• Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
  • Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]




    Download 39.35 Kb.
    bet1/5
    Sana20.06.2023
    Hajmi39.35 Kb.
    #74557
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    597 23.09.2021
    50 DIDAKTISCHE METHODEN, Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari, Tarmoq xavfsizligi -ishchi dastur sirtqi 2022 (1), Симсиз тармоқлар хавфсизлиги протоколлари, Elektr (2), elektr, jo\'rayeva dilnoza2, “O‘QUVCHILARNI MANZARA KOMPAZITSIYASINI ISHLASHGA O‘RGATISH”22, 2, Amaliyot mavzulari 1-10, Ariza anketa namuna ijara, guvohnoma, Quritish mavzu Barabanli quritish qurilmasini hisoblash-fayllar.org, i

    [OKOZ:
    1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
    2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
    [TSZ:
    1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar:
    yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chiqish, ma’lumotnomani ariza beruvchiga taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
    mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chiqish, ma’lumotnomani ariza beruvchiga taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etsin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zarxiv” agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
    ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
    YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
    davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imlarning Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda to‘lanishini ta’minlasin.
    4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun elektron ma’lumot almashishni ta’minlovchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, davlat arxivlarining axborot tizimini joriy etishda talab etiladigan moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun xarajatlar “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarining belgilangan tartibda ko‘rsatilishi ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
    (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
    6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 5-apreldagi 101-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
    7. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.

    Download 39.35 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 39.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]

    Download 39.35 Kb.