Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana16.01.2024
Hajmi0,92 Mb.
#139096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
Bahrom

2. Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati 
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy 
davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga 
asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq 
va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat 
qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh 
maqsad qilib qoʻydi. 
Qisq
a vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha 
tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari 
shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi. 
Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini 
himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir 
qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda 
fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik 
yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek 
maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan. 
Taʼkidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “Oʻzbekiston 
Respublikasida demokratiya um
uminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra 
inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari 
oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida bi
rinchi oʻrinda – inson, uning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini koʻrish 
mumkin. 
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish 
sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari 
boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi 
“Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi 
Qonunning 1-
moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Inson huquqlar
i boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga 
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar 
tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishi ustidan parlament nazorati
ni taʼminlash vakolatlari berilgan”. 
Ijtimoiy-
siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bogʻliq. 
Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat 


qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kaf
olatlash koʻpincha davlatning 
olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 
45-
moddasiga koʻra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz 
keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qoʻyilgan. Darhaqiqat, 
bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat 
siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylanishi lozim. 
Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasidagi chora-
tadbirlar inson huquqlarining umumeʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, 
shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha 
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; 
demokratiya va ijtimoiy adolat gʻoyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, 
xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; 
demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga 
asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yoʻlida 
hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va 
boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda. 
Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni 
oʻz ichiga oladi: 
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni 
taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash; 
– fuqarolarning oʻz huquq va erkinliklarini hech qanday toʻsiqsiz amalga 
oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslar
ning masʼulligi; 
– tajovuz etishdan himoyalanishni taʼminlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, 
sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi; 
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi; 
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda 
jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati. 
Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida 
mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari 
ichida fuqarolarni
ng teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi.
Konstitutsiyamizning 18-
moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida 
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun 
oldida tengdirlar”. 


Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat 
qilish 
huquqi 
siyosiy 
huquqlarning 
ajralmas 
qismi 
hisoblanadi. 
Konstitutsiyamizning 35-
moddasida “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar 
bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga 
ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi koʻrsatib 
oʻtilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan 
biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga 
murojaat qilish huquqlarini belgilaydi. 
Xulosa sifatida taʼkidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom 
etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon 
hisoblanadi. Shunga koʻra, inson 
huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, oʻz 
fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi va oʻz navbatida, milliy oʻzlikni anglashga 
hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga 
oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim. 

Download 0,92 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati

Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish