U s h b u k e y s d a n « K o r p o r a tiv b o s h q a r u v » , « M o l iy a v iy v a b o s h q a r u v t a h lili» , « I s h la b c h iq a r is h m e n e j m e t i » f a n la r in in g m a sh g 'u lo tla r id a fo y d a la n ish m u m k in KIRISH
Iqtisodiy m unosabatlarning tubdan o'zgarishi, O ’zbekiston iqti-
sodiyotida korporativ sektorning shakllanishi zamirida bozor muhiti
o‘zgarishlariga tez m oslashishga qodir bo'lgan yangi boshqaruv
tuzilmalari barpo etilmoqda.
M azkur sharoitda milliy kompaniyalar xarajatlarni pasaytirish,
m ahsulot raqobatbardoshligini oshirish, asosiy fondlarni yangilash,
texnologik qayta jihozlanish kabi vazifalarni hal etish zaruratini
seza boshlaydi.
O ’zbekistonda xolding kompaniyalarini tashkil etish va ularni
boshqarishni isloh qilish jarayonida vertikal integratsiyalashuv keng
tarqaldi.
Meva-sabzavot tarm og‘ida xolding kompaniyasi - qishloq xo'jaligi
mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotishga ixtisoslash-
tirilgan korxonalarni o'z ichiga oluvchi «O’zvinosanoat-xolding»ning
tashkil etilishi O ’zbekistonda vertikal tarzda integratsiyalashgan
korporativ tuzilmalarni shakllantirishga namunaviy misol bo'ladi.
M azkur keysda ushbu xolding kom paniyasining boshqaruv
faoliyati va moliyaviy holati tahlil qilingan bo'lib, korporativ boshqa
ruvning ichki korporativ tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomil-
lashtirish ham da moliyaviy rejalashtirish tizim ini shakllantirish
muammolarini hal etishga va ularni yechishga yordam beradi.
1.
«O’ZVINOSANOAT-XOLDING» KOMPANIYASI
TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT
«O’zvinosanoat-xolding» kompaniyasi hukum at qaroriga ko'ra
1997-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning oldiga tarm oqni xususiy-
lashtirish va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashti-
rish, agrosanoat integratsiyasi hamda kooperatsiyalashning yangi
tashkiliy shakllarini rivojlantirish, yagona texnika va investitsiya
274
siyosatini yuritish, ilg'or agrotexnika texnologiyalarini joriy etish,
yetish tirilad ig an m ahsulot sifatiga, dehqonchilikning m ahalliy
an ’analariga selektiv yondashuvni hisobga olgan holda korxonalar-
ni eksportga mo'ljallangan m ahsulotlar ishlab chiqarish uchun za-
monaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash vazifalari qo'yildi.