• Huquqiy davlatda
  • Dunyoviy davlatda
  • Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/26
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #139096
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
    Bog'liq
    Bahrom

    Suveren davlat – o‘z hududida to‘la-to‘kis mustaqil hukmronlik va mutlaq 
    yurisdiksiyaga ega bo‘lish demakdir. 
    Demokratiya esa xalq hokimiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvida saylanish va 
    o‘z vakillarini saylash orqali barchaning teng huquqli ishtiroki ta’minlanishini 
    ko‘zda tutadi. 
    Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat 
    xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko‘z 
    bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun 
    oldida teng bo‘ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga 
    bo‘ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta’minlaydi.


    O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga 
    munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. 
    Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda 
    kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham 
    sifatli ta’lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari 
    ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-
    quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni 
    anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-
    salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati 
    bo‘lishi kerak. 
    Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘ladi. Davlat diniy 
    e’tiqodidan qat’i nazar barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi, dinga oid 
    masalalarda neytral pozisiyani egallaydi. 
    Yangi konstitusiyaning 154-moddasi bilan, 1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib 
    chiqish mumkin emas, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning 
    o‘zidagi aynan shu qoidaga oid band ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas. 
    Boshqacha aytganda, bu norma – O‘zbekiston hech qachon demokratiyadan voz 
    kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy 
    respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi. 

    Download 0,92 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot

    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish