tuman va shaharlarda 2026 yil 1 yanvardan boshlab.
Mahalliy kengashlar raislari kengash deputatlari orasidan 5 yil muddatga
saylanadi. Hokimlar esa 5 yil muddatga
tayinlanadi, tayinlangan hokimni
kengashlar tasdiqlaydi. Shu tariqa, kengash raislari ham, hokimlar ham to‘g‘ridan
to‘g‘ri aholi tomonidan saylanmaydi.
Kengashlarning vakolatlariga, jumladan, quyidagilar kiradi:
mahalliy budjetni ko‘rib chiqish va qabul qilish, uning ijro etilishi ustidan
nazoratni amalga
oshirish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya
qilish
dasturlarini tasdiqlash;
hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish.
Hokimlarning vakolatlari esa, jumladan, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
konstitutsiya
va qonunlarni, parlament palatalarining qarorlarini, prezidentning
farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi
hokimlarning va tegishli xalq deputatlari kengashlarining qarorlarini bajarish;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish.
Hokimlar va mahalliy kengashlarning faoliyatini tashkil etish tartibi bo‘yicha
alohida qonunlar qabul qilinadi. Mahalliy masalalar bo‘yicha ularning vakolatlari
qanday taqsimlanishi ana shu qonunlarda aks etadi.
***