O‘zbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasiga binoan:
Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. Prezidentning
“davlat boshlig‘i” maqomi, ayni bir shaxs surunkasiga
ikki muddatdan ortiq
prezident bo‘lishi mumkin emasligi, prezidentning qasamyodi matni va
prezidentga taalluqli boshqa aksariyat normalar o‘zgarishsiz qoldirildi. Ma’lumot
uchun, prezidentning vakolat muddati 2003 yilda ham 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan,
2011 yilda esa qaytib 7 yildan 5 yilga tushirilgan edi.