning
ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.Prezidentimiz
tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2017-yil 7-fevralda tasdiqlangan “2017 — 2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishning toʻrtinchi yili ham yakuniga
yetmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi negizida ishlab chiqilgan Harakatlar
strategiyasi oʻtgan qisqa davrda davlat va jamiyatni rivojlantirishning mutlaqo yangi
bosqichiga asos soldi. Bu muhim hujjat tom maʼnoda yangi Oʻzbekistonni bunyod
etishning mustaqil huquqiy poydevori ekanini amalda namoyon etib ulgurdi.
Harakatlar
strategiyasi
Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasini
takomillashtirish uchun asos boʻldi. Bunda Konstitutsiyamiz Harakatlar strategiyasida
belgilab berilgan demokratik islohotlarni amalga oshirishning asosi sifatida xizmat
qilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda,
“1992-yil 8-dekabrda mustaqil Oʻzbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi
mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea boʻldi”. Konstitutsiya va milliy tiklanish,
maʼnaviyat va maʼrifat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, milliy oʻzlik va azaliy
qadriyatlar, bu koʻhna zamin odamlari koʻnglida ustuvor boʻlgan adolat va odillik,
iymon va olijanoblik, bagʻrikenglik va mardlik, insonparvarlik va tantilik kabi ulugʻ
xislatlar Konstitutsiyadan munosib oʻrin olgan.
Keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 7 marotaba muhim
oʻzgartirishlar kiritildi.
|