• Islom huquqshunosligining shakllanishi va shariatning mohiyati.
  • To‘rtinchisi
  • Dinshunoslik




    Download 0,69 Mb.
    bet47/75
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #117499
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
    Bog'liq
    Dinshunoslik maruza

    Kubraviya tariqati. Bu tariqatning asoschisi – shayx Najmiddin Kubro al-Xivaqiy (vaf. 1221 y.) bo‘lib, tasavvuf tarixidagi eng yorqin siymolardan biridir. Xivada tug‘ilgan. Yoshligida diniy ilmlarni egallagan. Ayniqsa, hadis ilmida tengi yo‘q edi. Turli o‘lkalarni kezgan. Misrda shayx Ruzbihon al-Misriy bilan tanishib, unga murid bo‘lgan. Qattiq riyozatlar natijasida murshidining tavajjuhiga erishib, uning qiziga uylangan. Bundan keyin u Ammor Yosirga murid bo‘lgan, uning tavsiyasi bilan esa Ismoil Kasriy dargohiga kirgan va u yerdan «xirqai tabarruk» kiygan. Yana Misrga – shayxining yoniga qaytgan Kubro shayxi tomonidan o‘z vatani Xorazmga irshod vazifasi bilan jo‘natiladi. Kubro Xorazmga ko‘chib borib, kubraviya-zahabiya tariqatiga asos solgan. Qisqa vaqt ichida atrofdagilarning muhabbatini qozondi, shogirdlar tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Chunonchi, Farididdin Attorning ustozi – shayx Najmuddin al-Bag‘dodiy bilan «Mirsod al-ibod» asari muallifi mashhur Najmuddin Doya Kubro shogirdlari jumlasidandir. Najmiddin Kubro mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan.
    Yozgan asarlari orasida eng mashhuri «Usuli ashara» risolasi bo‘lib, bu asar barcha tariqatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ismoil Xaqqiy Bursaviy tomonidan sharh etilgan. «Favoihul jamol» asari esa tasavvuf ruhshunosligi mavzusidadir. Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli ta’sir qilgan. Chunonchi, bu tariqat naqshbandiya va mavlaviya tariqatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.
    Kubraviya ko‘proq O‘rta Osiyo, Rossiya va Eron mamlakatlarida keng tarqalgan. Kubraviyaning o‘ziga xos jihatlari chordona qurib, jahriy zikr qilish. Uning tariqat silsilasi Ali ibn Abi Tolibga borib ulanadi. Tariqat asoslari «Usuli ashara» asarida tavsif etilgan. Kubraviyaning mashhur shahobchalari quyidagilar: baho’iya xilvatiya, firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, nurbaxshiya, barzanjiya.
    Islom huquqshunosligining shakllanishi va shariatning mohiyati.Payg‘ambarimiz Muhammad (sav) vafotlaridan bor necha kun oldin o‘z as’hoblariga vasiyat qilib: «Ey odamlar! Men sizlarga shunday narsalarni qoldirmoqdanmanki, agar ularni mahkam ushlab amal qilsangizlar, hech qachon adashmaysiz. Bu narsa – Allohning kitobi va rasulullohning sunnatidir», - deb aytgan edi.
    Bundan ko‘rinadiki Islom huquqi-fiqhning ya’ni shariatning asosiy qonun va yo‘l-yo‘riqlari Qur’oni karim va payg‘ambarimiz sunnatlarida bayon etilgan. Chunonchi Payg‘ambar Muhammad (sav) rahnamoligida birinchi Islom davlati tashkil topganda Shariat normalari o‘sha davlatning asosiy qonunlari bo‘lgan va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan.
    Payg‘ambar vafotlaridan so‘ng ulug‘ imomlar bu asosiy qonunlardan barcha musulmonlarning foydalanishi oson bo‘lishi uchun Qur’on va sunnatning hukm va ko‘rsatmalariga asoslanib islomning hamma uchun tushunarli shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqqanlar. Qur’on va sunnatning hukmlaridan olingan qonun va qoidalar «fiqh» dir. «Fiqh» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «chuqur tushunish», «bilish» demakdir. Imom Hanifa fiqh – «kishining o‘z huquq va majburiyatlarini bilishdir», - deb ta’rif bergan.
    Shariatda «fiqh», «Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq» ma’nosini bildiradi. «Fiqh» ning shariat bo‘yicha boshqa ta’rifida: «Fiqh» - shar’iy dalillardan far’iy hukmlar chiqarishdir deyiladi. Bu ta’rifdagi «shar’iy dalil» Qur’on va xadislarning ayrim qoidalariga asoslangan va ijmo’da tasdiqlangan odamlar xulq atvorini tartibga soladigan «amaliy» me’yorlar majmuini bildiradi. «Far’iy hukm» esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan mujtahidlarning xususiy fikrlaridir33.
    Shariat arabcha so‘z bo‘lib ma’nosi «to‘g‘ri yo‘l», «ilohiy yo‘l», «qonunchilik» demakdir. Shariat – Alloh joriy qilgan va barcha mo‘minlar amal qilishi shart bo‘lgan amaliy hukmlar majmuasidir. Shariat (fiqh) manbalari to‘rttadir. Har bir faqih olim biror narsa to‘g‘risida hukm chiqarishda ana shu manbalarga tayanmog‘i shart hisoblanadi. Birinchisi – Qur’oni karim. Faqih islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda faqih bilmoqchi bo‘lgan narsa haqida nima hukm bo‘lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi. Ikkinchisi – Payg‘ambarimizning sunnatlari bo‘lib, hal etmoqchi, hukmi aniqlanmoqchi bo‘lgan narsa haqidagi hadislar nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarur hisoblanadi. Uchinchisi – ijmo’ sanalib, Qur’on va hadislarda aniq ko‘rsatma berilmagan, hukmi bo‘lmagan xuquqiy masalalarni hal etishda diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish darajasiga yetgan ulamolarning – mujtahidlarning to‘planishib o‘sha huquqiy masalada Qur’on va sunnatga asoslangan holda yagona fikrga kelib azmu qaror qilishlari, hukm chiqarishlari ya’ni fatvo berishlaridir. Bu borada payg‘ambarimizning quyidagi hadislari asos bo‘ladi: «Hazrati Ali Rasulullohdan «Qur’oni karim va hadisi sharifda hukmi bo‘lmagan biron ish sodir bo‘lsa nima qilamiz?» – deb so‘raganlarida Rasululloh aytdilar: «Mo‘minlardan bo‘lgan olimlarni to‘palab, o‘zaro maslahat qilinglar, bunday ishda bir kishining fikri bilan hukm chiqarmanglar»34.
    To‘rtinchisi – Qiyos. Qiyos arabcha so‘z bo‘lib ma’nosi taqqoslash demakdir. Qiyos – Qur’on va hadisda biror xuquqiy masalaga aniq javob topilmaganda, hukmi bo‘lmasa Qur’on va hadisda shu masalaga o‘xshash bo‘lgan ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqqa qiyoslash yo‘li bilan hukm chiqarilishi, izohlanishi. Masalan, aroqning shayton ishi ekanligi, urush – janjal, adovat chiqarishga sababchi bo‘lganligi uchun Qur’oni karimda man etilgan, harom qilingan oyat bor. Aroqdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida hech narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham aroq kabi salbiy natijalar bo‘lishini hisobga olib, unga (aroqqa) qiyos qilganlar va boshqa mast qiluvchi, kayf beruvchi narsalarni ham harom deb hukm chiqarganlar.
    Fiqh – Qur’on va sunnaga asoslanadi. Shariat esa Qur’on, sunna bilan birga ijmo’ va qiyosga ham asoslanadi. Ana shu tarzda Islomda fiqhiy xulosalar ishlab chiqarish uslublari shakllana va takomillasha bordi. Ijmo’ va qiyos qilish asosida 10-asrlarga kelib kishilar hayot tarzini tartibga solib turuvchi islom xuquqshunosligi – fiqh ilmi mustaqil van sifatida uzil-kesil tarkib topdi. Fiqh (xuquq) shunoslik fani mo‘min musulmonlar hayot tarzini tartibga solib turuvchi me’yorlarni ikkiga bo‘ladi. 1. Musulmonlarning Alloh bilan munosabatini belgilovchi ibodat me’yorlari; 2. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, shuningdek musulmon hokimiyati (davlat)ning o‘z fuqarolari, boshqa dinlar va davlatlar bilan munosabatini belgilovchi me’yorlar. Faqih ulamolari asosiy kuch g‘ayratlarini me’yorlarning ikkinchi toifasini ishlab chiqishga qaratganlar.
    Sunniylikda fiqhiy masalalarda hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik mazhablari mavjud.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




    Download 0,69 Mb.