Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
297
▪
Konstruktor - sinfni alohida usuli bo‘lib u ob’ektni yaratishda oshkor bo‘lmagan xolda chaqiriladi va
u new kalit so‘zini ishlatish bilan amalga oshiriladi. Biroq “normal”
usuldan farqi shundaki unda
oshkor konstruktor xech qachon qaytariladigan qiymatga ega bo‘lmaydi
va doim sinf ismiga
identitik nomlanadi.
Metodlar – ma’lum bir klass bilan bog‘langan funksiyalar hisoblanadi. Bunday
funksiyalar sifatida klass nusxasi metodlari yoki klass nusxasi hosil qilinishini
talab qilmaydigan
statik metodlar (masalan, Console.WriteLine) tushuniladi.
▪
Xususiyatlar - mijoz tomonidan murojaat qilish imkoni mumkin bo‘lgan funksiyalar bo‘lib, klassning
ochiq maydonlariga o‘xshash. C# tilida xususiyatlar bilan ishlovchi maxsus read va write sintaksislari
mavjud. Xususiyatlar maxsus sintaksisga ega bo‘lib, oddiy funksiyadan farq qiladi
▪
Konstruktorlar - klass nusxasi hosil qilinganda avtomatik
chaqriladigan funksiya
hisoblanadi. Ushbu funksiyalarning nomi klass nomi bilan
ustma-ust tushishi va hech
qanday qiymat qaytarmasligi lozim. Konstruktorlar klass
nusxasi osil qilinganda
maydonlarga boshlang‘ich qiymat berishda foydalaniladi.
▪
Destruktorlar - konstruktorlarga o‘xshash bo‘lib, klass nusxasi xotiradan o‘chirilganda
avtomatik chaqiriladi. Ular ham klass nomi kabi nomlanib, oldiniga tild belgisi (-) qo‘yiladi.
Dasturning keraksiz ma’lumotlardan tozalashni
CLR bajarishini inobatga olib,
qachon
destruktor chaqirilishini aytish qiyin. C# tilida destruktorlar kamroq qo‘llaniladi
▪
indeksatorlar - ob’ektlarni massiv va kolleksiya kabi indekslash uchun qo‘llaniladi.
▪
Lokal o‘zgaruvchi
- qism dastur ichida e’lon qilgan yoki blok chegarasida ko‘rinish
sohasiga ega
▪
Global o‘zgaruvchi - har qanday qism dasturlardan tashqarida e’lon qilinadi va