Dinshunoslik




Download 0,69 Mb.
bet57/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor bo‘lishiga yana bir sabab, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat’iy nazar, uning real sub’ekt, ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan , o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon svilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha hizmat qilib kelmoqda. Ammo, sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan “chiqarish” borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rinni tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Yettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lummaqsdlar sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, kelajakka yorqin ishontiruvchi, inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan “mexanizm” hamdir. Xuddi ana shu muhim “mexanizm” hamdir. Xuddi ana shu “mexanizm” dan mustaqillikni mustahkamlash, islohatlarni amalga oshirish, millatimizni qaddini ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyij davlatimiz, eng avvalo birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonida o‘z vaqtida anglab olindi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin ma’naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. Shu sababli birinchi Respublika Prezidentimiz 1994 yil 23 aprelda “ Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida”, 1996 yil 9 sentyabrda “ Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida” , 1999 yil 3 sentabrda “ Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab –quvvatlash to‘g‘risida” gi farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 sentabrdagi farmonda, “ …. ma’naviy – ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi, deb hisoblansin” , deb belgilandi.
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar Mahkamasi “ Ma’naviy –ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etkanimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, islohatlarni amalga oshirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligi xalqimiz e’tobori qaratildi. Ana shu muhim hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Birinchi prezidentimiz ing milliy ma’naiy tilanishimiz borasidagi milliy konseptual g‘oyalarni amalga oshirishdagi hizmatlarini alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomolari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi va etilmoqda. Chunonchi, Bahouddin Naqshbandning 675,Najmiddin Kubroning 850, Imom Buxoriy hazratlarining 1225, Ahmad Farg‘oniy 1200, Jaloliddin Manguberdining 800, Amir Temurning 660, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik tavallud ayyomlari; “Alpomish” dostoni va Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
Mustaqillik yillari “Qur’oni Karim” o‘zbek tiliga tarjima qilinib, ko‘p nusxada chop etildi. Imom Buxoriyning to‘rt jildlik hadislari, Xoja Ahmad Yassaviyning “Xikmatlar” to‘plami, ko‘plab “Qur’oni Karim”shaharlariga oid kitoblar chop etilganligi va ulardan xalqimiz bahramand bo‘layotganligining guvohi bo‘lib turibmiz.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari bayram sifatida nishonlanmoqda. “Navro‘z” umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Har yili minglab vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko‘plab masjid va madrasalar ta’mirlandi, yangilari barpo etildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz qurbonlari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi. Qatag‘on yillarida Vatanimiz mustaqilligini ta’minlash yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylshtirish maqsadida Toshkent shaxrida Shahidlar hiyoboni barpo etildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma’naviyatimizdan guvohlik beruvchi Xiva, Buxoro va Termiz shaharlarining 2500, Qarshi shaxrining 2700, Marg‘ilonning 2000 yilligi katta tantana bilan nishonlandi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. Ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib teran anglagan holda islohotlar amalga oshirilmoqda, mamlakatimizning yangi qiyofasi shakllantirilmoqda. Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri sifatida hisoblanmoqda. 
“So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda”55.
Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish hamda 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq,

Download 0,69 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Download 0,69 Mb.