Profilometrning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Profilometrda signal generatori bo`lib nozik (ingichka) charxlangan ko`proq olmos igna hisoblanadi. U normal bo`ylab yuzaga siljiydi va uning g`adur-budurligini baholaydi. Ishlab chiqilgan signal-mehanik-o`zgartirgichlar yordamida tokliga aylantiriladi: p’ezoelektrik hajmli yoki induktivli. Undan so`ng signal electron kuchaytirgichga tushadi, keyin integrallashib (birlashib) trassalar turiga bog`liq holda profilometrlarni bir necha xili ajratiladi: integrallashning muqim trassasi bilan. Bunday asboblarda integrillash trassasi uzunligi bo`yicha paypashlash trassasiga teng. O`lchash natijasini bu xolatda faqat jarayon tugagandan so`ng bilish mumkin.
5.9-rasm
-Integrallashni ko`chuvchi (sirpanuvchi) trassasi bilan (SIT) ning ushbu xilida integrallash trassasi bir necha marta paypaslash trassasidan qisqa ko`rsatgichlar hisobi ham yuza bo`ylab yurayotgan igna yo`nalishiga parallel bajariladi.
Profilometrning yana bir alohida guruhi mexanotronli o`zgartirgichlar profilometr bo’lib notekisliklar parametrlarini Ra- o’rta arifmetik miqdorini ko’rsatib o’lchaydi.
Ko’p priborlar analizatorlar bilan ta’minlanadi, u bo’lsa ignadan kelayotgan signalni (to’g’rirog’i uni to’g’ri chiziq bo’ylab xarakterlanadi) uzviy bog’liqligi bo’yicha yuzani notekisliklari haqida xulosa qilishga imkon beradi. Profilometrlar
xatoligi 25%dan oshmaydi, ko’p zamonaviy priborlarda 10%
5.10-rasm. Profilograf.
Profilograf huddi profilometr singari yuzalar g`adur-budurligi parametrlarini nazorat qiladi, faqat natijalarni egri chiziq holida taqdim etadi, u bo`lsa g`adur-budurlikni va to`lqinsimonlikni xarakterlaydi. Egri chiziqlarni profilogrammalar ishlab chiqish grafoanalitik uslubda qilinadi.
Proflografning tuzilishi va ishlash prinspi
Asbob 3 asosiy bloklardan iborat: 1-o`lchovchi igna, uning simlar va o`lchov stoligidan iborat-signal olish imkonini beradi, uning asosida keyingi mikronotekislikni xarakterlovchi egri chiziqlari tayyorlanadi. Ikkinchisi-elektronli signalni kuchaytiradi va o`zgartiradi, keyin uchini blokka- yozuvchi qurilmaga tushadi, u profilogrammani kattalashtirilgan mashtabda metallashgan qozog`ga yorug` sezgir qog`ozga yoki maxsus plyonkaga (tasmaga) chizib chiqadi. Pribordagi xatolik 5-10%dan oshmaydi.
Profilografning ish prinspi profilometr ish prinspidan kata farq qilmaydi. Igna normal bo`ylab o`rganilayotgan yuzada siljiydi; undan o`zgartirgichga keyin elektron kuchaytirgichga signal tushadi. Ammo ekranda ko`rinmaydi, grafik ko`rinishda tasvirlanadi.
Proflogramma kattalashtirilgan mashtabda (kattalashtirish gorizontal bo`ylab 100000 marta, vertical bo`ylab 400-200000 martaga yetadi) yoziladi va bu uni
o`qishga juda qulay qiladi.
5.11-rasm. Profilograf-profilometr
Yuza g`adur-budurligi va to`lqinsimonni baholash uchun birlashgan asboblar-profilograf-profilometrlardan ham foydalaniladi. Ular bir vaqtning o`zida yuzalar mikronotekisliklari parametrlarni tashuvchi-elektrotermik qog`ozi yozadi va real vaqt tartibida o`lchov o`tkazish natijalariga qarab turadi- ko`rsatuvchi pribor yordamida yo o`xshash, yo raqamli bo`lishi mumkin.
Profilograf-profilometr ta’siri, xuddi yuqorida yoritilgan SIT o`xshab , kichik yumaloqlanish radiusli o`tkirlangan igna bilan nazoratdagi yuzani paypaslashga asoslangan va uning tebranishlarini induktivlik yoki boshqa usul bilan elektr signallariga aylantiradi.
|