2. Konstitutsiya to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi
15-moddaga quyidagicha qo‘shimcha qo‘shildi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy
yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning
asosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar,
balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib
borishga, xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.
Referendumda
qabul qilingan qonunga binoan, Oliy sud 3 oy ichida tegishli
Plenum qarorini qabul qilishi kerak. Bu qaror asosida sudlar tomonidan
konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo‘llash
yuzasidan yagona sud amaliyoti joriy etiladi.