|
–Mavzu Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o‘rni
|
bet | 51/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruza7 –Mavzu Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o‘rni .
Ma’ruza rejasi:
Turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodi. Zardushtiylik diniy ta’limoti
Musulmon Renessansi –Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari
Mustamlaka va mustabid tuzim sharoitida o‘zbek xalqini milliy va diniy qadriyatlardan mahrum etilishi va toptalishi
Mustaqillik yillrida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor sohaga aylanishi.
Tayanch tushunchalar. Tangriga e’tiqod, zardusht, payg‘ambar, avesto, qonun –qoidalar, qadimgi Xorazm, Axuramazda, ezgulik, yovuzlik, Musulmon Renessansi, milliy va diniy qadriyatlar, mustaqillik, diniy ma’naviy me’ros, hadisshunoslik, fiqh, tasavvuf maktablari.
1-masala bayoni: Turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodi. Zardushtiylik diniy ta’limoti
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy e’tiqod ildizlari qadim-qadimga borib taqalishini qayd etish lozim. O‘rta Osiyodagi madaniy yodgorliklar ushbu mintaqa xalqlari hayotida diniy tasavvurlarning boy va xilma-xil bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday rang-barang holatning vujudga kelishiga asrlar davomida mahalliy aholining dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kelganligi, davr o‘zgarishlari, halqlarning ko‘chib yurishlari, boshqa xalqlar e’tiqodlarining va mintaqa uchun yangi bo‘lgan diniy tizimlarning kelib tarqalishi sabab bo‘ldi. Dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonlarini bevosita turli-tuman birlamchi manbalar – petrogliflar, arxeologik topilmalar, yozma va og‘zaki rivoyatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Eng qadimiy diniy tasavvurlar O‘rta Osiyo xalqlarining hozirgi kundagi diniy tajribalarining asosini tashkil etadi. Masalan, ular qatoriga tog‘ echkisi va tog‘ qo‘yi bilan bog‘liq tasavvurlarni kiritsa bo‘ladi. Tog‘ echkisiga sig‘inish O‘rta Osiyo xalqlari diniy tajribasida hozirgi kunga qadar saqlanib kelmoqda. Masalan, O‘zbekistondagi Teshiktosh mavzeidan topilgan neandertalg‘ bola murda-skeleti tog‘ echkisi shoxi bilan yonma-yon qo‘yilgan; shunday shoxlar shu kunlarimizda ham Tojikiston va Qirg‘izistonning chekka joylaridagi musulmon masjidlarini bezab kelmoqda. Ziyoratgoh joylarga tog‘ echkisi va qo‘chqor shoxlarini osib qo‘yish nisbatan tog‘li mintaqalarda ko‘proq tarqalgan. Turkmanistonda shu kunlargacha yaqin kishisi qabriga marhumning u dunyosi obod bo‘lishi uchun tog‘ echkisi shoxini qo‘yadilar. Tojikistonning tog‘li hududlaridagi uylarning devorlarida muvaffaqiyat va omad ramzi sifatida qizil va sariq rangda ishlangan tog‘ echkilarining rasmlari uchraydi. Qo‘y-toshlarga sajda qilish qozoq, qirg‘iz, tog‘li hududlarda yashovchi tojiklar, turkmanlar ijtimoiy hayoti va sanoatiga chuqur singgan, chunki xonakilashtirilgan qo‘y va echkilar chorvadorlar xo‘jaligida asosiy tirikchilik manbai bo‘lib kelgan. Hattoki, chorvadorlar tog‘ echkisining go‘shtini mo‘ojizakor kuchga ega deb hisoblaydilar. Ular yilda bir marotaba tog‘ echkisining go‘shtini tanovul qilgan odamning yil davomida bilib-bilmay qilgan barcha gunohlari yuvilib ketadi, deb hisoblaganlar.
Boshqa hollarda ham qo‘chqorning muqaddas ahamiyatga ega ekanligi haqidagi tasavvurlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, avvalgi o‘g‘li vafot etgan oilada yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yomon ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ruhlarni qo‘rqitish maqsadida Qo‘chqor deb ism qo‘yishgan. Yaqin kunlarimizgacha Xorazmda aholining ko‘pchilik qismi ko‘z tegishdan saqlanish maqsadida hovlilarida qo‘chqor boqqanlar. Ularning tasavvuricha, yomon nazar qo‘chqorning shoxiga tegib o‘z kuchini yo‘qotadi.
|
| |