Al-Marg‘inoniy – mashhur fiqhshunos




Download 0,69 Mb.
bet49/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Al-Marg‘inoniy – mashhur fiqhshunos.
Islomning shu jumladan Islom xuquqshunosligining rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar ham katta hissa qo‘shgan. 9-12 asrlarda bu o‘lka fiqh maktabi yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan. O‘ndan ortiq fiqh ilmi olimlari yetishib chiqib o‘zlarining chuqur bilimlari, mashxur asarlari bilan butun musulmon dunyosida shuhrat qozonganlar. Jumladan, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya», Farg‘onalik Faxriddin Hasanning «Muxtasar» kabi kitoblari musulmon davlatlarida mashhur bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida ayrim huquqiy me’yorlarni mahalliy sharoitga moslashtirishga harakat qilganlar.
Movarounnahr fiqh ilmining eng ko‘zga ko‘ringan namoyondasi Imom Burxoniddin al-Marg‘inoniydir. U 1118 yili tavallud topib 1197 yili Samarqandda vafot etgan. O‘z hayotini dinu diyonat pokligi, iymon-e’tiqod ustivorligi, ilm va adolat tantanasi yo‘lida safarbar etganliklari, Islom dini asoslari Qur’on va Xadislarni chuqur bilganliklari uchun bu mo‘tabar alloma Sharq olamida «Burxoniddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati» degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Imom Marg‘inoniyning islom madaniyatidagi buyuk hizmatiga Prezident shunday ta’rif beradi: “O‘zining beqiyos salohiyati bilan buyuk ilmiy maktab yaratib, go‘zal Farg‘ona diyorini jahonga tarannum etgan islom huqushunosligining yana bir ulkan namoyandasi Burxoniddin Marg‘inoniyning tabarruk nomini butun musulmon dunyosi yuz yillar davomida e’zozlab keladi. Bu mo‘tabar allomaning Sharq olamida “Burhoniddin va milla”, ya’ni “Din va millatning hujjati” degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgani ham buni yaqqol isbotlaydi”36.
Alloma al-Marg‘inoniy o‘zidan «Qonunni o‘rganishga kirish», «Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot», «Mazhabning tarqalishi», «Fuqarolik xuquqini taqdim etish», «Meros haqida kitob», «Hidoya» kabi o‘ndan ortiq boy ilmiy meros qoldirgan. O‘z asarlarida biror marta ham «men» degan so‘zni ishlatmagan, balki «Bu zaif banda aytadi», deya kamtorona izoh berishi har qanday odamni bugun ham hayratga soladi.
Al-marg‘inoniy islom dini xuquqshunosligini mukammal o‘rganar ekan, uning insonparvarlik, yuksak axloqiy va ma’naviy g‘oyalarini jamiyat hayotiga, musulmonlarning turmush tarziga singdirish va amaliy tatbiq etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan.
Bu buyuk zot o‘z asarlarida o‘sha zamonlarda mo‘min musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burchi va mas’uliyatlarigacha taalluqli ko‘pdan-ko‘p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal qilib bergan.
Burxoniddin Marg‘inoniy Islom huquqshunosligi sohasida yaratgan buyuk asarlari va maktabi bilan islomiy huquq asoslarini belgilab bergani va shu ilmning har tomonlama rivoj topishiga qo‘shgan hissasi bilan shu zaminda yetishib chiqqan bizning buyuk vatandoshimizga teng keladigan boshqa alloma kamdan-kam topiladi37.
Burxoniddin Marg‘inoniyning nomini butun islom olamiga mashxur qilgan shoh asar «al-Hidoya» dir. Bu asarni 1178-1191 yillar, ya’ni o‘n uch yil davomida yozib tugatgan. Rivoyat qilinishicha mazkur asarni yozish davomida doimo ro‘zador bo‘lganlar. “Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat ”Hidoya” – “To‘g‘ri yo‘l” deb atalgan asari, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani albatta bejiz emas”,38 deb ta’kidlaydi Prezidentimiz.
«Al-Hidoya» asari musulmon kishining shaxsiy va ijtimoiy hayotda uchraydigan deyarli barcha xuquqiy xolatlarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli asardir. Bu asarni yaratishda Burxoniddin Marg‘inoniy Qur’oni karim oyatlari, xadislar, dastlabki 4 halifa, sahobalar va tobeinlarning rivoyatlari, sunniylik oqimidagi to‘rt mazhab asoschilari: Nu’mon ibn Sobit Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy va Ahmad ibn Hanballarning asarlariga tayangan.
«Hidoya» - arabcha qo‘llanma ma’nosini bildiradi. Marg‘inoniyning ana shu mashhur asari to‘rt jild 57 kitobdan iborat. Ular 165 bob, 152 fasldan tarkib topgan. «Hidoya» ning birinchi jildi 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar: namoz, ro‘za, zakot va hajga bag‘ishlangan. Ikkinchi jild nikoh, emizish, taloq, qul ozod qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik, vaqf xuquqi kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Uchinchi jilddan oldi-sotdi, pul muomalalari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara, xomiylik kabi masalalar o‘rin olgan. To‘rtinchi jildda shafoat, merosni taqsimlash, vasiyat, dehqonchilik va bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar hususida, xun haqi to‘lash kabi masalalar yoritilgan.
Marg‘inoniyning «Al-Hidoya» asarining eng muhim jihati shundaki, unda har bir xuquqiy masala albatta Qur’on oyati, xadis bilan asoslanadi. Bundan tashqari mavzular mantiqiy izchillikda bayon etilishi bilan ham ajralib turadi.
Bu asar uni bilgan, o‘rgangan va uni mahkam tutgan kishilarning yumuq ko‘zlarini ochadi, to‘g‘ri yo‘lga, hidoyat yo‘liga eltadi. Kitob yaratilgan davrdan boshlab faqihlar, tarixchilar, xukmdorlar diqqatini tortib keladi. «Al-Hidoya» bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlari, jumladan Osiyoda ham xuquqshunoslik bo‘yicha betakror, asosiy qo‘llanma sifatida e’tirof etib kelinayotir.
O‘zbekistonda 20-asrning 30-yillarigacha – shariat qozilari bekor qilinib, sho‘rolar sud tizimi joriy qilinguncha amalda qo‘llanib kelindi. U musulmon mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan. Kitob jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. 2000 yilda Al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. «Al-Hidoya» ning birinchi jildi o‘zbek tilida chop etildi.


Sha’riat mazmuni – Alloh joriy qilgan va barcha mo‘minlar amal qilishi shart bo‘lgan amaliy hukmlar majmuasi

Sha’riat ma’nosi «to‘g‘ri yo‘l», «ilohiy yo‘l», «qonunchilik» demakdir.



Sha’riat (fiqh) manbalari







1-manba: Qur’oni karim. Biror narsaning hukmi Qur’onda qanday bo‘lsa, uni ikkilanmasdan qabul etiladi.

2-manba: Payg‘ambar sunnatlari. Biror narsaning hukmi aniqlanganda o‘sha narsa haqida hadislarda nima aytilgan bo‘lsa ehtiyotkorlik bilan tanlab olinadi.





3-manba: Ijmo’ bo‘lib biror narsaning hukmi haqida Qur’on va hadislarda aniq ko‘rsatma, hukmi bo‘lmagan huquqiy masalalarni hal etishda mujtahidlarning Qur’on va sunnaga asoslanib yagona fikrga kelishi, hukm chiqarish.



4-manba: Qiyoslash, taqqoslash. Qur’on va hadisda biror huquqiy masalaga aniq javob topilmaganda, Qur’on va hadisda shu masalaga o‘xshash bo‘lgan yo‘l-yo‘riqqa qiyoslash yo‘li bilan hukm chiqarilishi.



Fiqhning ma’nosi – «chuqur tushunish», «bilish» kishining o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi.



Download 0,69 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Al-Marg‘inoniy – mashhur fiqhshunos

Download 0,69 Mb.