Yuza notekisligini o`lchash metodlari va usullari




Download 84,64 Kb.
bet6/10
Sana23.11.2023
Hajmi84,64 Kb.
#103982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Detallar yuza g’adir-budirliklari bo’yicha yeyilmani aniqlash us-fayllar.org

Yuza notekisligini o`lchash metodlari va usullari
Har qanday juda yaxshi ishlov berilgan detal yuzasi ham nihoyatda to`liq, tekis bo`la olmaydi. Detal yuzasining silliqlik va tekislik qiymati, har qanday holatda berilgan chizma qiymatidan farq qiladi., ya’ni nominal qiymatdan. Shu bilan birga, chetlashish makrogeometrik yoki mikrogeometrik bo`lishi mumkin. Makrogeometrik chetlashish detalni to`lqinsimonlik va shakli mos kelmasligi bilan xarakterlanadi. Mikrogeometrik chetlashishlar esa, o`z navbatida faqat yuzalar

notekisligi bilan belgilanadi.

Notekislikni (g`adur-budurlik)- bu kichik notekisliklar yig`indisi, tayyor maxsulot va detallarning yuzalarida paydo bo`ladi. Notekislik qadami, g`adur-budurlikni sifatida qabul qilinadigan juda kichik bo`lishi kerak.

Umuman detallarda 3 xil g`adur-budurlik turi mavjud:

-boshlang`ich (dastlabki) g`adur-budurlik-mahsulot har xil jilvir (abraziv) bilan texnalogik ishlov berish natijasida paydo bo`ladi.

-ekspluatatsion g`adur-budurlik-bu ekspluatatsiya (ish) sharoitida yeyilish va ishchi ishqalanish natijasida hosil bo`ladi.

-muvozanatli g`adur-budurlik - bu ishchi g`adur-budurlik, ishqalanishning statsionar (turg`un) sharoitlarida hosil qilish mumkin.

G`adur-budurlik o`lchamlari (parametrlari) GOST 2789-73 “yuza g`adur-budurligi parametrlari, xarakteristikasi va belgilanishi”da belgilangan. Shu hujjat bo`yicha g`adur-budurliklar ko`rsatgichlari quyidagicha belgilanadi:

-Ra- profil chetlashishning o`rtacha arifmetik qiymati;

-Rz- prifil notekisliklari balandligi; 10 ta nuqtada olingan.

-S- profil mahalliy bo`rtig`ining o`rtacha qiymati;

-Sm- g`adur-budurlik qadamining o`rtacha arifmetik qiymati; -Rmax- profilning maksimal qiymati;

-tp- profilning nisbiy uzunligi; p-profil kesimi darajasi.

G`adur-budurlik berilishida, odatda, profilning (Ra) o`rtacha arifmetik chetlashish parametrlaridan foydalaniladi.

Qayd etish kerakki, faqat g`adur-budurlik mashina dvigatellarini eskplutatsiya xarakteristikalariga eng kuchli ta`sir ko`rsatadi, hamda har xil jihozlar uzel va detallariga ham ta`sir ko`rsatadi. Balki faqat shu sabab -g`adur-budurlik qiymatini aniq belgilash- metrologiyaning eng muhim vazifalaridan biri.

G`adur-budurlikni baholashning 2 usulda bajarish mumkin, yoki element bo`yicha, ayrim parametrlarini taqqoslash yo`li bilan, yoki kopleksda, tekshirilayotgan namuna etalon bilan nisbiy taxmindan foydalangan holda.

Bitiruv malakaviy ishini yozish vaqtida eng aniq usul bu elementli usul bo`lib,

u g`adur-budurlikni har xil aniqlash metodlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Shupli metod- bu kontaktli usul bo`lib, unda o`lchov proflometr yordamida

amalga oshiriladi. Proflometr sezgir datchik bo`lib, ingichka, o`tkir charxlangan olmosli nina- paypaslovchi kallak bilan ta`minlangan. Olmos nina bosiladi va tekshirilayotgan yuza bilan birga siljiydi. Kichik notekisliklar (bo`rtiq va chuqurliklar) bor joyda ninani o`lchayotga kallagida mexanik tebranishlar paydo bo`ladi. Bu tebranishlar datchikga beriladi, tebranishning mexanik energiyasi elektr signalga aylantiradi, o`zgartirgich bilan kuchaytiriladi va o`lchanadi. Bu signalning yozilgan parametrlari detal yuzasining g`adur-budurligini aniq takrorlaydi.

Profilometrlar, signalni o`zgartirgichlar tipini belgisi bo`yicha p’ezometrik, elektronli, induksiyali va induktorli bo`ladi.Ko`proq tarqalgani induktorli o`zgartirgichlardan foydalaniladigan asboblardir.Misol tariqasida, quyidagi profilometrlarni (SEYTRONIK-PSH-2, SEYTRONIK-PSH8-3 va SEYTRONIK-PSH-4) hamda eski tanish “Profilometr-130” modelli asboblarni keltirish mumkin. Profilometrlardan tashqari profrograflar mavjud, ular faqatgina o`lchamaydi, xatto profil g`adur-budurlik parametrlarini oldindan tanlangan mashtabda yozib qo`yadi. Yuzalarni shupli metod bilan tekshirish bir nechta boshqichda amalga oshiriladi: oldiniga tekshirilayotgan ob`yekt profile bir necha marta “paypaslanadi”, keyin bir qator o`lchashlar asosida parametrlar qiymatining o`rtachasi hisoblanadi-ki, u notekisliklarni miqdoriy ifodasini uchaska uzunligiga nisbatan xarakterlaydi.

5.6-rasm. Profilograf-profilometr SEYTRONIK-PSH8-1

2. Optik metodi (yorug`lik usuli)- bu g`adur-budurlikni kontaksiz o`lchash

uslubi bo`lib, bir guruh uslublardan iborat. Eng ko`p tarqalgani quyidagilar:
-Yorug`lik nurlanishi va soyali uslublari.

-Mikrointerfrension uslub.

-Rastrovli uslub.

Demak, rastrovli uslub quyidagi harakatlar ketma-ketligini shart qiladi: tekshirilayotgan yuzaga shisha plastinka qo`yiladi, unda rastrovli to`r (ya`ni teng qotirilgan parallel chiziqlar tizimi) mayda qadam bilan belgilangan bo`ladi. Keyin plastinkaga qiya holatda yorug`lik nuri beriladi. Yorug`lik nurlari qiya holatda juda kichik notekisliklarga tushganda rastrovli setkadan qaygan shtrixlar real chizilgan setka shtrixlariga qo`yiladi va u o`rganilayotgan ob`yekt yuzasida bo`rtiq va chuqurliklar borligini bildiradi. Qayd qilinadiki, Rastrovli uslub faqat, shunday yuzalarni tekshirishda ishlatiladiki, unda notekisliklar izlari ko`proq bir yo`nalishda yotadi(masalan, ichki yonuv dvigatellarining slindridagi tirnalishlar). Yorug`lik va soyali nurlanishlar uslubi-bu ko`p tez-tez qo`llaniladigan notekisliklarni parametrlarini o`lchaydigan uslubdir. Yorug`lik nurlanish uslubida yorug`lik oqimi yorug`lik manbadan, tor teshikdan o`tayotib ingichka tor taramga aylanadi. Keyin ob`yektiv yordamida tekshirilayotgan yuzaga ma`lum burchak ostida yo`naltiriladi. Qaytayotgan nur yana ob`yektiv orqali o`tadi va okulyarda teshik tasvirini shakllantiradi. Bunda mutloq tekkis yuza juda ham to`g`ri yorug`lik tarami (chizig`i)ga ega bo`ladi, g`adur-budur yuza bo`lsa qiyshaygan chizig`i bo`ladi.

Soyali uslub-yorug`lik nurlanish uslubini davomi va takomillashtirigan uslubdir. U shundan iborat bo`ladiki: o`rganilayotgan yuzani yaqinida qirqilgan qovurg`ali lineyka (chizg`ich) moslanadi. Nur tarami xuddi o`sha masofani bosib o`tadi, lekin pichoqda kesilganday, lineyka qovurg`asi bilan kesiladi. Bunda o`lchanayotgan yuzada soyani kuzatish mumkin, uning yuqori qismi o`rganilayotgan profilni to`liq aniq qaytaradi. Mikroskop yordamida ushbu tasvir ko`riladi, tahlil qilinadi va g`adur-budurliklar xarakterlanadi va parametrlari haqida xulosa chiqariladi.

Makrointerferension uslub - maxsus o`lchaydigan asbob(o`lchaydigan mikroskop va interfermetrdan iborat) orqali amalga oshiriladi.

Interferometr yordamida notekisliklar o`rnida qiyshaygan tasmalar bor, o`rganilayotgan ob`yekt yuzasini interferension tasviri olinadi. Keyin mikroskop yordamida g`adur-budurliklar parametrlari o`lchanadi.

Shuningdek slepkop (nushalar) uslubini alohida ajratish zarur. U har xil yuzalar g`adur-budurligini baholash uchun hamda tuzilishga ega bo`lgan yuzalar uchun qo`llaniladi.

Nusha ko`chirish uslubi- mustaqil uslub emas, faqat o`lchashga tayyorgarlik bilan bog`liq usuldir. U faqat g`adur-budurliklarni o`lchaydigan usul bilan birgalikda qo`llash mumkin.

5.7-rasm. Profilometr model 130

Profilometr model 130 profil va g`adur-budurliklar parametrlarini o`rta chiziqlar tizimi bo`yicha GOST 25142-82. bo`yicha o`lchashga mo`ljallangan. Profilometr-130 bu professional model 1sinfli aniqlikdagi tajriba ishlari uchun mo`ljallangan. Asbob TU3943-001-70281271-2007 mos ravishda Rossiyada ishlab chiqarilgan. Asbob o`lchanayotgan yuza g`adur-budurliklarini paypaslab olmosli nina bilan, induktiv datchikni o`lchayotgan yuza bo`ylab siljiyotgan jarayonda aniqlashga va keyingi paydo bo`ladigan shupning mexanik tebranishlarini raqamli signalga o`zgartirishga asoslangan.


Download 84,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 84,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuza notekisligini o`lchash metodlari va usullari

Download 84,64 Kb.