• 3-savolning baholash mezoni Quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi: To‘g‘ri javob: 40 Quyidagi hollarda javob qisman qabul qilinadi
  • 3-savol to‘g‘risida ma’lumot




    Download 33.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/76
    Sana23.10.2022
    Hajmi33.76 Mb.
    #27911
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
    Bog'liq
    пизаҚўлланма
    Mavzu Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini a, Vebinar platformasida konfrensiya yaratish va unga foydalanuvchi-fayllar.org, 2-мавзу. ПСИХОДИАГНОСТИКА ТАРИХИ, Guruhlar dinamikasi Reja, Бино ва иншоотларни техник холатини бахолаш фанидан ОБ саволлари, Kitob 9274 uzsmart.uz, amaliy -1, 150, 5-amaliyot .Algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish algoritmlari (1), 50610401 Kompyuter injiniring ЯНГИСИ 3 (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi to, 6. 11-mavzu Yordamchi sferalar usuli. Reja-fayllar.org, Strategiyà va raqobatchilik ustunligi reja, animatsiya mtm SHAHLO
    49
    3-savol to‘g‘risida ma’lumot
    Savol tavsifi: kilometrlarda berilgan masofani berilgan songa bo‘lib, 
    natijani santimetrlarda ifodalang.
    Matematikaga oid mazmun sohasi: miqdorlar. 
    Kontekst: ijtimoiy.
    Aqliy faoliyat turi: qo‘llash.
    3-savolning baholash mezoni
    Quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi:
    To‘g‘ri javob: 40 
    Quyidagi hollarda javob qisman qabul qilinadi: natijani santimetrlarda 
    xato ifodalangan javoblarning biror xona birligida 4 raqami turgan bo‘lsa, 
    ya’ni 

    0,4 
    [javob metrlarda ifodalangan]

    4000 
    [birliklar noto‘g‘ri o‘tkazilgan]
    Quyidagi hollarda javob qabul qilinmaydi:
    boshqa javoblar bo‘lsa;
    javob berilmagan bo‘lsa.
    Izoh: 
    1-savol. Bu masalani yechishda ahamiyat kasb etadigan omillardan biri 
    tog‘ga ko‘tarilish uchun ruxsat berilgan kunlar sonini hisoblab chiqishdir. 
    O‘quvchilarning 80 foizi topshiriq shartini to‘g‘ri tushunib, kunlar sonini 
    (58 kun) to‘g‘ri hisoblab chiqishgan. 70 foiz o‘quvchilar ushbu savolga 
    to‘g‘ri javob berishgan, ammo 10 foiz o‘quvchilar esa bo‘lishni xato 
    bajarishdi. 16 foizga yaqin o‘quvchilar kunlar sonini 27 kun deb olishgan, 
    chunki ular, topshiriqning shartiga ko‘ra, avgust oyining 27 kuninigina 
    hisobga olishgan.
    2-savol. Xususiyatiga ko‘ra, bu masala uning yechimi uchun talab 
    etiladigan barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, harakatga oid 
    masalalar turkumiga kiradi. O‘quvchilardan so‘qmoqning uzunligi, tog‘ga 
    ko‘tarilish va tushish tezligidan foydalanib, ko‘tarilish va tushishga 
    sarflanadigan vaqtni aniqlash va ularni qo‘shib chiqish talab etiladi. Keyin 
    soat 20 dan sarflangan vaqtni ayirib tashlashlari so‘ralgan edi.
    Masalaning yechilishi: 9 : 1,5 + 9 : 1,5 : 2 = 9 (soat); 20 – 9 = 11 (soat)
    Shunga qaramay, 15 yoshli o‘quvchilar uchun mazkur masalani yechish 
    4 – 760


    50
    katta qiyinchilik tug‘dirgan. Nazorat sinovida ishtirok etgan o‘quvchi­
    larning atigi 23 foizigina masalani to‘g‘ri yecha olishgan, 38 foiz o‘quv chi­
    lar esa hech qanday javob bermagan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, so‘qmoqqa 
    ko‘tarilishning eng so‘nggi vaqtini aniqlash o‘quvchilarda qiyinchilik 
    tug‘dirgan. Bundan tashqari, topshiriqning shartida ovqat lanish va dam 
    olish uchun sarflanadigan vaqtni eslatib o‘tish ham noaniqlikka sabab chi 
    bo‘lgan.
    Bu topshiriqning ayrim xususiyati ba’zi o‘quvchilar uchun qiyinchilik 
    tug‘dirishiga sabab bo‘lgan. Agar o‘quvchilardan masalani yechish talab 
    etilgan bo‘lsa, javobni yozib olish, olingan javobni izohlab berish kerak edi, 
    ya’ni 9 soat ovqatlanish va dam olish uchun sarflanganini yoki, aksincha, 
    bunga qandaydir yana boshqa qo‘shimcha vaqt sarflanganini tushuntirib 
    o‘tishlari kerak bo‘lardi. Ammo topshiriqda faqat son ko‘rinishidagi javob 
    berish talab etilgani bois, topshiriqning ayni shu joyi ko‘pchilik o‘quvchilar 
    uchun murakkablik va noaniqlik tug‘dirgan.
    Masalani yechilishi ikki masofa oralig‘idagi hamda tezlik va vaqt 
    orasidagi bog‘liqlikka tegishli bo‘lgani sababli mazkur topshiriqning 
    matematikaga oid mazmun sohasi «o‘zgarish va munosabatlar» 
    sohasiga tegishlidir. Savol noodatiy uslubda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchidan 
    haqiqiy hayotda orttirilgan bilimlarini matematik masalani yechishda 
    qo‘llash talab etiladi. Demak, topshiriqning modelini yaratish va uning 
    xususiyatiga ko‘ra, uni «ifodalash» turiga tegishli ekanini ta’kidlab o‘tish 
    lozim. Masalani yechishda o‘quvchilar ijtimoiy hayotga bog‘liq bo‘lgan 
    holatni e’tiborga olishlari talab etilgani bois, mazkur masala «ijtimoiy» 
    turkumga oid masala hisoblanadi.

    Download 33.76 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




    Download 33.76 Mb.
    Pdf ko'rish