• Konstitutsiya va saylovlar
  • Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/26
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #139096
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
    Bog'liq
    Bahrom

    Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi 
     
    Oltinchi oʻzgartirish: 2019-yil 5-martda Konstitutsiyaning 3 ta moddasiga 
    oʻzgartirishlar kiritildi. Bu yangilanishlarga muvofiq, endilikda Prezident Oʻzbekiston 
    Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
    palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi. 
    Konstitutsiya va saylovlar 
     
    Yettinchi oʻzgartirish: 2019-yil 4-sentyabrda Konstitutsiyaning 2 ta moddasiga 
    oʻzgartirishlar kiritildi. Shunga muvofiq, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb 


    topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida 
    saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. 
    Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek, ogʻir va oʻta 
    ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish 
    joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi. Boshqa har qanday 
    hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga 
    yoʻl qoʻyilmaydi. 
    Maʼlumki, oʻtgan uch-toʻrt yil davomida hayotimizning barcha sohalari qatori 
    sud-huquq tizimida ham shiddatli islohotlar amalga oshirildi. Keyingi davrda 
    Oʻzbekiston sud-huquq tizimiga xalqaro standartlarni joriy qilish orqali sudya va 
    advokatlarning 
    mustaqilligini 
    taʼminlash Harakatlar strategiyasining asosiy 
    vazifalaridan biri etib belgilangan. 
    Bu borada muayyan natijalarga erishilgani xalqaro ekspertlar tomonidan eʼtirof 
    etilmoqda. BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Sudyalar va advokatlar 
    mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachisi Diyego Garsiya- 
    Sayanning taʼkidlashicha, ana shu tub yangilanishlarning mohiyati, jumladan
    sudyalarning mustaqil qaror qabul qilishiga xalal beradigan siyosiy taʼsirlarni 
    kamaytirishga qaratilganida yaqqol namoyon boʻlmoqda. 
    Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va 
    siyosiy-huquqiy hayotning barcha sohalarida izchil va bosqichma-bosqich, uzviy va 
    tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarning 
    mustahkam yuridik manbai hamda asosiy huquqiy kafolatidir. 
    Huquqiy davlatchilik sari intilgan har qanday demokratik jamiyatda Konstitutsiya 
    ustuvor ahamiyat kasb etadi. Binobarin, Konstitutsiya insoniyatning ijtimoiy 
    munosabatlarni huquqiy tartibga solish va tashkil etish borasida kashf etgan eng 
    muhim yutuqlaridan biridir. 
    Konstitutsiya oʻz-oʻzicha, yaʼni alohida, jamiyatdan ajralgan holda mavjud 
    boʻlishi mumkin emas. Demakki, Konstitutsiyani qotib qolgan qoidalar yigʻindisi, deb 
    boʻlmaydi. 
    Konstitutsiya dinamik, yaʼni doimiy harakatdagi, oʻsish va rivojlanish jarayonidagi 
    hujjatdir. U hayot joʻshqinligi va oʻzgarishlarini oʻzida aks ettiradi. Shu maʼnoda, 
    Harakatlar strategiyasi yangi Oʻzbekistonning yangi konstitutsiyaviy qiyofasiga 
    asos boʻlib xizmat qildi va xizmat qilmoqda 



    Download 0,92 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi

    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish