• Eski
  • 4. Barcha noaniqliklar – inson foydasiga
  • 5. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi mumkin
  •  Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/26
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #139096
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Bahrom

    3. Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas 
     
    Yangi konstitutsiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) – fuqarolarning jinsi, 
    millati, mavqeyi va hokazolardan qat’i nazar qonun oldida tengligi haqida. Bu 
    moddaning 2-qismi quyidagicha o‘zgarmoqda: 

    Eski: Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat 
    prinsiplariga mos bo‘lishi shart. 

    Yangi: Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat 
    prinsiplariga mos bo‘lishi shart. 
     
    Bu bilan konstitutsiyaning amalda ishlamay kelgan normalaridan biri real 
    voqelikka moslashtirilmoqda. Amaliyot shundayki, turli jabhalardagi imtiyoz va 
    preferensiyalar nafaqat qonunlar asosida, balki ko‘p holatlarda qonunosti hujjatlar 
    – qaror va farmonlar asosida berib kelinyapti. 
    4. Barcha noaniqliklar – inson foydasiga 


    Konstitutsiyaning yangi tahririga asosan: 

    Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan 
    qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi
     
    Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda 
    to‘liq kodifikatsiya qilib chiqish amalda imkonsiz. 
    Endilikda, qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilmagan masalalarda ziddiyat yuzaga 
    kelsa, masala davlat emas, inson foydasiga hal etiladi. 
    Bundan tashqari, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xato- 
    kamchilik o‘tgan taqdirda, masalan pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan 
    topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi 
    kerak. 
    5. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida 
    cheklanishi mumkin 
     
    Huquq va erkinliklarning cheklanishi masalasi avvalgi konstitutsiyada quyidagi 
    ikkita norma bilan tartibga solingan edi: 

    Insonning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va 
    erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni 
    cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. 

    Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, 
    davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur 
    yetkazmasliklari shart. 
    Konstitutsiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o‘zgarishsiz 
    saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo‘shildi: 

    Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy 
    tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va 


    erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash 
    maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin. 
    Huquqlar cheklanishiga doir bu me’yorlar, yangi konstitutsiyaning boshqa bir 
    moddasiga asosan, so‘z erkinligi huquqiga ham tegishli. Ya’ni axborot izlash, olish 
    va tarqatish huquqi faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholi sog‘lig‘ini, ijtimoiy 
    axloqni, boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamoat 
    xavfsizligi va tartibini ta’minlash, davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 
    boshqa sirning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida cheklanishi mumkin. 
    Ta’kidlash lozim, “ijtimoiy axloq” tushunchasi O‘zbekiston qonunchiligiga hali 
    kiritilmagan. Ushbu tushuncha hamda mazkur modda bo‘yicha inson huquqlari 
    “jamoat tartibini ta’minlash maqsadida” cheklanishi bo‘yicha vakolatli organning 
    huquqiy sharhiga zarurat bor. Huquqlar ta’minlanishi bilan ijtimoiy axloq va 
    jamoat tartibini saqlash o‘rtasidagi oltin o‘rtalik aniq belgilab qo‘yilishi kerak. Shu 
    bilan birga, yuqorida aytganimizdek, konstitutsiyaga binoan endilikda barcha 
    noaniqliklar inson foydasiga hal etiladi. 
    Shu o‘rinda, namoyishlarga oid moddani ham eslatib o‘tish o‘rinli. Bu modda 
    avvalgi holida, o‘zgarishlarsiz saqlab qolindi: 

    Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq 
    mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. 
    Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar 
    o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega
     

    Download 0,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas

    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish