-masala bayoni. Musulmon Renessansi –Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari




Download 0,69 Mb.
bet54/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

2-masala bayoni. Musulmon Renessansi –Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari

O‘rta Osiyo tarixiy voqealarga g‘oyat boy o‘lka bo‘lishi bilan birga azaldan ilm –fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonmushul ulug‘ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo‘shganlar. O‘rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.


Birinchi prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek: “Bu tabarruk zamindan ne –ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani , umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichda ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi39”.
Mustaqillik tufayli o‘rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo‘ldik, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganish bizning muqaddas vazifamizdir.
IX –XV asrlarni Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda “Renesssans” (uyg‘onish) davri deb ataladi. Ma’naviyat va ma’rifatning g‘oyat gullab –yashnashi bu davr uchun harakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari,ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etadi. Bu jarayon, ayniqsa, halifa Ma’mun davrida (813 -833). Bag‘dodda “Bayt –ul hikma”(donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va taboati, hind hisobi, al –himiya va ilmi nujumga asarlar arab tiliga o‘girildi. Bunda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar al –Xorizmiy, al –Farg‘oniy, al –Farobiy, Ibn Sino, al –Beruniy, kabi mutafakkirlar ham katta rol o‘ynaydilar.
Renessans –uyg‘onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyati –e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning “qayta uyg‘onishi” (nomi ham shundan) ni anglatadi. Uyg‘onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql –idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Sharq va G‘arb uyg‘onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni “ qayta tirilish” , tabiiy fanlar rivoji, fanda unversallik (qomusiylik)ni gumanizmni targ‘ib etish va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

  • Madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti;

  • yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish;

  • Astronomiya, matematika, minerologiya, jo‘g‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji;

  • Uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi;

  • Insoniy do‘stlik,yuksak ahloqiylikning targ‘ibot etilishi ;

  • Falsafaning keng darajada rivoj topishi;

  • Adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi;

  • Bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi;

Bu davrga kelib, avvalo O‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, Imom al –Buxoriy, Imom Iso at – Termiziy, Hakim at –Termiziy kabi O‘rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dong‘i yetti iqlimga tarqalgan edi. O‘rta Osiyoning qadimiy, ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro, Xiva , Samarqand kabi shaharlari qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo‘lib kelganligi bilan ajralib turadi.
O‘rta Osiyo tabiiiy –ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk alloma Ahmad al –Farg‘oniy va Muso Muhammad al –Xorazmiylarning nomi bilan bog‘liqdir. Ularning har ikkisi ham Bag‘doddagi “Bayt ul –hukma” ning yetakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda Ahmad al –Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astronomiya va astrolyabiyaga kirish”, “ Falakdan bo‘ladigan sabablar” , “Astrolyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalar sanaladi. Ahmad al –Farg‘oniyning “Astronomiya asoslari “ kitobi o‘sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo‘lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko‘p asrlar davomida Yevropada astronomiya bo‘yicha qo‘llanma, darslik, sifatida hizmat qilib kelgan. “ Yevropada Al – Fraganus nomi bilan mashxur bo‘lgan bu allomaning ilm fan rivojidagi nufuzi shu qadar yuksak ediki,uning ismi sharifi yer kurrasidagina emas, balki samoda xam shuxrat topdi. O‘n oltinchi asrda oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi”40.
Muhammad Muso al –Xorazmiy (780 -850) Sharqning buyuk mutafakkiri qomusiy olimidir.Uning ilmi hujum, geodeziya ju’g‘rofiya, ayniqsa, riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind,lotin, yunon,fors tilllarini bilgan .
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarnig muallifidir. Bulardan eng mashhuri aljabr faniga oid “Kitob al jabr va al –muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo‘ldi. U tenglamalarni yechishming ikki usulini – al jabr, ya’ni qarama – qarshi ishoralarni yagon amusbat ishorga keltitish va al –muqobala, ya’ni bir xil xadlarni qarama - qarshi qo‘yishni kashf etadi.
Xorazmiy “Sind hind” , “ Ziji Xorazmiy “ Astrologiya bo‘yicha risola” , “Quyosh saoti haqida risola” , Yerning shakli haqida kitob”, “Trigometrik jadvallar”, “Musiqa bo‘yicha xulosa”, “Tarix haqida” va boshq asarlarning muallifi. Uning buyuk hizmatlaridan biri Yevropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o‘nlik tizimi bilan tanishtirdi. Uchi Yevropada “Algaritmus” deb yuritganlar. Algoritm esa uning lotinlashtirilgan nomidir.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, ahloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiy (873 950 )siz tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli” , “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashxur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko‘p tillarni bilgan qomusiy olim. U yaratgan narsalarni umumiy soni 160 ta bo‘lib, uni 20ta guruhga ajratish mumkin :

  1. Qadimgi yunon faylasuflari va tabiatshunoslari –Aristotel, Platon, Yevklid, Galen va boshqalarning ilmiy meroslarini tarjima qilish, sharxlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar;

  2. O‘rta asr fanining tabiiiy, ijtimoiy –falsafiy sohalariga oid risolalar;

Jumladan, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh” , “Aristotelning “Etika” kitobiga sharx” , “Sunstansiya haqida so‘z” , “Masalalar manbai” , “Qonunlar haqida kitob”, “Bo‘shliq haqida kitob” , “Musiqa haqida so‘z” , “Fozil shahar aholisining qarashlari” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Farobiyning fikricha, insonning va jamoatning g‘alabaga erishuvchi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi, ahloqiy va aqliy mukammallikka ko‘tarilishi inson va jamoatning o‘z qo‘lidadir.
U davlatni fozil va johil davlatlarga bo‘ladi. Fazilatli shaharlarda ilm, falsafa, ahloq -ma’rifat birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i lozim, deb biladi. Shunda jamiyat yetuklikka erishadi, deydi. Fozil shahar boshlig‘i bilimni, haqiqatni sevuvchi, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxwi ko‘ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo‘lishi kerakdeb aytadi. Farobiy insonning kamoloti uchun hizmat qilgan, hayr –ehsonli ishlar, go‘zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to‘sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb –hunarga ega bo‘lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik, deb kishilarni undan ogohlantiradi.
Farobiy hayotining oliy maqsadi baxt –saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o‘rganish, kasb –hunar va ilmlarni o‘zlashtirish –ma’rifatli bo‘lish orqali erishadi deb qaraydi.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973 1048) jahon fani tarixida eng mashxur siymolar qatoridan joy olgan, o‘z davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qo‘shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U o‘z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “ Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” , “Ma’sud qonuni” , “Hindiston” , “ Geoddziya” , “ Mineralogiya” , “Saydana” va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy –ahloqiy masalalarga oid maxsus asar yozmagan bo‘lsada, ammo ko‘pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.
Beruniy xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Ularni eng insoniy ahloqiy sifat deb maqtab, amalda o‘zi ko‘rsatdi. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind –sanskrit tilini o‘rganib, bu tilga Evklidning “Elementlar” , Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjma qildi va hind olimlarini yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O‘zi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va ahloqini o‘rgandi. Bu haqda Beruniyning o‘zi shunday deb yozadi: “ O‘zimni …. Ularning munajjimlari huzurida , ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim…..So‘ng hisob ilmining haqiqiy yo‘llarini ularga ravshanlantiradigan bo‘ldim…. Ularning kattalari meni o‘z tillari bilan “ Daryo” deb maqtar edilar”.
Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi yaxshilik va qoralanuvchi –yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo‘lib, ularning tayanchi poklik va to‘g‘rilik deb ko‘rsatadi.
Beruniy o‘z davrining eng ko‘zga ko‘ringan ilm –fan homiysi edi. U mamlakat ravnaqini fan, ma’rifat rivojida ko‘rgan. Ilm –fan , ma’rifat sahovatlihizmatni o‘tashi deb hisobladi. U shunday yozadi: “Mening butun fikri –yodim, qalbim –bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo‘ldim. Buni men o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman”.
Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag‘allar haqida g‘amxorlik qilishdani iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do‘st, inoq, ittifoq bo‘lib yashashi uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan madaniyatga qirg‘in kelturuvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm –ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir. Beruniy o‘rta asr sharoitida haqiqiy tajribaga, kuzatish, eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshlab beruvchilardandir , haqli ravishda “Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrning “Beruniy asri” deb ta’riflaydi”41.
Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa, Sharq va yevropada “Shayx –ur rais olimlar boshlig‘i” unvoniga ega bo‘lgan alloma Abu Ali ibn Sino (980 -1037)ning ilmiy merosi biz uchun bebaho hazinadir. U o‘z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning” Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Yevropada meditsina bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. “ Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o‘qitib kelindi”42.
Ibn Sino yoshligida zo‘r mehnat, izlanish, g‘ayrat bilan ilmlarni o‘rganishga kirishgan. U bu haqda shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o‘ngimdagi masalalarni ko‘rardim. Shu holatda ko‘p masalalar tushimda menga ayyon bo‘lardi… shu zaylda hamma ilmlarni mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “ Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o‘qidim”. U menga hatto yod bo‘lib ham qoldi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, men uning maqsadlarini tushuna olmasdim” , -deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel “Metafizika” siga yozgan sharhini o‘qib hal etadi.
Ibn Sino umrining ko‘p qismini sarsonlikda o‘tkazishga qaramay –matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmokologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha yetib kelgan, xolos. Ularning qatoriga o‘rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o‘z ichiga olgan , xususan –mantiq, fizika, matematika, metafizikani to‘liq qamrab olgan “Kitob ash –shifo” , 20 tomdan iborat “ Kitob ul –insof “ , “Donishnoma” , “Lisonut –tayr(Qushlar tili)” , “Solomon va Ibsol” , “Hayy ibn Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o‘zining falsafiy – ahloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson hatti –harakatining eng yaxshi bezagi deb ko‘rsatadi. Uning fikricha, yaxshili donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo‘lga kiritiladi. Bilim , ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir. U shunday yozadi:
Jon agar bir shish bo‘lsa, ilm huddi lampadir,
Hikmati insonni bilgil, ul chirog‘da lampayog‘.
Ibn Sino”Solomon va Ibsol” qissasisa rostgo‘ylik, sadoqat, pok muhabbat, irodaning makr ustidan g‘alabasini tasvirlaydi.
Mutafakkir kishilarni do‘stlik va haqiqatga, do‘stlikning qadriga yetishga chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb qaraydi. Shunday qilib ,Ibn Sino O‘rta asr Sharq va Yevropa madaniyati va ma’rifati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi.
IX –XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko‘zga ko‘ringan shoiri Yusuf Xos Xojib ham katta o‘rin tutadi. Yusuf Xos Xojib o‘zining yagona dostoni bo‘lmish “Qutadg‘u bilig” (“Baxtga elutuvchi bilim”) bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo‘lib, uni shoir Qashqar hokimi Sulaymon Arslon Qoraxonga bag‘ishlangan. Shu asari uchun unga Xos Xojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahromonlari –hokim Kuntug‘di adolat ramzi, vazir Oyto‘ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o‘g‘li O‘gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi.
Mutaffakir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali mehnatda chinakam kamolga yetadi, degan g‘oyani ilgari suradi. Insonga foyda keltirmaydigan inson –o‘likdir, deb ta’kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli –dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi, deb uqtiradi. Shuning uchun, Yusuf Xos Xojib hokimga adolatli bo‘lish, o‘zboshimchalik va qonunsizlikka yo‘l qo‘ymaslikni maslahat beradi.
Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qat’iy nazar inson bo‘lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadul –abad qoladi. Shu sababli o‘z nomini hamisha yaxshilik bilan eslashni istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. U shunday yozadi: “Kimning odobi yaxshi va ahloqi to‘g‘ri bo‘lsa, u kishi maqsadiga yetadi va baxt unga kulib boqadi” , chunki “ yaxshi ahloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir”
Yusuf Xos Xojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab –yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashga da’vat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alaga o‘xshatadi. Shoir kishilarni so‘zlaganda o‘ylab gapirishga chaqiradi. So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin. Tilinga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin. Ma’nodor so‘z donolik alomatidir. Shu boisdan odam ko‘proq quloq solib, kam gapirishi kerak, deb aytadi.
Yusuf Xos Xojib shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma’naviy dunyosiga mos bo‘lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg‘onchi, munofiq kishilar jamiyat uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo‘lish kerak, deydi.
Shunday qilib, XI asrda yashab ijod qilgan Yusuf Xos Xojib “ Qutadg‘u bilig” asarida ma’rifatparvarlik, yuksak ahloqiylik g‘oyalarini ilgari suradi. Bu asar katta ma’naviy –ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyat ega.
Biz o‘rganayotgan davrda ahloqiy –didaktik mavzuda asar yaratgan va shuxrat qozongan shoir Ahmad Yugnakiydir. U XII asr oxiri va XIII asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan. Undan bizgacha “ Hibbatul –haqoyiq” dostoni yetib kelgan. U o‘z dostonida dunyoning bevafoligi, o‘tkinchiligi haqida gapirib : dunyo go‘yo karvon faqat ozgina fursat to‘xtab o‘tiladigan rabot (karvonsaroy). Shu sababli, deb ta’kidlaydi u, bu dunyodagi rohat –farog‘atga intilish befoyda, uni deb azob –uqubat chekishga arzimaydi, chunki “ sen bugun ko‘rib turgan boylik ertaga g‘oyib bo‘ladi, sen o‘zimizniki deb bilgan buyumlar boshqalarga qolib ketadi. Shuning uchun faqat yashilik urug‘ini sepish uchungina yashash kerak deb uqtiradi. U bilimli, ma’rifatli kishilarni yetuk kishilar deb hisoblaydi. Inson bilan bilimni ajratib bo‘lmaydi, faqat bilimli kishigina kamol topishi mumkinligini ta’kidlaydi:
Olim odam –qimmatbaho dinordir,
Nodon, johil odam –qimmatsiz soxta puldir.
Uning fikricha, inson olim bo‘lgandan keyingina ulug‘lik darajasiga ko‘tariladi va yaxshi nom qoldiradi. Bilimsiz kishi sog‘lom bo‘lsa ham, u o‘likdir deb ko‘rsatadi.
Bilim inson uchun bitmas – tuganmas mulkdir, deb t’kidlaydi. Shoir ahloq –odobdagi asosiy narsa tildir. Til baxtiyorlik va baxtsizlikning sababidir, deb uqtiradi. Shu bilan birga, olim halollik va haqgo‘ylik, saxiylik inson uchun fazilat, unga intilish kerak deya, xasislik va badfe’llikni qoralaydi. Kamsuqumlik va kamtarinlik insonni ulug‘laydi, deb ko‘rsatadi.
Kishilarga faqat yaxshi kishilardan do‘st orttirishni maslahat beradi.Faqat yaxshi ishlar kutibgina yaxshi natijalar kutish mumkin, chunki “….. tikan ekib, hosiliga uzum olmaysan” , deb aytadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turubdiki, IX –XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda ilm, fan va ma’rifat yuqori darajada rivojlangan. Ularning zaminida avlod, ajdodlarimizning yuksak darajadagi ma’naviyatga ega ekanligi turadi. Chunki ma’naviy qashshoq inson hech qachon ilm , fan, ma’rifat va madaniyatni rivojlantira olmaydi. Uning ulkan salohiyatidan bahra ola olmaydi.
Buyuk avlod ajdodlarimiz tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar jahon sivilizatsiyasining yutug‘i sifatida barcha xalqlarga xizmat qilib kelmoqda. Bu o‘z navbatida har bir o‘zbek farzandida g‘urur uyg‘otadi ba bu ma’naviy boyliklarni chuqur o‘zlashtirishga intilishini kuchaytirib boraveradi.
Uyg‘onish davrida islom madaniyati o‘zining yuksak taraqqiyotiga erishdi. Islom Arabistonda vujudga kelgan bo‘lsa ham, islom ilm fani Movarounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o‘z durdona asarlari bilan o‘rta asrlarda Qur’on tafsiri, hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi), kalom (islom falsafasi) ilmlarining turli sohalari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar. Qur’onni tafsir qiluvchilarning aksariyati “ Imom al –Moturudiy, Imom Abu Lays as –Samarqandiy, Imom az Zamahshariy, Imom an –Nasafiy” ushbu diyor vakillari edi.
Xadislar to‘plami sunna deb nom olgan bo‘lib, islom dunyosida eng nufuzli deb e’tirof etilgan oltita ishonchli hadislar to‘polami mualliflarining aksariyati O‘rta Osiyolikdir. Ular ichida buyuk muhaddis Imom al –Buxoriyning “Sahihi Buxoriy “ to‘plami eng mo‘tabar hisoblanadi. “ Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “ Al - jome’ as –sahih” kitobi islom dinida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi”43.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72 –sessiyasidagi ma’ruzasida Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin nomoyondalari, ularning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi haqida so‘z yuritib Imom Buxoriy faoliyatiga alohida urg‘u berdi. “ Al –Jomi’ as –Sahih asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat”44.
Bu davrda ushbu zaminda islom huquqi –shariat rivoj topgan bo‘lib, bu sohada ham Movarounnahrlik allomalar boy meros qoldirganlar. Ayniqsa Burhoniddin al –Marg‘inoniyning “Al – hidoya” asari islom olamida mashxur bo‘ldi. “Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat “Hidoya” –“To‘g‘ri yo‘l” deb atalgan asari, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani albatta bejiz emas”45.
Musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta’limot –tasavvuf jamiyat ma’naviy hayotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘rta Osiyoda Yassaviya, Kubraviya va Naqshbandiya tasavvuf tariqatlari shakllanib, keng tarqaldi. Bahouddin Naqshbandning “Diling ollohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan hayotbahsh hikmati islom dinining ma’no mohiyatini yorqin ifodalab beradi.



Download 0,69 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-masala bayoni. Musulmon Renessansi –Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari

Download 0,69 Mb.