• Ijro etuvchi hokimiyat tizimini takomillashtirish
  • Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslarini takomillashtirish




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/26
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #139096
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
    Bog'liq
    Bahrom

    Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslarini takomillashtirish 
     
    Birinchi oʻzgartirish: 2017-yil 6-aprelda Konstitutsiyaning 7 ta moddasiga 
    kiritilgan tuzatishlarda quyidagi 3 ta ustuvor vazifa: 
    - fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
    kengaytirish; 
    - odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini 
    oshirish; 
    - nomzodlarni tanlash va sudyalar lavozimlariga tayinlash tizimini yana-da 
    takomillashtirish – sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim 
    yoʻnalishlari sifatida mustahkamlab qoʻyildi. 


    Mazkur konstitutsiyaviy oʻzgartirishlar sud tizimini boshqarishdagi bir-birini 
    takrorlovchi funksiyalarni bartaraf etishga hamda yagona sud amaliyotini 
    shakllantirishga xizmat qilishi bilan katta ahamiyatga ega boʻldi. 
    Shu maqsadda Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111-moddalariga 
    tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritildi. Ushbu tuzatishlarga muvofiq, Oliy 
    xoʻjalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sud ishi yurituvi 
    sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
    sudiga birlashtirildi. 
    Konstitutsiyaga sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxshilashga, nufuzini 
    oshirishga, sudlar tuzilishini takomillashtirishga hamda sudyalarni tanlash va 
    lavozimlarga tayinlash tizimini demokratlashtirishga qaratilgan oʻzgartish hamda 
    qoʻshimchalarning kiritilishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, 
    erkinliklari, qonuniy manfaatlari sudda ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, 
    mamlakatda qonun ustuvorligini, qonuniylikni mustahkamlashning muhim omiliga 
    aylandi. 
    Ijro etuvchi hokimiyat tizimini takomillashtirish 
     
    Ikkinchi oʻzgartirish: 2017-yil 31-mayda Konstitutsiyaning 4 ta moddasiga 
    oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. 
    Asosiy qonunimizning 80 va 93-moddalariga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston 
    Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi etib qayta 
    tashkil etilganligi va u oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
    hisobot berishi hamda Qoʻmitaning raisi va rais oʻrinbosarlari Oʻzbekiston 
    Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
    taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanishi hamda lavozimidan ozod qilinishi 
    belgilandi. 
    Konstitutsiyaviy sud faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari. Konstitutsiyaning 
    108-moddasiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston 
    Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan Sudyalar 
    oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining 
    vakilini qoʻshgan holda saylanadigan boʻldi. 
    Konstitutsiyaning 
    108 
    va 
    109-moddalariga 
    kiritilgan 
    tuzatishlarda 
    Konstitutsiyaviy qonunlarning, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi 
    qonunlarning imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish, Oliy 
    sudning muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning 
    Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatlarini 
    koʻrib chiqish, shuningdek, har yili Oliy Majlis palatalariga va Oʻzbekiston 
    Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati 


    toʻgʻrisida axborot taqdim etish borasidagi Konstitutsiyaviy sudning vakolatlarini 
    kengaytirish nazarda tutildi. 
    Ushbu konstitutsiyaviy yangiliklarning hayotga tatbiq etilishi davlatimizda sudlov 
    tizimini yana-da takomillashtirish, Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini 
    oshirish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklari ishonchli himoyasini taʼminlashga 
    xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu konstitutsiyaviy yangilanishlar sudyalar va sud 
    tizimi xodimlarini ijtimoiy ragʻbatlantirishni yuqori darajaga koʻtardi. 
    Shuni ham taʼkidlash joizki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020-yil 10- 
    noyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar 
    “Oʻzbekiston 
    Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyaviy qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun 
    loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar. Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish va 
    qabul qilish vazifasi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy 
    strategiyasida koʻzda tutilgan. 
    Qonun loyihasida fuqarolar va yuridik shaxslarga, shuningdek, Inson huquqlari 
    boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi 
    Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
    himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson 
    huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakilga 
    Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berilib, Konstitutsiyaviy sudga murojaat 
    qiluvchi subyektlar doirasi kengaytirilmoqda. 
    Shuningdek, qonun loyihasida Konstitutsiyaviy sud vakolatlari, Konstitutsiyaviy 
    sud sudyasining maqomi, Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish, Konstitutsiyaviy 
    sudga murojaat qilish va murojaatni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va oʻrganish 
    masalalari aniq qilib belgilanmoqda. 
    Bu haqda soʻz borganda, hozirgi vaqtda Konstitutsiyaviy sudning faoliyati 2017- 
    yil 31-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi 
    toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun bilan tartibga solinishini taʼkidlash lozim. 
    Ammo, Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual qoidalari Konstitutsiyaviy 
    sudning oʻzi tomonidan tasdiqlangan Reglament bilan belgilab berilgan. 
    Aksariyat mamlakatlar Konstitutsiyaviy sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida 
    bunday qoidalar Konstitutsiyaviy sud tomonidan emas, balki qonun bilan belgilanishi 
    nazarda tutilgan. Chunki, ish yuritishning protsessual qoidalari bevosita inson 
    huquqlarini amalga oshirish bilan bogʻliq va shuning uchun ham ular qonun bilan 
    belgilanishi lozim. 
    Bundan tashqari, konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish amaliyotining tahlili 
    mamlakatimizda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishda hal 


    etilishi lozim boʻlgan yana bir qator dolzarb muammolar hamda huquqiy jihatdan 
    tartibga solinishni taqozo etadigan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda. 

    Download 0,92 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslarini takomillashtirish

    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish