|
LOGISTIKANING MARKETING VA ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRISH BILAN FUNKSIONAL O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
|
bet | 12/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaLOGISTIKANING MARKETING VA ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRISH BILAN FUNKSIONAL O‘ZARO BOG‘LIQLIGI.
Logistik faoliyatni amalga oshirish korxonadagi boshqa turdagi faoliyatlar bilan chambarchas bog‘liq.
Logistik funksiyalar tez-tez turli xil bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, korxonaning bir bo‘linmasi materiallarni sotib olish bilan, boshqasi – zaxiralarni saqlash, uchinchisi – tayyor mahsulotni sotish bilan shug‘ullanadi. Bunda alohida bo‘linmaning maqsadlari, asosan, tashkilot moddiy oqimining ratsional maqsadlari bilan mos kelmaydi.
Korxonada ishlab chiqarishni boshqarishga logistik yondashuv logistikaning maxsus xizmatini ajratishni ko‘zda tutadi, bu xizmat yetkazib beruvchi bilan shartnomali munosabatlarni shakllantirishdan boshlab to tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan moddiy oqimni boshqarishi zarur.
Logistika va marketing. Logistika bilan marketingning o‘zaro bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, marketing xizmati tomonidan hal qilinadigan korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot assortimentini boshqarish va xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish logistik bo‘linmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bunda logistika xizmatining maqsadi bo‘lib, marketologlar tomonidan asoslab berilgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ketadigan xom ashyoni yetkazib berish va zaxiralarni boshqarish hisoblanadi.
Logistika va ishlab chiqarishni rejalashtirish. Korxonada logistika xizmati ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bu ishlab chiqarishni, xom ashyoni, materiallarni, ehtiyot qismlarni ma’lum miqdorda va sifatda vaqtida yetkazib berilishiga tobe’ligi bilan asoslanadi. SHuning uchun logistika biron – bir mahsulot ishlab chiqarish haqida qarorlar qabul qilish va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish grafiklarini shakllantirishda qatnashishi kerak. Logistik xizmatning muhim funksiyasi bo‘lib xom ashyoni va ehtiyot qismlarnissexlarga, ish joylarining o‘ziga yetkazib berish va tayyor mahsulotni saqlash joylariga o‘tkazish hisoblanadi. SHu funksiyani amalga oshirishda logistikaning ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligi, har xil joylarda zaxiralarning ko‘payishiga, ishlab chiqarishga qo‘shimcha og‘irlik yuzaga kelishiga olib keladi.
|
| |