Jonivorlar va qushlarga sig‘inish




Download 0,69 Mb.
bet52/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Jonivorlar va qushlarga sig‘inish


Bo‘ri. Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashina qabilasidan bo‘lgan yosh go‘dakni bo‘ri emizib katta qilgan. Shuning uchun ham turklarning ko‘k bayrog‘ini bo‘rining oltindan yasalgan boshi bezab turgan. Bo‘rining mo‘ojizaviy ilohiy kuchiga ishonch shu kunlargacha saqlanib qolgan. Yaqin-yaqingacha ayrim tog‘da yashovchi xalqlar orasida o‘ldirilgan bo‘rining aozosidan tumor yasab, bo‘yinga osib yurilsa, erkak kishining ayollar orasida obro‘-yeotibori baland bo‘ladi degan tasavvur yoyilgan. Andijon viloyatida yashovchi qipchoklar orasida ayollar ko‘zi yorishini yengillatish maqsadida unga quritilgan bo‘ri yuragidan berishgan.
Ot. Otga sig‘inish turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Buni Janubiy Qirg‘iziston tog‘laridagi qoyalarga bitilgan otlar tasvirida ko‘rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvonlarni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokchalar yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha nafaqat dashtlarda yashovchi qabila va elatlarda, balki dexqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi orasida ham keng tarqalgan. Bronza davrida yasalgan hanjarlarning dastaklarida otlarning tasvirlari tushirilgan. Ilk tosh davrida mayyitlarni otlar bilan birga dafn etish odatlari keng tus olgan. Bu ayniqsa O‘rta Osiyo hududlarida keng tarqalgan. Otni muqaddaslashtirish islomiy asotirlarga ham kirib kelgan. O‘ratepa (Tojikiston), Aravon (Janubiy Qirg‘iziston)da xalifa Alining afsonaviy oti Duldulning toshdagi tuyoq izlari muqaddas sanaladi. XIX asrda qozoq qabilalari orasida vafot qilgan kishining maorakalaridan keyin marhumning qurbon keltirilgan sevikli otining bosh suyagi qabr yodgorligi yoniga qo‘yilgan. Hozir ham ushbu xalqlar orasida marhumning maorakasiga so‘yilgan otning bosh suyagi qabr tepasiga tashlab ketiladi.
Qora mol. Qadimgi Avesto matnlarida muqaddas ho‘kiz timsoli tasvirlanib, uning tanasidan har xil boshoqli ekinlar va shifobaxsh giyohlar, urug‘idan esa foydali jonivorlarning barcha turlari tarqalganligi haqida so‘z yuritiladi. G‘arbiy Turkmaniston hududlarida qadimgi zamonlarda yasalgan qora mol haykalchalari uchraydi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlarida bronza va ilk temir davrlarida qoyatoshlarga bitilgan ho‘kiz tasvirlari saqlanib qolgan.
Qushlar. Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zlarini O‘g‘izxon avlodlari deb hisoblagan o‘g‘iz-g‘uzlar yoki turkiy o‘g‘izlar yomonliklardan asrovchi bobolar timsolini qushlarda ko‘rishgan. Qirg‘iy, burgut, lochin, qarchig‘ay kabi qushlar qabila a’zolariga baraka va baxt olib keluvchi muqaddas jonzod hisoblanib, ularni otish qat’iyan man etilgan.
Turklarda suv qushlari koinotning turli qismlari – osmon, yer va suv orasidagi vositachi hisoblangan. Qarg‘alidan topilgan shaman ayolning bosh kiyimini g‘oz va oqqush patlari bezab turgan. Qirg‘izistonda So‘n-ko‘l atrofidagi qoyatoshlarga o‘yib ishlangan suvda suzuvchi qushlar (balkim g‘ozlar) galasi tasviri tushirilgan. Qozoq va qirg‘iz xalqlari asotirlarida muqaddas Umay qush qiyofasida tasvirlanadi.
O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari qadimdan shu paytgacha ukki, boyo‘g‘li, burgut va lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonadilar. Shu sababli kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchaklarini qushlar pati bilan bezaydilar. O‘rta Osiyo o‘troq xalqlari orasida qirg‘ovul, tovus, xo‘roz muqaddas qushlar deb sanalgan.
Daraxtlar. Mahalliy anoanaviy arxitekturadagi gunbaz, qubba, ark kabi o‘z-o‘zini ushlab turuvchi inshootlarning keng tarqalishiga O‘rta Osiyoda daraxtlarning kamchilligi sabab bo‘lgan. Archa, chinor daraxtlari qadimdan muqaddas deb sanab kelingan. Ba’zan har bir g‘ayri tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lgan daraxtga sajda qilish hollari uchraydi.
Archa va chinor daraxtlari juda qadimdan muqaddas kuchga ega ob’ekt sifatida e’zozlangan. Ana shu daraxtlar islom davrida avliyolar mazoriga aylangan. Ularga qizlar o‘z qalb sirlarini aytib, daraxt shoxlariga alam bog‘lab, armonlarining ushalishiga umid qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda chinor daraxti g‘oyat eozozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o‘tin sifatida yoqib, istifoda etishga ham qo‘rqadilar.
Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Etti aka-uka» chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog‘idagi bahaybat chinorning to‘rt metrli kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi Buruchmulla qishlog‘ida odatdan tashqari katta chinorni ziyoratga keluvchilarning keti uzilmaydi.
Anor daraxtining ramzi baraka, hosildorlikni ifoda etadi. Qadimgi sopol buyumlarda Anaxita ma’budasi ko‘pincha anor mevasi timsolida tasvirlangan. VI-VIII asrlarda yaratilgan Afrosiyob naqshlarida ana shu daraxt tasvirlari ko‘plab uchraydi. O‘rta Osiyoning janubiy qismidagi ayrim qishloqlar ahli anor bolaning tug‘ilishida ko‘mak beradi deb hisoblaydi. Popopchi chevar ayollar anor daraxti tasvirini matoga to‘qish jarayonida uning baraka va mo‘l hosil ramzi ekanligini ifoda etmoqchi bo‘ladilar.
Na’matakni qadrlash keyingi yillarda Tojikistonning bir qancha tumanlarida qayd qilindi: yangi yil arafasida uy egasi naomatakning bir bog‘ini shipga osib qo‘yadi. Bu orqali ular naomatak kelasi yil don ekinlaridan mo‘l-ko‘l hosil olish imkonini beradi, deb ishonadilar. Shunday qilib, jonivorlar va o‘simliklarga sajda qilishning ildizi ming yilliklarga borib taqaladi.

Download 0,69 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jonivorlar va qushlarga sig‘inish

Download 0,69 Mb.