Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy
va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi
.
Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili bo‘lmagan, lekin oliy qonunda
alohida
tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi. Konstitutsiyada nomi
keltirilgan o‘qituvchilardan boshqa kasb egalarining barchasi – huquq sohasi
vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa holatlarda
kasb egalari
emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot vositalari, turli
jamoat birlashmalari).
7. Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonda 2022 yildan e’tiboran qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer
uchastkalarini xususiylashtirish boshlangan. Shu bilan deyarli bir vaqtda, o‘tgan
yili e’lon qilingan yangi konstitutsiya loyihasining birlamchi versiyasida qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish mumkin emasligiga ishora
qilingan edi. Yakuniy talqindan bunday cheklov olib tashlandi va
yerni
xususiylashtirishga oid norma quyidagicha shaklga keltirildi:
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona
foydalanishni va uni
umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va
tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Bosh qomusning o‘tgan yili e’lon qilingan birinchi loyihasida unga quyidagicha
jumlani kiritish taklif etilgan edi:
“Iqtisodiy faoliyatda
insofsiz raqobatga,
monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi
”. Yakunda bu boradagi normalar
quyidagicha ko‘rinish oldi:
Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar
yaratadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Hujjatning birlamchi loyihasida mavjud bo‘lgan: “Xususiylashtirish natijalari qayta
ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi” degan normani konstitutsiyaga
kiritmaslikka qaror qilindi. Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikda
ham bunaqa
qoida yo‘q.