Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
191
Ushbu massivni ikki o‘lchamli
deb ataladi, chunki uning o‘lchami ikkiga teng.
Ular matematik terminga ko‘ra matritsalar deb ataladi.
Umuman olganda, bir
o‘lchamdan ko‘p bo‘lgan massivlarni ko‘p o‘lchamli massiv deb ataladi.
Quyida uch o‘lchamli massivni e’lon qilish ko‘rsatilgan:
Matematikadagi teoremaga asosan massiv o‘lchami uchun chegara yo‘q ammo
amaliyotda ikki o‘lchamli massivdan yuqori tartibi ishlatilmaydi.
6.2 Ko‘p o‘lchamli massivni e’lon qilish va xotiraga joylashtirish
Ko‘p o‘lchamli massivlar bir o‘lchamli massivlarga o‘xshash yo‘l orqali e’lon
qilinadi. Bir o‘lchamli massivlardan tashqari qolgan massivlarda massiv o‘lchamidan
bitta kam vergul bilan ajratiladi.
Yuqoridagi misolda, ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli massivlarni yaratish keltirib
o‘tilgan. Har bir o‘lcham vergul bilan to‘rtburchak qavslar orqali belgilanadi [].
Ko‘p o‘lchamli massivlarni
xotiraga joylashtirishda new kalit so‘zidan
foydalaniladi va har bir o‘lchami uchun uzunligi aniqlanadi. Massivni e’lon
qilish
quyida misolda keltirilgan:
Bu
misolda intMatrix ikki o‘lchamli massiv bo‘lib, int[] tipidagi 3
element va
ularni har biri 4 uzunlikdan iborat. Ikki o‘lchamli massivlar
turli usullarda turlicha
tushuntiriladi. Tasavvur qilish uchun ikki o‘lchamli massivlarni
ustuni va qatori
quyidagi rasmda keltirilgan:
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
192
Kvadrat massivning satr va ustunlari indeksi 0
dan
n-1
gacha
sonlar bilan
nomerlanadi. Agar ikki o‘lchamli massivni o‘lchami ustun bo‘yicha –
m va
qator
bo‘yicha
n
ga teng bo‘lsa, u holda elementlari
m*n
ta bo‘ladi.