|
Bosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadiBog'liq BahromBosh vazir nomzodini endi prezident taqdim etadi. Prezident bosh vazir
nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning
fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi belgilandi. Qonunchilik palatasi
prezident taqdim etgan nomzodni ko‘rib chiqadi, agar deputatlarning yarmidan
ko‘pi ma’qullasa, bosh vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni
uch marta rad etsa, prezident bosh vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib
yuborishga haqli. Avvalgi tartibga ko‘ra, bosh vazir nomzodini Qonunchilik
palatasida eng ko‘p o‘rinni egallagan partiya taklif qilar, prezident ma’qullagach,
nomzod ikki palata tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi.
Senatorlar soni 100 nafardan 65 nafarga tushiriladi. 14 ta hududdan 6 nafardan
emas, 4 nafardan senator saylanadi, prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar
soni 16 nafardan 9 nafarga qisqaradi. Bu o‘zgarish 2024 yilda bo‘ladigan
parlament saylovi vaqtida kuchga kiradi. Qonunchilik palatasi deputatlari sonini
(150 nafar) oshirmaslikka, o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.
Bosh vazirni tayinlash va unga ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning
ishtiroki bekor qilindi. Endilikda buning uchun deputatlar umumiy sonining
uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli (avval har ikki palata a’zolarining uchdan
ikki qismi ovoz berishi zarur edi; eslatib o‘tamiz, ishonchsizlik votumi e’lon
qilinsa, prezident bosh vazirni lavozimidan ozod etadi). Bosh vazir va hukumat
a’zolarining hisobotlarini eshitish ham quyi palataning vakolatiga
o‘tkazildi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi hukumat a’zolarini iste’foga
chiqarish to‘g‘risida prezidentga taklif kiritish vakolatiga ega bo‘ldi.
Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish organlari rahbarlarini
|
| |